Qobuljon Ahmedov

Qobuljon Axmedov — oʻzbek mediamenedjeri.

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan (2020—2021). MY5 (20182020) va Yoshlar (2019—2020) telekanallari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar media markazining sobiq direktori. 2022-yildan buyon yana MY5 telekanalini bosh direktor sifatida boshqarib kelmoqda. Shuningdek, “Oʻzbekistonlik” filmining 1- va 2-epizodi prodyuseri.

Qobuljon Axmedov
Qobuljon Ahmedov
Tavalludi
Axmedov Qobuljon Xoliqovich

13-may 1984-yil (1984-05-13) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Shahnoza Ahmedova
Bolalari 4
Veb-sayti https://akhmedovs.uz/uz

Hayoti

  • 13-may 1984-yilda Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumanida tavallud topgan.
  • 2004-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining bakalavrini bitirgan. Universitetning jurnalistika fakultetini tamomlaganidan soʻng avvaldan amaliyot oʻtagan Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida faoliyatini boshlagan. „OʻzEOAVMA Axborotnomasi“ jurnali bosh muharrir sifatida Oʻzbekistondagi nodavlat teleradiokanallar, ularning faoliyati, xodimlari, texnik va ijodiy imkoniyatlari haqida maʼlumotlar bazasini yaratib, har chorak, yarim yillik va yil sarhisobiga bagʻishlangan jurnal sonlarini chop etishda munosib hissasini qoʻshgan. Shu orqali hududiy telestansiyalar, FM chastotali radiostansiyalar va kabel studiyalari faoliyati haqida davlat, jamoat hamda xalqaro tashkilotlarning xabardorligi taʼminlandi.
  • 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston nodavlat telekompaniyalar teletarmogʻi (OʻzNTT) muharriri sifatida respublikada birinchi marta tashkil etilgan teletarmoqning ijodiy konsepsiyasini tuzish, dasturlar jadvalidan oʻrin oladigan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi meʼyorlari talabiga hamda oʻzbek xalqining azaliy qadriyatlari, urf-odatlari, milliy mentalitetiga mos ekanligini taʼminlashga erishgan.
  • 2006—2008-yillarda Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktor oʻrinbosari, keyinchalik direktor vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan davrda koʻplab loyihalarning asosiy tashabbuskori va ijrochisi boʻldi. Jumladan, nodavlat teleradiouzatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir necha yirik grantlar eʼlon qilindi. „Zamon bilan hamnafas“, „Ijtimoiy loyiha“, „Maslahat markazi“ kabi loyihalarning eʼlon qilinishi natijasida hududiy telestansiya va FM radiostansiyalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, oʻtkazilgan 100 dan ortiq seminar-treninglar va master-klasslar natijasida ijodiy va texnik xodimlarning kasbiy malakasi oshirildi.
  • 2008-yilda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining ijrochi direktori etib saylandi. Uning rahbarligida Assotsiatsiyaning barcha yirik loyiha va tadbirlarini tashkil etishda bosh-qosh boʻldi, davlat siyosatini nodavlat teleradiouzatuvchilar tomonidan keng targʻib qilinishi, davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, Hukumat, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni taʼminlashda katta hissa qoʻshdi. Shu bilan birga, Yoshlar studiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda sohaga yuzlab yosh kadrlarning kirib kelishiga, respublikamizning har bir hududida Yoshlar studiyalari tashkil etilishida salmoqli ishlarni amalga oshirib, natijada loyiha ishtirokchilari bugun reytingi yuqori boʻlgan telekanallarda faoliyat koʻrsatmoqda. Nodavlat radiostansiyalar tarmogʻi (NRT)ni tashkil etish orqali axborot almashinuvi mexanizmi yoʻlga qoʻyildi. Maslahat markazini ochish orqali Assotsiatsiya aʼzolarining OAV sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va meʼyoriy hujjatlari talablariga muvofiq tarzda ishlashlariga huquqiy koʻmaklashildi.
  • 2010-yilda Oʻzbekiston nodavlat telekompaniyalari teletarmogʻi (OʻzNTT) bosh muharriri sifatida nodavlat teleradiouzatuvchilar sohasida amalga oshirilgan loyihalar, grant tanlovlari, seminar-treninglar natijasini efirda yoritib, u orqali barcha hududiy telestansiyalar efiri sifatli kontent bilan taʼminladi.
  • 2010—2014-yillarda bosma OAV sohasida yaʼni „Darakchi“ gazetasida masʼul kotib, keyinchalik direktor lavozimlarida faoliyat yuritdi. Oʻzbekistonda eng koʻp adadda chop etiladigan xususiy gazetaga rahbarlik qilish, davlat siyosatini kreativ tarzda oʻquvchilarga yetkazish, shuningdek qiziqarli va rang-barang materiallar bilan obunachilarning sonini oshirib bordi. Gazeta „sariq matbuot“ prinsiplaridan voz kechib, aholini qiynab kelayotgan masalalarga koʻproq urgʻu berdi. Har bir sonda „40 savolga 40 javob“ rubrika tashkil etilib, unda global savollardan tortib kommunal sohadagi savollargacha javoblar berildi. Jamiyatda uchrayotgan illatlar, yoshlardan tortib oilalar ajrimigacha, ruhiy holatlar, jinoiy ishlar kabi turli-tuman mavzularda dadil chiqishlar chop etildi.
