Shahar Rabot: Marokashdagi shahar

Rabot — Marokash poytaxti.

Sale shahri bilan R.-Sale prefekturasini tashkil etadi. Atlantika okeani sohilida, unga Bu-Regreg daryosining quyilish yerida joylashgan. Aholisi 1,38 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iqlimi subtropik, oʻrtacha temperatura yanvarda 12°, iyulda 22°. Yillik yogʻin 530 mm. Transport yoʻllarining muxim tuguni, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning boshqa yirik shaharlari, shuningdek, Jazoir va Tunis bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. R. — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: toʻqimachilik va tikuvchilik, oziq-ovqat, metallsozlik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, kimyo, poligrafiya. Mebel, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. R. — mamlakatning ilmiy va madaniy markazi: universitet (1957), konservatoriya, ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy teatr, Udayya muzeyi, xalq sanʼati va boshqa muzeylar, kutubxonalar bor. Shaharda banklar, hukumat idoralari joylashgan.

Shaharga 1150-yilda muvahhidlar tomonidan asos solingan. 17-asrda R.ga Andalusiyadan musulmon hunarmand va savdogarlarining koʻchib kelishi munosabati bilan shahar tez rivojlandi. 1627— 66 yillarda mustaqil Rif respublikasi poytaxti. 19-asrda R. siyosiy va iqtisodiy markazga aylandi. 20-asr boshlarida fransuz bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi markazi. 1912—56-yillarda Fransiya protektoratining maʼmuriy markazi. 1956-yildan mustaqil Marokash davlatining poytaxti.

R.ning tarixiy markazi Bu-Regreg daryosi boʻyidagi qoya ustida joylashgan. Shaharning eski qismi 12-asr oxirida baland devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (14-asr), Hasan masjidi (12-asr), maqbaralar, Qirol saroyi (1775) va boshqa saqlangan. Shaharning janubida yangi zamonaviy binolar qurilgan.

Manbalar



Tags:

Marokash

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Jinsiy aloqaOʻtkir HoshimovQoraqalpoqlarWilliam ShakespeareBosh SahifaGeografiyaBuxoro arkiEkotizimGimnastikaParhez bilan davolashEksperimental psixologiyaSingapurDunyoning ishlariOzodbek NazarbekovElektrokardiogrammaYuklamaAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Oʻzgaruvchan tokItaliyaIlmiy tadqiqotOʻzbekiston Ekologik partiyasiKesimSinfdan tashqari ishlarYandexKuchTemir yoʻl transportiTub sonlar roʻyxatiKimyo sanoatiIqtisodiy oʻsishYarimoʻtkazgichSiyosiy partiyalarOilaSuyuqlikKoʻchirma gapDaun sindromiBuxoroSugʻurtaAbdulla QahhorMatematikaBoʻlinish alomatlariTemuriylarNuklein kislotalarVatanAtomFunksiya (matematika)XivaJizzax viloyatiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiDoʻstlik ordeniTarixOʻzgaruvchanlikFizikaRibonuklein kislotalarUrgʻuFalsafiy antropologiyaAfgʻonistonAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024Tib qonunlariOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariIqbol MirzoTafakkurPsixikaRauf ParfiSirdaryo (viloyat)Xiva xonligiProkuraturaGenetikaOʻzbeklarMirzo UlugʻbekRaqobatPsixologiya tarixiArablarning O‘rta Osiyo istilosiChorrahaJahon bankiBirlashgan Millatlar TashkilotiJanubiy AmerikaNeftKonus🡆 More