Shivaji

Shivaji (1627.6.4 yoki 1630.19.11 1680.3.4) — Hindistondagi marathalar davlati asoschisi (1674), marathalarning mustaqillik uchun kurashlari rahbari.

Yirik mulkdor (jogirdor) va lashkarboshi Shohji (Shoxu) oilasida tugʻilgan. Otasi Ahmadnagar va Bijaypur hokimlari xizmatida boʻlgan. 1646—55 yillarda Sh. harbiy kuch, ayyorlik va pora bilan Maharashtraning shim.gʻarbi va Shimoliy Konkanning bir qismi, bir necha muhim qalʼalarni egallab olgan. Bijaypur bilan boʻlgan urushda (1658—61) Sh. bir necha muvafaqqiyatli hujumlar uyushtirib, unga qarshi yuborilgan sarkarda Afzalxonni oʻldirgan (1659), biroq Boburiylar bilan boʻlgan urush (1660—65) da yengilgan. Sh. Avrangzeb saroyiga, Agraga borishga majbur boʻlgan, hibsga olingan, lekin 1666-yil qochgan. 1670-yil kurashni qayta boshlagan va oʻz yerlari, mulklarini qaytarib olgan. 1674-yil u Raygarx (Raygad)da Maharashtraning oliy hukmdori sifatida tantanali suratda taxtga oʻtirgan. 1675—78 yillarda Sh. Kannara, Maysur va Karnatikga gʻolibona yurishlar qilgan. Hayotining oxirda Sh. qoʻl ostida Gʻarbiy Maharashtraning barcha hududi, Shimoliy va Janubiy Konkan, Gʻarbiy Kannara, Maysurdagi qator viloyatlar va Karnatikning bir kismi (Tanjur atrofi) bor edi. Marathalarning xaloskori, mustaqil davlati asoschisi va hinduizm himoyachisi sifatida Sh. marathalarning milliy qahramoni sanaladi.



Tags:

AvrangzebSarkarda

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Qonun (huquq)BiosferaAQSHda taʼlimAleksandr PushkinGlobal muammolarVaboToʻlqinlarMetallarOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiIchki sekretsiyaOyDaun sindromiOʻqituvchiAnton ChexovBronxial astmaMagnit maydonQon guruhlariNasosIqtisodiyot nazariyasiSuv omboriPayvandlashInson va fuqaroning huquq va erkinliklariOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAlbert EinsteinPoʻlatAtom yadrosiUglevodlarAntiseptikaAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiOʻzbek qiziJanubiy AmerikaOrqa miyaChorrahaSintaksisMahmudxoʻja BehbudiyRadioaktiv parchalanishBirinchi yordamSkeletKonstitutsiyaQon bosimiSon (tilshunoslik)Sariq kasalligiChingiz AytmatovQirgʻizistonYusuf Xos HojibPulSherali JoʻrayevQizil suvoʻtlarOʻzbekiston xalq shoiriGerontopsixologiyaKislorodKelishikKonsumentlarGormonlarMinorai KalonMakroiqtisodiyotYevropa davlatlari roʻyxatiSuyak sinishiShum bola (film)Al-XorazmiyIngliz tiliOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiElektrolizBozorErkin VohidovInfeksion kasalliklarMotiv (psixologiyada)ReabilitatsiyaSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiTibbiyot deontologiyasiDinning funksiyalariQurilish materiallariDostonGʻafur GʻulomRahmat FayziyQon aylanishiHomiladorlikFotoeffekt🡆 More