Premchand

Premchand (taxallusi; asl ism-sharifi Dhanpatray Shrivastav) (1880.31.7, Lamhiy — 1936.8.10, Banoras) — hind yozuvchisi va publitsisti.

Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi (1936)ning asoschilaridan biri. Urdu va hind tillarida ijod qilgan. Ijodi 20-asrning ilk yillaridan boshlangan. Asarlarida xalqning siyosiy uygʻonish jarayoni, uning ijtimoiy haqhuquklari va mamlakat ozodligi uchun kurashi aks etgan. Dastlabki hikoyalar toʻplami "Vatan dardi" (1909) siyosiy dolzarb mavzuda boʻlgani sababli musodara qilingan. Soʻnggi roman va xikoyalarida badiiy maxrrati eng takomiliga yetgan. "Qismat" ("Gaodaan", 1936) romani mashhur. P.ning baʼzi asarlarida Maxatma Gandining taʼsiri bor.

P. urdu va hind tilida 40 ga yaqin hikoyalar toʻplami, 13 roman, qissa, bir qancha pyesa va publitsistik maqolalar hamda tarjimalar muallifi: "Sevgi maskani" ("Premashram", 1922), "Nirmala" (1923), "Najot" ("Gʻaban"), "Jang maydoni" ("Karmabhumiy", 1932) va boshqa Asarlari turli tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Jang maydoni", "Fidoyi", 2003).

Manbalar

  • Bir kelin hikoyasi [hikoyalar toʻpla-mi], T., 1973; Rama haqida qissa, T., 1970; Najot [roman], T., 1975.

Adabiyot

  • Balin V., Premchand — novellist, L., 1973; Premchand. Biobibliograficheskiy ukazatel, M., 1962.

Ansoriddin Ibrohimov.




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SinonimlarJanubiy AmerikaMeningitObrazBirlashgan Arab AmirliklariMazhabOt (soʻz turkumi)Boborahim MashrabIroq va Shom Islom DavlatiSilElektr kuchlanishQutadgʻu biligOʻzbekcha VikipediyaAbdulla AvloniyTugʻruqCatch Me If You CanEnergiyaIngliz tiliSaljuqiylar imperiyasiOʻzbekiston Mustaqilligi kuniSogʻliqni saqlashTermodinamikaEmailQuyoshIntegratsiyaUrbanizatsiyaMetallarSharq falsafasiXalqaro gimnastika federatsiyasiModal soʻzlarYengil atletikaRentgen nurlariSariq kasalligiYouTubeSeks-ramzHavoFizioterapiyaDoriTilOlmoshXamsaTBC Bank (Oʻzbekiston)Temuriylar imperiyasiHasharotlarBachadonIrodaIntellektKislorodIslomTuron (teatr)ShizofreniyaLionel MessiBirlashgan Millatlar TashkilotiKorxonaMikroorganizmlarAbdulhamid ChoʻlponOzoda NursaidovaShanxay hamkorlik tashkilotiGulliverning sayohatlariQushlarOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiKompyuterMuomala madaniyatiMisrTermodinamikaning ikkinchi qonuniOrqa miyaTabiat resurslariAbbosbek FayzullayevRegiston maydoniBuxoro amirligiAngliyaPulsKartoshkaInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunSterilizatsiya (mikrobiologiya)YogʻEpilepsiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati🡆 More