Kitob Taxtlar O‘yini

Taxtlar oʻyini (inglizcha: A Game of Thrones)- amerikalik yozuvchi George R.

R. Martin">George R. R. Martinning „Muz va olov qoʻshigʻi“ epopeyasining birinchi romani, fantastik romanlar turkumi debochasi. Asar birinchi marta 1996-yilning 1-avgustida nashr etilgan. Roman 1997-yilgi Lokus va Nebula mukofotiga sazovor boʻlgan. 2011-yil yanvar oyida roman New York Times Bestselleriga aylandi va 2011-yilning iyul oyida roʻyxatda 1-oʻringa chiqdi.

Taxtlar o‘yini
Kitob Taxtlar O‘yini

O‘zbek tilidagi ilk nashr muqovasi
Asl nomi A Game of Thrones
Muallif(lar) George R. R. Martin
Muharrir(lar) Maʼmuraxon Qutliyeva
Tarjimon(lar) Mirzohid Muzaffar
Bezovchi(lar) Firdavs Doʻstmatov
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Qismlar "Muz va olov qo‘shig‘i" epopeyasi, 1-kitob
Janr(lar)i Fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 1-avgust, 1996-yil
Nashriyot Zabarjad Media
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 22-aprel, 2024-yil
Sahifalar soni 928 bet
ISBN ISBN 978-9943-9528-7-4
Keyingisi Qirollar toʻqnashuvi

Romanda voqealar turli nuqtai nazar va qahramonlar tilidan hikoya qilinib, Martin kitobxonga Vesteros, Devor va Targaryenlar singari zodagon xonadonlar tarixi va taqdiri taqdim etadi. Asarning bir nechta spin-off versiyalarni, jumladan, bir nechta oʻyinlarni ilhomlantirgan. Shuningdek, fantastik roman 2011-yil aprel oyida premyerasi boʻlgan HBO teleseriali „Taxtlar oʻyini“ ning birinchi faslining nomi va asosi sanaladi.

Oʻzbek tilidagi nashri

Roman koʻplab tillarga tarjima qilingan; qattiq muqovali, qogʻoz muqovali, elektron kitob, audio kitob koʻrinishida bir nechta koʻrinishlarda nashr etilgan. Turli tillardagi kitoblar soni doim ham bir xil boʻlmasligi mumkin. Misol uchun, Blanvalet va keyinchalik Penhaligon tomonidan nashr etilgan nemis qogʻozli nashrlari uchun kitob va seriyaning boshqa romanlari ikkiga boʻlingan. 2000-yil iyun oyida Meysha Merlin kitobning cheklangan nashrini nashr etdi, uni Jeffri Jons toʻliq tasvirlagan.

Asar oʻzbek tiliga tarjima qilinishiga kitobxonlarning talablari sabab boʻldi. 2023-yilning 28-aprelida tarjimon Mirzohid Muzaffar oʻz blogida tarjima boʻyicha soʻrovnoma eʼlon qildi. Shu yilning 29-noyabrida esa „Zabarjad Media“ nashriyoti oʻzbekcha nashrga mualliflik va tarjima huquqini qoʻlga kiritganligini haqida xabar qildi. Asarning oʻzbek tilidagi tarjimasida Bantam Books (2015, New York) nashriyotining maxsus nashri asos qilib olingan.

Asarning oʻzbek tilidagi taqdimoti 2024-yilning 22-apreliga, soat 16:30 ga rejalashtirilgan.

Qahramonlari

Har bir bob bitta xarakter — uchinchi shaxsning cheklangan nuqtai nazariga qaratilgan; kitob sakkiz bosh qahramonning istiqboli va hikoyasini taqdim etadi. Bundan tashqari, kichik qahramon muqaddimani boshlan berishga xizmat qilgan.

Muqaddima: Will — tungi qorovul.

