The Rings Of Power

The Lord of the Rings: The Rings of Power (tarjimasi „Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari“) J.

R. R. Tolkien">J. R. R. Tolkienning Oʻrtayer haqidagi asarlari asosida tasvirga olingan fentezi janridagi teleserialdir. Serial voqealari Tolkien afsonalar olamining Ikkinchi Davrida boʻlib oʻtadi va ushbu davrning eng muhim voqealari: Qudrat uzuklarining quyilishi, Sauronning tarixi, Numenor hikoyasi, elflar va odamlarning soʻnggi ittifoqini oʻz ichiga oladi.

The Lord of the Rings:
The Rings of Power
The Rings Of Power
Janri
Qaysi asarga asoslangan Uzuklar hukmdori
J. R. R. Tolkien
Yaratuvchi(lar)
  • J. D. Payne
  • Patrick McKay
Tematik musiqa bastakori Howard Shore
Bastakor(lar) Bear McCreary
Mamlakat
Til inglizcha
Mavsumlar soni 1
Qismlar soni 8
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • J. D. Payne
  • Patrick McKay
  • Christina Morgan
  • Lindsey Weber
  • Callum Greene
  • Justin Doble
  • Gennifer Hutchison
  • Jason Cahill
  • J. A. Bayona
  • Belén Atienza
  • Eugene Kelly
  • Bruce Richmond
  • Sharon Tal Yguado
Prodyuser(lar)
  • Ron Ames
  • Chris Newman
Joy
  • New Zealand (1-fasl)
  • United Kingdom (2–fasl)
Qism davomiyligi 65–72 daqiqa
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Amazon Prime Video
Translyatsiya davri 1-sentyabr, 2022-yil(2022-09-01) — hozirgacha

Amazon Prime Video striming xizmati uchun moʻljallangan serial Amazon Studios va Tolkien Estate, The Tolkien Trust, Harper Collins, New Line Cinema hamkorligida ishlab chiqildi.

2017-yilda Amazon kompaniyasi Tolkienning Oʻrtayer haqidagi asarlarini sahnalashtirish huquqini qoʻlga kiritdi va shu vaqtning oʻzidanoq serialni ishlab chiqish uchun dastlabki ishlar boshlandi. Birinchi mavsumni tasvirga olish ishlari 2019-yilda Yangi Zelandiyada boshlandi. Ikkinchi va keyingi mavsumlar Buyuk Britaniyada tasvirga olinadi.

Birinchi mavsum sakkiz qismdan iborat boʻladi. Premyera 2022-yil 2-sentabrda boʻlib oʻtadi, har bir qism haftada bir marta Amazon Prime Videoda efirga uzatiladi.

Mazmuni

Serial J. R. R. Tolkien olamining Ikkinchi Davrida kechadi, bu Hobbit va Uzuklar hukmdorida hikoya qilingan voqealardan ming yil oldin boʻlib oʻtgan.

Serial tizerlaridan birida tilga olinishicha, „Tumanli togʻlarning chuqur qaʼridan elflarning Lindon qirolligi ulugʻvor oʻrmonlariga qadar, Numenor orol-qirolligidan xaritaning eng uzoq sarhadlarigacha qirolliklar va qahramonlar ular yakuniga yetgach ham uzoq vaqt xotiralarda qoladigan merosni qoldiradilar“.

Serial mualliflari Patrick McKay va JD Paynening soʻzlariga koʻra, serial Ikkinchi Davrning barcha eng muhim voqealarini qamrab oladi: unda Qudrat uzuklari quyilishi, Sauronning qudratga kelishi, Numenor hikoyasi, elflar va odamlarning soʻnggi ittifoqi haqida hikoya qilinadi.

Shuning bilan birga, baʼzi qahramonlar va syujet chizigʻi serial mualliflarining oʻz xayoli mahsuli boʻlib, Tolkien afsonalar olamida mavjud emas.

