Telugu (andhra) tili - dravid tillaridan biri.
Hindistonning Andhra Pradesh shtatining rasmiy tili, qoʻshni shtatlar, shuningdek, Shri Lanka, JAR, Myanma, Malayziya, Singapur va boshqa joylarda tarqalgan. Hammasi boʻlib 75 mln. dan ortiq (1996) kishi soʻzlashadi. Telugu tili lahjalari 4 guruhga boʻlinadi: shim.sharqiy, markaziy, shim.gʻarbiy va janubiy. Ular oʻrtasidagi fonetik va morfologik tafovutlar uncha katta emas. Telugu tilida grammatik jihatdan oʻziga xos hodisalar mavjud: 1 va 2 shaxs kishilik olmoshlarining maxsus shakllari, tuslanishli va tuslanisheiz feʼllarning ayrim koʻrsatkichlari. Eng qad. yodgorliklari 525—600-yil larga mansub. Adabiy til 14—17-asrlarga kelib shakllangan hamda unga sanskrit va prakrit tillari kuchli taʼsir oʻtkazgan. 19-asr boshida Telugu tilining adabiy shakli ogʻzaki tildan jiddiy farq qilib qoldi 19-asr oxiridan ogʻzaki soʻzlashuv tiliga yaqin yangi adabiy til uchun harakat boshlandi. Yozuvi brahmining jan. shaklidan kelib chiqqan.
Telugu tili | |
---|---|
Milliy nomi | తెలుగు |
Rasmiylik holati |
|
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 80 milliondan ortiq |
Oʻrni | 13-17 |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | Dravid tillari |
Alifbosi | tegulu |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | te |
ISO 639-2 | tel |
ISO 639-3 | tel |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Telugu tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.