  • 2014—2016-yillarda „Dono nashriyoti“dagi faoliyatida bolalar uchun moʻljallangan „Dono Word“, „Bilimdon“, „Znayka“, „Excellent“ jurnallarini tayyorlash va chop etish bilan shugʻullandi. Oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli oʻtkazish, qoʻshimcha bilim va koʻnikma berishga yoʻnaltirilgan, oʻzbek, rus va ingliz tillarida chiqadigan jurnallar ishida atoqli bolalar yozuvchilari, ustoz pedagoglar, zamonaviy mutaxassislarni birlashtirgan holda ish olib bordi hamda mazkur jurnallar adadi boʻyicha raqobatchilardan ancha oldinga oʻtdi. Oʻquvchilar oʻrtasida bir nechta koʻrik-tanlovlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ayniqsa, mustaqillik bayrami arafasida oʻtkaziladigan „Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?!“ koʻrik-tanlovi qamrov jihatidan ancha katta boʻldi.
  • 2016—2017-yillarda „Dono Productions“ MChJga rahbarligida afsonaviy oʻzbek rejissori, Oʻzbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosovning „Mahallada duv-duv gap“ filmining zamonaviy talqinini suratga oldi. Uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini koʻrsatish, milliy urf-odat, qadriyatlar, milliy taomlarimizni oʻzida aks ettirgan „Maftun boʻldim“ (Maftun boʻldim senga, Oʻzbekiston!) badiiy filmi suratga olindi.
  • 2017-yilda Xabar.uz axborot-tahliliy portali loyihasiga rahbarligi davrida Xabar.uz „TOP-10 saytlar“ qatoriga kirdi. U xorijda koʻplab yutuqqa erishgan oʻzbeklar, xususan Amerikada biznes faoliyatini yoʻlga qoʻygan taniqli yurtdoshlarimiz bilan uyushtirilgan suhbatlar oʻquvchilar tomonidan yuqori eʼtirof etildi, oʻzbek yoshlari uchun motivatsiya boʻldi.
  • 2018-yil 9-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari hisoboti yuzasidan oʻtkazilgan majlisda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirish va targʻib qilish, milliy Internet segmentini xolis va ishonchli axborotlar bilan taʼminlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, axborot xurujlariga qarshi „Jaholatga qarshi maʼrifat“ tamoyili asosida yagona tizimni yaratish maqsadida onlayn internet telekanalini tashkil etish boʻyicha topshirigʻi yuzasidan „Xabar gazetasi tahririyati“ DUK qoshida Qobuljon Axmedov rahbarligida onlayn internet telekanal tashkil etildi va 2018-yil mart oyida texnik sinov efiri boshlandi hamda „IT LIFE“ nomi bilan www.itlife.uz domenida faoliyat yuritayotgan kanalda ishlash uchun tajribali mutaxassislar jalb qilindi.
  • 2018-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi „Yoshlar media markazi“ NNT boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangandan buyon qisqa muddatda yangi mexanizmni yaratdi. Ushbu mexanizm orqali Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatinini keng targʻib qilish, Ittifoq faoliyatini yoritish boʻyicha bir oyda 100 dan ortiq videomaterial, 500 dan ortiq material (xabar, maqola) tayyorlab namoyish etildi. Uning rahbarligida „Yulduzcha“ va „Men yulduzman“ musiqiy televizion tanlovlari, „Majnuntol“ mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali, „Yosh jurnalistlar maktabi“, Yoshlarga oid davlat siyosatini targʻib qiluvchi Ijtimoiy roliklar tanlovi, Mini grantlar tanlovini muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.
  • 2018-yil 25-iyundan 2020-yilgacha „Mening yurtim“ — MY5 telekanali („Ozod yurt toʻlqinlari“ MChJ) bosh direktori sifatida ishlagan. Uning saʼy-harakatlari bilan telekanalning „Hudud“ yoshlar informatsion dasturi, „Gazetalar sharhi“, „Dayjest“ (internet saytlar sharhi) kabi axborot dasturlari orqali yoshlarga oid davlat siyosati targʻiboti kuchaydi. Kanalga tajribali mutaxassislar jalb qilindi, ijodiy va texnik xodimlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar koʻrildi. 2019-yil kanalning „Markaziy studiya“ dasturi „Oltin qalam“ xalqaro tanlovining televidenie yoʻnalishida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bugungi kunda „Mening yurtim“ telekanalida 200 ga yaqin ijodiy jamoa faoliyat yuritib kelmoqda, ularning 150 dan ortigʻi 30 yoshga toʻlmagan. Telekanal orqali bugungi yoshlar muammolari, xatolar, zararli illatlar va ularning ayanchli oqibatlari haqida taʼsirchan vositalarni ishga solish maqsadida „Zaharli tomchilar“, „Jurnalist“ kabi milliy seriallar suratga olinib, efirga uzatilmoqda. Telekanal homiyligida Mirobod tumanidagi „Yoshlar markazi“da „Yosh jurnalistlar maktabi“ tashkil etildi. Mazkur maktabda 10 ga yaqin sohaning eng mashhur vakillari doimiy ravishda 200 ga yaqin oʻquvchiga nazariy va amaliy saboqlar bermoqda. Maktab bitiruvchilarining eng iqtidorlilari telekanalga ishga qabul qilinmoqda.
  • 2018-yil 20-sentabrdan Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisining oʻrinbosari — Bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ham ishlab, Assotsiatsiyaning nodavlat teleradiozuzatuvchilar faoliyatini rivojlantirish va madaniy merosni saqlash boʻyicha yirik loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashgan.
  • 2019—2020-yillarda — OʻzMTRK „„Yoshlar“ teleradiokanali“ AJ ijrochi direktori sifatida ishlagan.
  • 2020—2021-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida ishlagan.
  • 2022-yildan hozirgi kunga qadar — „Mening yurtim“ — MY5 telekanali („Ozod yurt toʻlqinlari“ MChJ) bosh direktori boʻlish faoliyat yuritmoqda.

