The Giver — amerikalik yozuvchi Lois Lowry tomonidan yozilgan ilmiy fantastik va antiutopiyan roman.
Asarda, dastlab utopiyan deb tasvirlangan jamiyat aslida teskarisi, yaʼni antiutopiyan boʻlib chiqadi. Asosiy qahramon 12 yashar Jonas ismli bola boʻladi.
Asl nomi | The Giver |
---|---|
Muallif(lar) | Lois Lowry |
Muqova artist(lar)i | Cliff Nielsen |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Qismlar | The Giver Quartet |
Janr(lar)i | roman antiutopiya, ilmiy fantastika |
Nashr etilgan sanasi | 1939-yil |
Nashriyot | Houghton Mifflin |
Sahifalar soni | 180 bet |
Jamiyatda barcha insonlar bir xil hayot tarziga ega boʻlishadi. Shuningdek, har bir oila ham chiqarilgan qonun-qoidalar asosida hayot kechiradi. Masalan, har bir oilada faqatgina 2 nafar farzand(bir qiz va bir bola) boʻlishi mumkin; har kechki ovqatdan soʻng oila aʼzolari stul atrofida yigʻilib kun davomida boʻlib oʻtgan arzigulik voqealar va oʻsha onda qilgan hislarini ulashadilar; balogʻat yoshiga yetganda bolalar oilani tark etishadi va qaytib oila aʼzolari bilan uchrashmaydi, oʻz shaxsiy hayotlari bilan band boʻlishadi.
Har bir bola tildan togʻri foydalana olishi shart. Qiz bola va oʻgʻil bola oʻrtasida faqatgina doʻstlik rishtasi boʻlishi mumkin. Bolalar doimo darsga oʻz vaqtida kelishlari shart. Agar kimdir kech qolsa, butun sinfdan va oʻqituvchisidan uzr soʻrashi kerak. Bolalarning maktab va undan tashqaridagi qiziqishlariga qarab keyinchalik Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders) „12 yoshlilar marosimi“(the Ceremony of Twelve)da ularga kasb tanlab berishadi.
Har bir balogʻatga yetgan inson agar oila qurmoqchi boʻlsa Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders)ga murojaat qilishi shart. Chunki ularga juftni qoʻmita tanlab beradi, xuddi kasblarini tanlab bergani kabi. Juftlar oʻzaro turli ishqiy munosabatda boʻlishi mumkin emas. Hattoki, turmush qurgandan keyin ham bola uchun Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders)ga ariza yozishlari kerak boʻladi. Har bir bola(2 ta)ni balogʻatga yetgunicha tarbiyalashadi va undan keyin alohida yashovchi odamlar safiga qoʻshilishadi. Yaʼni ota-onalar yakka yashay boshlaydilar.
Lois Lowry The Giver kitobini oʻz otasi bilan boʻlgan voqea sabab ilhomlanib yaratilganini aytadi. Yaʼni otasi qarigan chogʻida Lowryning opasini uzoq vaqt oldin oʻlganini unutib qoʻyaveradi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article The Giver, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.