Usmonbek (Subutoybek) Dolimovich Dolimov (1907.23.1 - Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, shoʻba mudiri (1943—57). Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi (1957—62), dotsent (1963-yildan). Oliy va oʻrta maktablar uchun darslik ("Vatan adabiyoti", 1965) va uslubiy qoʻllanmalar ("Oʻzbek adabiyoti tarixini oʻqitish metodikasi", 1976; "Adabiyot oʻqitish metodikasi", 1978) muallifi. Ogahiy (Gʻ. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy ("Gul va Navroʻz"), Gulxaniy ("Zarbul-masal") asarlarini, folklorga oid "Keng uyning kelinchagi"ni (1976) nashrga tayyorlagan. "Qobusnoma"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1986).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Subutoy Dolimov, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.