Okey

Global Language Monitor assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2014-yil 23-mart kuni „okey“ (OK) soʻzi 175 yoshga toʻldi.

„OK“ sayyoramizda eng keng tarqalgan va umum tan olingan soʻz hisoblanadi.

Kelib chiqishi

1839-yilning 23-martida oʻsha paytda AQShning eng ommabop nashrlaridan biri boʻlgan The Boston Morning Post gazetasi sahifalarida ushbu soʻz ilk bora paydo boʻldi.

Soʻzning kelib chiqishi haqida koʻplab versiyalar mavjud. Ulardan biriga koʻra, XIX asrning 30-yillarida oʻynoqi qisqartma soʻzlar urfga kirgan. Boston gazetasi jurnalistlari "oll correct" („all correct“ — „hammasi toʻgʻri“ soʻz birikmasining buzib yozilishi) soʻz birikmasidan „OK“ qisqartmasini yaratishgan.

1840-yilda AQShda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida „okey“ soʻzi yanada ommalashadi. Gap shundaki, nomzodlardan biri Martin Van Byuren Nyu-York shtatining Kinderxuk shahridan boʻlib, uning saylov kampaniyasi shiori „Old Kinderhook is OK“ deya jaranglar edi. Natijada ushbu qisqartma soʻz xalq tiliga yanada chuqurroq kirib bordi.

Yana bir versiyaga koʻra, soʻzning kelib chiqishi AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson bilan bogʻliq. U shunchalik darajada savodsiz boʻlganki, davlat hujjatlariga „all correct“ oʻrniga „oll correct“ rezolyutsiyasini qoʻygan.

Baʼzilar „okey“ aslida boshqa tillardan oʻtgan, deya taxmin qiladi. Hatto, rus tilidagi “очень хорошо” „OK“ uchun asos boʻlgan, degan fikrlar ham bor.

Shuningdek, uning urush davrlarida paydo boʻlgani haqida gumonlar mavjud. Ularga koʻra, urushda bironta ham qurbon boʻlmagan kuni raportga „0 killed“ (oʻlganlar nolta) — qisqacha „OK“ deya qayd etilgan.

Ayni paytda „okey“ qariyb butun dunyo boʻylab ishlatiladi. AQShning oʻzida esa Okey deb nomlanuvchi shaharcha ham mavjud. U rasmiy qisqartmasi OK boʻlgan Oklaxoma shtatida joylashgan.

Manbalar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sony MusicGenlarning oʻzaro taʼsiriKuchDiqqatQazo namoziKompyuterChumolilarBiotexnologiyaQishloq xoʻjaligiOyshaAhmad al-FargʻoniyGlobusFonetik oʻzgarishlarQrim-Kongo gemorragik isitmasiBosh miyaSaida MirziyoyevaSport gimnastikasiEyal BaumelQutadgʻu biligSintaksisJismoniy tarbiyaQuyosh tizimiMetodologiyaMikroorganizmlarOngYevropa davlatlari va qaram hududlari ro'yxatiKimyoviy reaksiyaKesimAndrew WilesMuhammad YusufSoʻzElektrokardiogrammaTakbirDiversifikatsiyaHamid OlimjonSurxondaryo viloyatiOrqa miyaMantiqOʻqituvchiIqtisodiyot nazariyasiAz-ZamaxshariyShaharPulXattotQargʻalarQunut duosiOqsaroy (Shahrisabz)Mulk surasiPayvandlashCristiano RonaldoDarsFalsafaMicrosoft WordKushon podsholigiBTSSulfat kislotaTojikistonOʻsishImmunitetIshlab chiqarishSarniOptikaTishMendel qonunlariShum bolaFarhod va ShirinFonetikaOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiInvestitsiyaQattiq jismGektarJaloliddin ManguberdiHarbiy unvonlarQashqadaryo viloyatiAntoine de Saint-ExupéryShom namoziBotulizmOg'irlik o'lchov birliklariOʻzbeklar🡆 More