Sport Tibbiyoti

Sport tibbiyoti - tibbiyotning jismoniy mashkdar va sportning odam organizmi, uning ayrim sistemalari va aʼzolariga taʼsirini oʻrganadigan sohasi.

Asosiy vazifasi jismoniy mashkdarning organizmga salomatlikni mustahkamlaydigan, mehnat qobiliyatini oshiradigan va umrni uzaytiradigan omil sifatidagi taʼsirini oʻrganish hamda jismoniy mashkdar va sport mashgʻulotlarining ratsional usullarini ishlab chiqishdan iborat. Sport tibbiyoti tibbiyotning mustaqil sohasi sifatida rivojlanadi. U oʻzining oʻrganish usuliga (xususan, organizm va uning ayrim sistemalari hamda aʼzolarning funksional imkoniyatlarini aniklash sohasida), ilmiy muassasalari va fizkultura hamda sport sohasidagi mutaxassis vrachlarga ega. Sport tibbiyoti koʻpgina klinik va nazariy tibbiyot fanlari bilan bevosita bogʻliq. St., asosan, muskul, suyak va boshqa sistemalarda, shuningdek, ayrim aʼzolarda jismoniy mashklar va sport bilan shugʻullanish natijasida paydo boʻladigan morfologik oʻzgarishlarni oʻrganadigan funksional dinamik anatomiya, turli aʼzolar va sistemalar faoliyatida har xil sport yuklama (nagruzka)lari chogʻida paydo boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan fizkultura va sport fiziologiyasi; sportchining salomatligiga va mehnat qobiliyatiga taʼsir qiladigan murakkab biokimyoviy jarayonlarga aloqador maʼlumotlarni qayd qiladigan va umumlashtiradigan sport biokimyosi; turli harakterdagi gigiyenik omillar (kiyimbosh, poyabzal gigiyenasi, mashkdar oʻtkaziladigan joy, sport inshootlari qurilishlari, sanitariya meʼyorlari va boshqalar)ni oʻrganadigan fizkultura va sport gigiyenasi: fizkultura va sport mashgʻulotlari bilan bogʻliq shikastlanishlarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan sport travmatologiyasi; turli dori vositalarining organizmga taʼsirini oʻrganadigan sport farmakologiyasi va boshkalar bilan shugʻullanadi. Sport tibbiyoti sport mashqlari bilan noratsional shugʻullanish natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan patologik oʻzgarishlarni oʻrganadi va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqadi.





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Koordinatsion birikmalarAzim SuyunParonimlarTinish belgilariYorugʻlikOkeanQadriyatPaygʻambarMarkaziy OsiyoSogʻliqni saqlashAminokislotalarFutbolKalla suyagiIqtisodiyot nazariyasiHissiyotNigeriyaArastuShaxmatAmir TemurXulosa chiqarishQobiliyatKonstitutsiyaBaqara surasiMuhammadKreditImmun sistemasiBoborahim MashrabMarsTemuriylarDiniy ekstremizmTuproqIbroyim YusupovHarbiy unvonlarAbu Rayhon Beruniy sharafiga nomlangan joylarIrsiy kasalliklarJigar sirroziOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiGipofizOʻrta OsiyoNuklein kislotalarMeʼdaBuqoqJamiyat falsafasiKonstantin UshinskiyNutq madaniyatiOʻzgaruvchanlikDavlatlar roʻyxatiIboraEpistemologiyaAbulfayzxonQizil kitobFizikaUndov belgisiOilaEkologik omillarXalqaro tashkilotGandbolHasharotlarGap boʻlaklariAfgʻonistonXitoyOʻlchash asboblariJanubiy Koreyada taʼlimOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiXromosomalarOʻzbekiston siyosiy partiyalariFutbol tarixiQashqadaryo viloyatiElektron hukumatAbulfayzxon (drama)Temir yoʻl transportiToʻmarisJanubiy Afrika RespublikasiMorfemaAdobe PhotoshopRivojlanishNurlanishOltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari🡆 More