Rollarda

Amazon Studios kompaniyasi birinchi mavsumda ushbu aktyorlarning ishtirok etishini tasdiqlagan:

Qismlar roʻyxati

Birinchi mavsumning sakkiz qismi har haftada bir marta Amazon Prime Videoda namoyish etiladi. Dastlabki ikki qismga Juan Antonio Bayona rejissorlik qilgan. Wayne Yip keyingi toʻrt qismda, Charlotte Brändström yana ikki qism rejissori boʻladi.

Tasvirga olish jarayoni

2019-yil 18-sentabrda birinchi mavsum ustida ishlash Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi. Tasvirga olish ishlari 2019-yilda boshlandi va Shimoliy orolning uch xil turli maydonchalarida boʻlib oʻtdi.

2020-yil mart oyi oʻrtalariga kelib, Yangi Zelandiya chegaralari global COVID-19 pandemiyasi sababli yopilganidan soʻng, serialni tasvirga olish vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu vaqtda ijodiy va texnik jamoalar tarkibida 800ga yaqin odam loyihada ishlab kelgan.

Ushbu serial chegaralari COVID-19 sababli boshqa davlat fuqarolari uchun yopilgan vaqtida ham aktyor va tasvirga olish jamoasi aʼzolariga Yangi Zelandiyaga kirish imtiyozi berilgan yetti film va teleseriallardan biri boʻldi.

Istisnolar iqtisodiy rivojlanish vaziri Fil Tviford tomonidan 2020-yil 18-iyungacha berilgan boʻlib, suratga olish jamoasining 93 aʼzosi, shuningdek, ularning 20 oila aʼzolariga nisbatan qoʻllanildi. Keyingi qismlarni tasvirga olish jarayoni iyulda boshlandi va 2020-yil 28-sentabrda davom ettirildi. Bayona oʻz qismlarini suratga olishni 23-dekabrgacha tugatdi va keyingi qismlarni ishlab chiqarish Rojdestvo bayrami munosabati bilan ikki haftalik tanaffusdan soʻng 2021-yil yanvarida boshlandi.

2021-yil 2-avgustda birinchi mavsumni tasvirga olish ishlari yakunlangani va serial premyerasi 2022-yil 2-sentabrda boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

The Rings Of Power MazmuniThe Rings Of Power RollardaThe Rings Of Power Qismlar roʻyxatiThe Rings Of Power ManbalarThe Rings Of Power HavolalarThe Rings Of PowerFenteziJ. R. R. TolkienTeleserial

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Diniy tashkilotSirdaryo (viloyat)Nerv sistemasiTurkiyaYunon-Baqtriya podsholigiJaloliddin ManguberdiVenera (sayyora)TransportSkeletBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiMateriyaFundamentalizmNafas olish tizimiAksiyaAlpinizmAbdulla AvloniyNamangan viloyatiMushukFizikaTibbiyotXorazm viloyatiKonsepsiyaBoburTemirVolontyorMakroiqtisodiyotTovushKoʻz kasalliklariKesimBipolyar tranzistorOt (hayvon)MadaniyatYulduzDunyoning ishlariErich Maria RemarqueMustaqil davlatlar hamdoʻstligiDavlatShishaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiAnal jinsiy aloqaKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Kompyuter grafikasiDezinfeksiyaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiOntologiyaMetrologiyaToshkent viloyatiMusiqa cholgʻu asboblariAllohning 99 nomiSayyoraTemuriylar shajarasiFargʻona viloyatiMetodologiyaNavroʻzOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiGerontopsixologiyaTIMSSZaharlanishOrqa miyaAholi daromadlariXotira va qadrlash maydoniOʻzbekiston yoʻl belgilariInson va fuqaroning huquq va erkinliklariOʻzbekiston bosh vaziriPul-kredit siyosatiAflotunModal soʻzlarIngliz tiliIjro etuvchi hokimiyatQoʻshma gapOʻzbekiston siyosiy partiyalariOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiGoʻdakQoʻqon xonligiAmir TemurItaliyaYevrosiyoSugʻurta🡆 More