Thomas Mayne Reid

Thomas Mayne Reid (talaffuzi: Tomas Mayn Rid) (4-aprel, 1818 — 22-oktyabr, 1883) — irland-amerika yozuvchisi.

Mayne Reid Robert Louis Stevensonning romanlariga oʻxshagan sarguzshat asarlar yozgan. Thomas Mayne Reidning koʻp asarlari, shu jumladan „Oq tanli sardor“ va „Kanizak“ romanlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Thomas Mayne Reidning laqabi „Kapitan Reid“ boʻlgan.

Thomas Mayne Reid
Thomas Mayne Reid
Tavalludi 4-aprel 1818-yil
Vafoti 22-oktyabr 1883-yil(1883-10-22)
(65 yoshda)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland va AQSh
Janr Sarguzasht

Hayoti

Mayne Reid 1838-1840-yillarda AQShda yashab, jurnalistika bilan shugʻullangan. AQShning Meksika bilan urushi (1846-1848)da qatnashgan. 1848-yil inqiloblari taʼsirida Yevropaga kelib (1849), mojar xalqining milliy ozodlik uchun kurashida ishtirok etgan.

Ijodi

Mayne Reidning "Erkin oʻqchilar" romanida (1850) meksikaliklarning bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashi oʻz ifodasini topdi. Shundan keyin uning AQSh janubidagi qul savdosi dahshatlari haqida hikoya qiluvchi "Kvarteronka" (1856), hindularning mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlarini aks ettiruvchi "Oq tanli sardor" (1855) va "Otseola, seminollar yoʻlboshchisi" (1858) romanlari maydonga keldi.

Mayne Reid romanlarida Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlaridagi oʻsimlik va hayvonlar olamining badiiy tasviri keng oʻrin egallaydi ("Janubiy Afrika chakalakzorlarida yoki bir dehqon va uning oilasi sarguzashtlari" trilogiyasi, 1856; "Oʻsimlik ishqibozlari", "Yosh ovchilar", 1859; "Qoyaga chiquvchilar", 1864; "Jirafa ovlovchilar", 1867).

Mayne Reidning 1870-1880-yillarda yaratgan "Ajal oʻqi" (1873), "Ofat belgisi" (1876), "Gʻoyib boʻlgan togʻ" (1883) singari romanlarida avantura adabiyotining taʼsiri katta. "Boshsiz chavandoz" (1866) romani nafaqat Mayne Reidning, balki jahon sarguzasht-avantura adabiyotining mumtoz namunasi sifatida eʼtirof etilgan va koʻplab tillarga tarjima qilingan. Mazkur asarda Texas aholisi maishiy va maʼnaviy hayotining realistik manzaralari oʻzining yorqin inʼikosini topgan.

Mayne Reid romanlarida tasvirlangan ijtimoiy va maʼnaviy masalalar, irodali va matonatli qahramonlar, qiziqarli va shiddatli sujet hanuzga qadar kitobxonlar ommasini maftun etib keladi.

Manbalar


Tags:

Amerika Qo'shma ShtatlariIrlandiyaKanizak (roman)Oq tanli sardorRobert Louis Stevenson

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sinfdan tashqari ishlarKoʻmakchiQarilikMoliya tizimiQadimgi RimSulfat kislotaKonstitutsiyaUsmonlilar imperiyasiPirimqul QodirovHarakatTovush (tilshunoslik)LeykotsitlarSubstansiyaYurakSimmetriyaAmudaryoAppenditsitHuquqGoʻdakZaburOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariOʻzbeklarMantiqiy amallarBaliqlarSeks-ramzPeshob ajralishining buzilishiIqtisodiy oʻsishOrqa miyaXalq ijodiAsr namoziDoriMoʻgʻullar davlatiMagnit induksiyaHavoning ifloslanishiEtikaJanubiy Koreyaning ommabop ismlari roʻyxatiSuvda suzishOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiOntogenezInson tanasiQizil kitobOgʻriq qoldiruvchi dorilarViruslarDiversifikatsiyaKislorodXalqaro birliklar tizimiTuzlarDiniy ekstremizmZulfiyaTermodinamikaFuqarolik jamiyatiAxborot texnologiyalariGigiyenaLirikaBolalar folkloriQashqadaryo viloyatiRúben NevesQonun (huquq)JigarEpilepsiyaMoliyaQadimgi turkiy tillarMadaniyatOvqat hazm qilish tizimiSirt taranglikYoʻl belgilariLenta.ruSanoq sistemasiUglevodlarTahajjud namoziGap boʻlaklariInduktivlikBurjUglerodMuhammadning ayollariTojikistonTeatrRobototexnikaGipofiz🡆 More