Asosiy qism:

  • Eddard Stark yoki „Ned“ Stark  — Shimol qoʻriqchisi va Vinterfell Lordi, Qirolning oʻng qoʻli.
  • Catelyn Stark xonim — Eddard Starkning rafiqasi va Tulli xonadoni vakilasi.
  • Sansa Stark — Eddard va Katelin Starklarning katta qizi.
  • Arya Stark — Eddard va Katelin Starklarning kenja qizi.
  • Bran Stark — Eddard va Katelin Starklarning oʻrtancha oʻgʻli.
  • Jon Snow — Eddard Starkning noqonuniy oʻgʻli.
  • Tyrion Lannister — mitti, egizaklar: qirolicha Sersey va Xeymning ukasi, lord Tayvin Lannisterning kenja oʻgʻli.
  • Malika Deyneris Targaryen — sobiq qirol Aerysning surgun qilingan qizi va merosxoʻri Aerys Viserysning singlisi .

Keyingi kitoblarda baʼzi qahramonlar nuqtai nazarlari qoʻshiladi, boshqa birlari esa olib tashlanadi.

Yozilishi

Martin romanni yozish jarayonida Sage Uoker, Martin Rayt, Melinda Snodgrass, Karl Keym, Bryus Baugh, Tim OʻBrayen, Rojer Zelazni, Jeyn Lindskold va Laura Mixonlar singari bir qancha mualliflarning tajribalaridan foydalanganligini tan oladi.

Madaniyatda

„Taxtlar oʻyini“ va „Muz va olov qoʻshigʻi“ seriyasidagi keyingi romanlar HBO teleseriali, komikslar seriyasi, bir nechta karta, stol, video oʻyinlari va boshqa ommaviy axborot vositalariga moslashtirilgan.

Mukofot va nominatsiyalar

  • Lokus mukofoti — eng yaxshi roman (fantastika) (yutuq) — (1997)
  • Jahon fantastika mukofoti — eng yaxshi roman (nomzod) — (1997)
  • Hyugo mukofoti — „Ajdaho qoni“ uchun eng yaxshi roman (yutuq) — (1997)
  • Nebula mukofoti — Eng yaxshi roman (nomzod) — (1997)
  • Ignotus mukofoti — Eng yaxshi roman (xorijiy) (yutuq) — (2003)

Manbalar

Tags:

Kitob Taxtlar O‘yini Oʻzbek tilidagi nashriKitob Taxtlar O‘yini QahramonlariKitob Taxtlar O‘yini YozilishiKitob Taxtlar O‘yini MadaniyatdaKitob Taxtlar O‘yini Mukofot va nominatsiyalarKitob Taxtlar O‘yini ManbalarKitob Taxtlar O‘yiniGeorge R. R. MartinIngliz tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Davlatlar pul birliklari roʻyxatiErtakPsixologiya tarixiYogʻVaboTuron (teatr)Oʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiInnovatsiyaHibat ul-haqoyiqTaʼlimZaharlanishOʻzbekiston Mustaqilligi kuniOʻzbekistonda taʼlimSaid AhmadIchki sekretsiya bezlariHarakatYaponiyaSiqilish va choʻzilishQimmatli qogʻozlarFoydaMaʼnaviyatTurkiston muxtoriyatiBudjetSanoq sistemasiFizikaInflatsiyaAnemiyaGipertoniya kasalligiOrganik kimyoQon guruhlariDavlatlar roʻyxatiGrammatikaTransformatorJamiyat falsafasiIjtimoiy psixologiyaHalqumGidrostatikaOʻzbek lotin alifbosiQutadgʻu biligUmmon SultonligiOʻzgaruvchan tokXotiraLenta.ruRossiyaInvestitsiyaShveysariyaTafakkurAlbert EinsteinElektrokardiogrammaDavlat poytaxtlari roʻyxatiYevrosiyoTabiatQon yaratilishiFotiha surasiSharq falsafasiDiversifikatsiyaQizil kitobDizenteriyaOʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiOʻpka emfizemasiKapalaklarNutqAminokislotalarIslomning besh ustuniMicrosoft PowerPointParonimlarJismoniy tarbiyaRuhiy kasallikTemuriylarAppenditsitTwitterQoqsholHuqnaOntologiyaOʻlim jazosiKompyuter grafikasiOʻzbekistonTexnologiya🡆 More