Qobuljon Axmedovning bevosita tashabbusi, masʼulligi va rahbarligida „Ozod yurt toʻlqinlari“ anʼanaviy media festivali, Ijtimoiy media-mahsulotlar festivali, Maslahat markazi, Yoshlar studiyasi loyihalari, „Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?!“ oʻquvchilarning insholar tanlovi, „Maftun boʻldim“ (rej. Abduvohid Gʻaniev) va „Yana mahallada duv-duv gap“ (rej. Shuhrat Abbosov) badiiy filmlari, „Yulduzcha“ va „Men yulduzman“ musiqiy televizion tanlovlari, „Majnuntol“ mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali, „Yosh jurnalistlar maktabi“, Yoshlarga oid davlat siyosatini targʻib qiluvchi Ijtimoiy roliklar tanlovi, Mini grantlar tanlovi, „Jurnalist“ koʻp qismli televizion seriali muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. Qobuljon Axmedovning tashabbusi bilan xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imidjini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining oʻzbek yoshlariga munosabatini koʻrsatish maqsadida xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan holda, turkum materiallar chop etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi arafasida Novastan.org saytida, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Regnum axborot agentligida maqolalar eʼlon qilindi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi tarkibida Turkiya davlatiga boʻlgan xizmat safari chogʻida „TRT WORLD“ telekanali, Berlin safari davomida Germaniya, Hindiston, Eron kabi qator davlatlar ijodkorlari bilan aloqalar oʻrnatildi.

