Futbol Klubi Navbahor

Navbahor proffesionasl futbol klubi (eng: PFC Navbahor Namangan) – 1978-yilda Namangan shahrida asos solingan.

Ilk nomi Tekstilshik edi. Klubning hozirgi murabbiysi Samvel Babayan hisoblanadi.

Navbahor Namangan
Futbol Klubi Navbahor
Toʻliq nomi Navbahor Namangan Football Club
Laqabi Lochinlar
Asos solingan 1978 (46 yil avval) (1978)
Stadion Markaziy Stadium
Namangan, Uzbekistan
Stadion hajmi 21,000 ortiq
Prezidenti Rasul Nizomboyev
Murabbiyi Futbol Klubi Navbahor UZB Samvel Babayan
Vebsayt https://www.pfcnavbahor.uz/index.php/uz/
Musobaqasi Oʻzbekiston Superligasi
2023 3-oʻrin
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Asosiy libosi
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Ikkinchi libosi
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Futbol Klubi Navbahor
Zaxira libosi
Futbol Klubi Navbahor {{{amaldagi mavsum}}}

1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi. Jamoa Namangan shahridagi Navbahor Markaziy Stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.

Tarix

SSSR Chempionatlarida

„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda – aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan.  Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.

1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ ga oʻzgartiradi. 1984 va 1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari oʻz mahoratlarini yil sayin oshirib, sobiq ittifoq 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq ittifoqda Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

1991-yili sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha sobiq ittifoq kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda zafar quchib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Oʻzbekiston Chempionatlarida

1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.

Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1999-yilda „Navbahor“  Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2005-yildan beri jamoa natijalarida malum darajada pasayish kuzatilib, namanganliklar chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan jamoalaridan biriga aylandi.

Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi. 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi, ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro Musobaqalar

„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir – Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.

1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.

„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.

Klub afsonalari

Jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Jalilovdir. Viktor Jalilovning jamoa muvaffaqiyatidagi oʻrni beqiyos. Aynan u boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.

Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor.

Sobiq ittifoq davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.

  • Eng koʻp oʻyin – Tohir Madrahimov – 259 ta oʻyin

Jamoa nomlari tarixi

  • 1978—1980: Tekstilshchik
  • 1980—1983: Navbahor
  • 1983—1987: Avtomobilchi
  • 1988-yildan – Navbahor

Klub ramzlari

2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.

Stadion

Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.

2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ – „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi o'rin: (1) 2023
  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi o'rin: (10) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023

Mahalliy musobaqalar natijalari

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 1st 5th 32 18 8 6 54 21 44 Chempion Rustam Zabirov 15
1993 1st 3rd 30 18 7 5 64 32 43 Finalchi Farid Xabibulin 13
1994 1st 3rd 30 17 6 7 58 26 40 Yarim final Farid Xabibulin 11
1995 1st 3rd 30 23 3 4 69 23 72 Chempion Oleg Shatskix 24
1996 1st 1st 30 23 5 2 88 23 74 Chorak final Oleg Shatskix 23
1997 1st 3rd 34 21 5 8 84 37 68 Yarim final Oleg Shatskix 13
1998 1st 3rd 30 18 5 7 60 33 59 Chempion Shuhrat Rahmonqulov 10
1999 1st 3rd 30 18 7 5 55 34 61 N/A Shuhrat Rahmonqulov 12
2000 1st 5th 38 19 8 11 92 56 65 Chorak final Shuhrat Mirxoldorshoyev 28
2001 1st 4th 34 20 1 13 79 52 61 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 23
2002 1st 6th 30 14 4 12 53 39 46 Last 32 Shuhrat Mirxoldorshoyev 19
2003 1st 3rd 30 19 6 5 66 28 63 Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev 26
2004 1st 3rd 26 218 3 5 66 23 57 Last 32 Shuhrat Mirxoldorshoyev 31
2005 1st 6th 26 12 3 11 31 31 39 Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev 20
2006 1st 7th 30 13 5 12 46 35 44 Last 16 Arif Mirzoýew 18
2007 1st 8th 30 11 4 15 37 41 37 Last 16 Vladimir Baranov 12
2008 1st 13th 30 7 11 12 28 39 32 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 13
2009 1st 14th 30 7 7 16 21 48 28 Last 16 Muxtor Fozilov 5
2010 1st 9th 26 9 4 13 32 32 31 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 11
2011 1st 6th 26 9 9 8 26 21 36 Last 16 Roʻzimboy Ahmedov 5
2012 1st 12th 26 6 8 12 19 34 26 Last 16 Sobir Hamidov 5
2013 1st 11th 26 7 6 13 29 48 27 Last 16 Roʻzimboy Ahmedov 11
2014 1st 7th 26 9 3 14 38 40 30 Chorak final Shahboz Erkinov 14
2015 1st 8th 30 11 4 15 40 51 37 Last 16 Shahboz Erkinov 13
2016 1st 15th 30 6 5 19 37 66 23 Last 16 Akrom Bahriddinov

