Covid-19 Pandemiyasi: COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi

COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.

Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan. Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan. 9-may 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 517 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 6 250 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 472 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.

COVID-19 pandemiyasi

Covid-19 Pandemiyasi: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati, Vaksinatsiya, Tugatilishi
2021-yilning yanvar oyigacha virusni yuqtirganlar soni aks etgan xarita

   har 1 000 kishiga >1 holat
   har 10 000 kishiga 1–10 holat
   har 100 000 kishiga 1–10 holat
   har 1 million kishiga 1–10 holat
   har 10 million kishiga 1–10 holat
   har 100 million kishiga 1–10 holat
Covid-19 Pandemiyasi: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati, Vaksinatsiya, Tugatilishi
Map of total confirmed cases as of Q95963597
  1,000,000+
  100,000–999,999
  10,000–99,999
  1,000–9,999
  100–999
  1–99
  None or no data

Andoza:Collapsed infobox section end

Andoza:Collapsed infobox section begin
Kasallik COVID-19 koronavirus infeksiyasi (COVID-19)
Virus shtammlari Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2)
Joylashuv Jahon miqyosida (hududlar roʻyxati)
Birinchi holati Uxan, Xubey, Xitoy
30°37′11″N 114°15′28″E / 30.61972°N 114.25778°E / 30.61972; 114.25778 G O
Sana 1-dekabr 2019 — 5-may 2023
Tasdiqlangan holatlar 517 371 131
Faol holatlar 38 958 629
Tuzalish 472 161 018
Oʻlimlar
6 251 484
Territoriya
192

Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.

Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi, turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi. 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi.

Koronavirus kasalligi haqida video lavha (skript)

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati

2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi.

„Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman“, — deya ta’kidlagan Tedros Adhanom.

Vaksinatsiya

Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan.

Tugatilishi

Pandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi. COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi, 765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi. Bundan avval aprel oyi boshlarida Germaniyada COVID-19 pandemiyasi butunlay tugaganini maʼlum qilgan, hamda, 7-apreldan niqob taqishga oid barcha cheklovlar olib tashlangan.

Manbalar

Havolalar


Tags:

Covid-19 Pandemiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaatiCovid-19 Pandemiyasi VaksinatsiyaCovid-19 Pandemiyasi TugatilishiCovid-19 Pandemiyasi ManbalarCovid-19 Pandemiyasi HavolalarCovid-19 PandemiyasiAQShCOVID-19 koronavirus infeksiyasiEronJahon sogʻliqni saqlash tashkilotiJanubiy KoreyaKoronavirusPandemiyaSARS-CoV-2UxanXitoyYevropa

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ProkuraturaOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariMorfemaAQSHda taʼlimBraziliyaAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiOybekYugurishTurkiy davlatlar tashkilotiIslom KarimovSifatSanʼatXorazmAnal jinsiy aloqaTaqvimKanadaXudoyberdi ToʻxtaboyevZardushtiylikQarilikOvqat hazm qilish tizimiAbdulla AvloniyOgahiyIshlab chiqarishni tashkil etishIqtisodiy oʻsishDunyo aholisiOʻlchash asboblariBronxial astmaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiEhtimollar nazariyasiMediasavodxonlikKislorodSportSezgiIlmiy tadqiqotOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiInsoniylikParallelepipedKosmonavtikaOrtopediyaShanxay hamkorlik tashkilotiPiyelonefritVoleybolRavishPulAzotTogʻlarTebranishlarAlgoritmBahorOrol dengiziMassajUfq (trilogiya)Futbol tarixiImom al-BuxoriyOʻzbekiston bayrogʻiObligatsiyaUNESCOEva ElfieEksperimental psixologiyaFrazeologiyaRim raqamlariNerv sistemasiBalandlikka sakrashAtrof-muhitni muhofaza qilishInnovatsion faoliyatHikoyaXufton namoziKurashDavlat poytaxtlari roʻyxatiOliy nerv faoliyatiGoʻri AmirAksiyaDaun sindromiTemuriylar shajarasiAfgʻonistonYupiterUglevodlar🡆 More