Oʻlim

Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir.

Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi. Oʻlimdan keyin organizmlar chiriy boshlaydi.

Oʻlim
Kuoleman puutarha, Hugo Simberg (1906)
Oʻlim
Odam chanogʻi oʻlim ramzi sifatida keng ishlatiladi.

Oʻlim — organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy oʻlimi ularning boʻlinishidan iborat, bunda 1 individ oʻlsa, oʻrnida 2 ta yangi individ hosil boʻladi. Odam va issiq qonli hayvonlar oʻlimi dastavval nafas olish va qon aylanishiningtoʻxtashiga bogʻliq. Oʻlim organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli toʻsatdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik Oʻlim farqlanadi. Klinik Oʻlimda organizm hayot faoliyatini baʼzi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u oʻrtacha 2—6 min. davom etadi, shundan keyin biologik Oʻlim yuz beradi. Oʻlim sabablari va mexanizmini tanatologiya oʻrganadi.

Odam jamiyatlarida oʻlim tabiati ming yillar davomida muhim diniy va falsafiy mavzular markazida boʻlib kelgan. Bu mavzularga tirilish (ibrohimiy dinlarga oid), reinkarnatsiya (dharmik dinlarga oid), ong oʻchishi (ateizm bilan bogʻlanadi) kabi gʻoyalar kiradi.

Odamlar va ayrim boshqa yuqori hayvonlarda oʻlimga javoban oʻlgan individga (marhumga) yaqin boshqa individlar motam tuygʻusi va hissiy azoblanish kechirishadi. Oʻlgan kishi xotirasiga odamlar aza marosimini oʻtkazishadi. Oʻlgan odamning fizik qoldiqlari jasad yoki murda deyilib, marhum yoki unga yaqin shaxslarning urf-odatlariga koʻra dafn etilishi, kuydirilishi, mumiyolanishi yoki boshqa usullar bilan ajratilishi mumkin (bu amallar shuningdek sanitariya maqsadida qilinadi).

Odamlar orasida oʻlimga olib keluvchi eng tarqalgan sabablarga (kamayish tartibida) yurak ishemiyasi, insult va boshqa serebrovaskular kasalliklar, quyi nafas yoʻllari infeksiyasi kiradi.

Manbalar

Havolalar


Tags:

AjalBaxtsiz hodisaFenomenHayotJarohatKasallikOchlikOrganizmQotillikXudkushlikYirtqichlik

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Namangan viloyatiKalsiyDisaharidlarGoʻdakOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiShanxay hamkorlik tashkilotiTurkiyaYorugʻlik interferensiyasiMonetarizmFan-texnika taraqqiyotiChala tugʻilgan bolaIlmiy tadqiqotTub sonlar roʻyxatiNeptunYan Amos KomenskiyElon MuskUsmonlilar imperiyasiKoordinatsion birikmalarOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariVeb-sahifaBirlashgan Arab AmirliklariUygʻonish davriOrfoepiyaParlamentKirish soʻzlarImom al-BuxoriySoʻz birikmasiBotir ZokirovHarakatQon ketishiDunyoning yetti moʻjizasiEhtimollar nazariyasiAxborotMisAbdulla OripovTarbiyaGʻaznaviylar davlatiOʻzbek tiliVolontyorBuxoro xonligiBirinchi jahon urushiMetrologiyaMercedes-BenzAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Ibroyim YusupovMDHOʻzbek qiziKoʻz kasalliklariSohibqiron (sheʼriy drama)UrgʻuKimyoOʻzbekistonda taʼlimVirusli kasalliklarMarkaziy OsiyoSiyosiy partiyalarAllergiyaJahongir OtajonovRus tiliTalab va taklifSuyakTadbirkorlikTabiiy gazlarQadimgi YunonistonAxborot xavfsizligiErkin VohidovKoinotOmmaviy madaniyatMakroiqtisodiyotKombinatorikaParhez bilan davolashBirlashgan QirollikEfirlarPayvandlashNuklein kislotalarAdabiy tilMatnEronInson tanasi🡆 More