Shaxsiy hayoti

Bugungi kunda oilali, toʻrt nafar farzandning otasi; ikki qiz, ikki oʻgʻil.

Badiiy rahbarlik va produserlik ishlari

  • „Yana mahallada duv-duv gap“ badiiy filmi
  • „Maftun boʻldim senga, Oʻzbekiston!“ badiiy filmi

Televizion loyihalari

  • „Yulduzcha“ bolalar musiqiy televizion tanlovi
  • „Men yulduzman“ musiqiy televizion tanlovi
  • „Majnuntol“ mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali
  • „Ibrat“
  • „Toʻrt devor orasidagi sir“
  • „Yoshlar ovozi“ respublika festivali
  • „Yosh kitobxon oila“ respublika tanlovi

Hujjatli filmlari

  • „Zulmat ortidagi nur“

Teleseriallari

  • „Soya“
  • „Koshmar na otlichno“
  • „Osiyo“
  • „Ali va Aliya“

Manbalar

Yana qarang


Tags:

Qobuljon Ahmedov HayotiQobuljon Ahmedov Shaxsiy hayotiQobuljon Ahmedov Badiiy rahbarlik va produserlik ishlariQobuljon Ahmedov Televizion loyihalariQobuljon Ahmedov Hujjatli filmlariQobuljon Ahmedov TeleseriallariQobuljon Ahmedov ManbalarQobuljon Ahmedov Yana qarangQobuljon Ahmedov20182020-yilMY5MediaOʻzbekiston yoshlar ittifoqiYoshlarYoshlar ishlari agentligi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BasketbolAfgʻonistonGerontopsixologiyaEmotsiyaManipulyatsiyaUsmoniylar davlatiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Kanishka IVergulLotin tiliFeʼlQunut duosiOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiInson tabiatiBezgakShaxsAbu Rayhon BeruniyAnvar ObidjonFaoliyatToʻqimaOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariSinfdan tashqari ishlarOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiLolaTermodinamikaning ikkinchi qonuniOʻzbekistonda taʼlimMarkaziy OsiyoFargʻona viloyatiNatural sonXamsaGermaniyaStressAlpomishEndokrin bezlarTogʻ jinslariBoburOʻzbekiston viloyatlariGʻafur GʻulomJack LondonMuhammadVeb-sahifaNitrat kislotasiKecha va kunduzElektrokardiogrammaFotosintezOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiXaritaVikipediyaDidaktikaTojikistonKasallikHujjatUglerodNobel mukofotiHavoning ifloslanishiAQSh dollariDunyo moʻjizalariInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunSaida ZunnunovaJanubiy Koreyada taʼlimMonopoliyaHayzDinMurat GöğebakanJamiyat falsafasiObligatsiyaSharof RashidovWolfgang Amadeus MozartBosh miyaAQSHda taʼlimOlimpiada oʻyinlariMutlaq monarxiyaOʻzgarmas tokAbdulla QodiriyPsixologiya tarixiUrbanizatsiyaDunyoning ishlariBilim🡆 More