Piter Pauel Rubens

Piter Pauel Rubens (1577.28.6, Zigen, Germaniya — 1640.30.5, Antverpen) — flamand rassomi, barokko davri flamand rangtasviri maktabining asoschisi.

1600—08 yillarda Italiyada yashab Mikelanjelo, Rafael, Titsian asarlarini oʻrgangan. Antverpenga qaytgach, R. Flandriya hukmdori saroyida bosh rassom boʻlgan. R. hayotni uning ijtimoiy koʻrinishlarida aks ettiradi; asarlarida bezak koʻlami cheklanmagan, kompozitsiyalar murakkab ritmga boʻysundirilgan, shakllar joʻshqin harakatda, keskin rakurslardatasvirlanadi, nursoya keskinligi keng qoʻllaniladi. Monumental diniy kompozitsiyalar ("Xochni oʻrnatish", taxminan 1610—11; "Xochdan olish", taxminan 1611 — 14; Antverpendagi OnzeliveVrauekerk soborida), portretlar ("Izabella Brant bilan avtoportret", 1609; "Mariya Medichi", taxminan 1622—25; "Poʻstin", taxminan 1638—40 va boshqalar), afsonaviy lavhalar ("Persey va Andromeda", "Dahshatli sud", 1612— 40 va boshqalar), manzaralar ("Kamalakli manzara", 1632—35; "Quyosh botishidagi manzara", 1635—40 va boshqalar) yaratgan. 1617-yildan R. ustaxonasida uning eskizlari asosida bir qator turkum monumental bezak asarlar tayyorlangan ("Mariya Medichi tarixi", 1622—25, Luvr va boshqalar), ularni yaratishda R.ning shogirdlari — yirik rassomlar (A. Van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders va boshqalar) ishtirok etgan.

Piter Pauel Rubens
Rubens, 1623

R.ning nozik kuzatishlari, murakkab bezak dogʻlari, chiziklari va boshqa bilan ajralib turuvchi eskiz va rasmlari uning virtuoz mahoratini namoyen etadi. R. ijodi flamand va umumevropa rangtasviri rivojida muhim rol oʻynagan.

Manbalar





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Tasviriy sanʼatXurshid DavronNutqElektromagnit induksiyaKuzatishXalq pedagogikasiErich Maria RemarqueKoʻzArastuSaylov huquqiFonetikaKimyoviy elementlar davriy sistemasiYaponiyada taʼlimKalsiyTezlikMoliya tizimiUglerodYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiRuhlar isyoniBuxoro amirligiSintaksisSport inshootlariQishloq xoʻjaligiOʻqituvchiIngliz tiliGipofizBosh miya nervlariTojikistonKurashAdabiy tilSinonimlarXotira va qadrlash maydoniRus tiliPunktuatsiyaDisaharidlarRibonuklein kislotalarOdil YoqubovInfeksion kasalliklarJigarKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Markaziy OsiyoMadrasaBozorSportInvestitsiyaKecha va kunduzTurkiyaImom al-BuxoriyMicrosoft PowerPointOʻzbekiston viloyatlariMaʼnaviyatOrtopediyaTemuriylarBuxoroBuddizm tarixiStressQon guruhlariKesimAzotBolalar adabiyotiHamid OlimjonMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiGenetikaQoʻqon xonligiBronxitUfq (trilogiya)IndoneziyaEkologiyaGʻafur GʻulomQoraqalpogʻistonElektrolizIrodaJanubiy Koreyada taʼlimAtmosferaParhez bilan davolashBasketbolVaqt oʻlchov birliklariAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024Koʻmakchi🡆 More