Samara viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat.
Rossiya Yevropa qismining jan.
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Самарская область Samara viloyati | |
---|---|
Samara viloyati bayrogʻi | Samara viloyati gerbi |
Administrativ markaz | Samara |
Maydon | 53 565 km² (50-chi) |
- suv qismi | 3,1% |
Aholi | 3213,7 ming kishi (12-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
- zichlik | 60 kishi / km² |
YaIM | 693 mlrd rub. (12-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 222,7 ming rub. |
Federal okrug | Privoljsk |
Iqtisodiy tuman | Privoljsk |
Gubernator | Nikolay Ivanovich Merkushkin |
"Samara Guberniya Dumasi" raisi | Viktor Fyodorovich Sazonov |
RF subyekti kodi | 63, 163 |
Vaqt mintaqasi | UTC {{{FSUTC}}} |
sharqida joylashgan. Volga boʻyi federal okrugiga kiradi. 1928-yil14 mayda (Oʻrta Volga viloyati sifatida) tashkil qilingan. 1929-yildan Oʻrta Volga oʻlkasi, 1935-yildan Kuybishev oʻlkasi, 1936-yildan 1991-yilgacha Kuybishev viloyati deb atalgan. Maydoni 53,6 ming km². Aholisi 3239,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, chuvash, tatar, mordva, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi – 80,6%. Markazi – Samara shahri. Boshqa yirik shaharlari: Tolyatti, Sizran, Novokuybishevsk. Tarkibida 27 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 23 shaharcha bor.
Viloyat Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-sharqida, Volga daryosining oʻrta oqimida, oʻrmonli dasht va dasht zonalari chegarasida joylashgan. Volga daryosi ikki (oʻng va chap sohili) qismga boʻlib turadi. Oʻng sohil qismida Volga boʻyi qirlari (eng baland joyi 370 m) bor. Chap sohili ham pastbaland. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, bitum, yonuvchi slanets, sof oltingugurt, gips, ohaktosh. Iqlimi kontinental quruq. Yanvarning oʻrtacha xarorati –14°, iyulniki 20°–22°. Yillik yogʻin 300–400 mm. Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi – Volga. Irmoqlari: Us a, Sizran, Katta Cheremshan, Sok, Samara, Chagra, Katta Irgiz va boshqa Kuybishev va Saratov suv omborlari bor. Viloyat hududining 12% oʻrmon. Tuproklari: toʻq sur tusli tuproq, qoratuproq, kashtan, podzollashgan tuproqlar. Viloyatda boʻri, tulki, los, qobon, olmaxon, quyon, boʻrsiq, kemiruvchilar, suv kalamushi va boshqalar; qushlardan – qur, chil kaklik, karkur uchraydi. Daryo, koʻl va boshqa suv havzalarida baliqturi koʻp. Viloyat hududida Samarskaya Luka milliy bogʻi, Jiguli qoʻriqxonasi bor. Yirik issiklik elektr stansiyalari, GESlar mavjud.
Viloyat tarkibiga 10 shahar okrugi va 27 munitsipal tuman kiradi.
Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (yengil avtomobillar – Volga avtomobil zavodi; samolyotlar – "Aviakor"; stanoklar – Oʻrta Volga stanoksozlik zavodi, "Soliton" korxonasi; qishloq xoʻjaligi mashinalari – Sizran qishloq xoʻjaligi mashinasozlik zavodi; sement sanoati uchun jihozlar – "Volgotsemmash" ishlab chiqarish birlashmasi, konchilik va energetika sanoatlari uchun jihozlar – "Tyajmash" korxonasi, neft qazib olish uchun jihozlar – Samara doloto zavodi; transformator podstansiyalari – "Elektroshchit" zavodi; podshipniklar – "Shar" va boshqa korxonalar). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo sanoatlari (Samara, Novokuybishevsk va Sizran neftni k,ayta ishlash zavodlari); sintetik spirt, fenol, atseton ishlab chiqarish – "Sintezspirt" zavodi; "Sintezkauchuk" ishlab chiqarish birlashmasi; mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish – "Kuybishevazot", "Tolyattiazot", "Kuybishevfosfor" ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo oʻgʻitlari zavodi; "Uglerod" korxonasi – sintetik smolalar; "Plastik" korxonasi – polimer plyonkalar, kurilish materiallari (sement, asbotsement quvurlari, shifer va boshqalar), oziq-ovqat (un, goʻsht, sut, yogʻmoy korxonalari), yengil sanoatlari rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan. Tariq, kuzgi javdar, arpa, grechixa, qand lavlagi, dukkaklilar ekiladi. Asosiy texnika ekini – kungaboqar. Kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ham yetishtiriladi. Mevazorlar bor. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Koramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Volgada kemalar katnaydi. Avtoyoʻllar uz. 7227 km, temir yoʻllar uzunligi 1388 km. Beryoza qishlogʻida "Kurumoch" xalqaro aeroporti bor. 11 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 5 teatr, sirk, filarmoniya, Sergiyev Mineral Suvlari kurorti mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Samara viloyati, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.