Dilshod Jabborov

7
2017 1st 5th 30 12 10 8 40 37 46 Last 16 Azizbek Turgʻunboyev 8
2018 1st 3rd 20 9 4 7 20 18 31 Last 32 Azizbek Turgʻunboyev 7
2019 1st 8th 26 7 11 8 26 23 32 Chorak final Oleksandr Kasyan 10
2020 1st 8th 26 8 11 7 24 21 35 Chorak final Azizbek Turgʻunboyev 8
2021 1st 6th 26 10 9 7 23 19 39 Round of 16 Azimjon Ahmedov 3
2022 1st 2 26 15 8 3 33 15 54 Finalchi Zoran Marushich 12
2023 1st 3 26 14 5 7 44 19 47 Yarim final Oston Oʻrunov 9

OFK musobaqalaridagi ishtiroki

      1996/97: 2-Bosqich
      1999/00: 4-oʻrin

2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.

Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo Chempionlar ligasi 8 3 3 2 15 9 12
Osiyo kubogi egalari kubogi 10 4 1 5 18 23 13
Umumiy 18 7 4 7 33 32 25
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy

hisob

1996-97 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich Futbol Klubi Navbahor  Al-Quwa Al-Jawiya 1-4 5-2 6-6
Ikkinchi bosqich Futbol Klubi Navbahor  Esteghlal 1-4 3-0 4-4
1997-98 AFC Osiyo Chempionlar kubogi Birinchi bosqich - Bye
Saralash bosqichi Futbol Klubi Navbahor  Dynamo Dushanbe 3-0 1-2 4-2
Ikkinchi bosqich Futbol Klubi Navbahor  Nisa Aşgabat 6-1 2-2 8-3
Chorak final – Gʻarbiy osiyo

Guruh bosqichi

Futbol Klubi Navbahor  Al Ansar 0-0 3rd
Futbol Klubi Navbahor  Al Hilal 1-3
Futbol Klubi Navbahor  Persepolis 1-1
1999-2000 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich - Bye
Ikkinchi bosqich Futbol Klubi Navbahor  Kaisar-Hurricane 2-2 1-0 3-2
Chorak final Futbol Klubi Navbahor  Al-Ahli 1-6 2-0 3-6
Yarim final Futbol Klubi Navbahor  Al-Zawraa 1-2
3-oʻrin uchun Futbol Klubi Navbahor  Bangkok Bank 1-3
2023-2024 AFC Osiyo Chempionlar ligasi Play-off round Futbol Klubi Navbahor  Al-Wakrah 1–0 (q.v)
D guruhi Futbol Klubi Navbahor  Al Hilal 0–2 1–1 Ikkinchi
Futbol Klubi Navbahor  Mumbai City 3–0 2-1
Futbol Klubi Navbahor  Nassaji Mazandaran 2–1 3–1
Nimchorak final Futbol Klubi Navbahor  Al-Ittihod 0-0 1-2 1-2

Raqobat

Muxlislar

„Navbahor“da juda katta tarafdorlar va muxlislar armiyasi bor. Namangan klubining deyarli har bir uy uchrashuvida stadion toʻlib-toshadi.

Raqobat

„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi Andijonning „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.

Jamoa tarkibi

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

    17-fevral 2024-yil
Amplua Futbolchi
1 Futbol Klubi Navbahor  UZB DR Oʻtkir Yusupov
5 Futbol Klubi Navbahor  UZB HM Alijon Alijonov
6 Futbol Klubi Navbahor  UZB HM Ibrohim Yoʻldoshev (futbolchi)
7 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Azim Ahmedov
8 Futbol Klubi Navbahor  IRN YH Siavash Hagh Nazari
9 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Odiljon Hamrobekov
10 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Jamshid Iskanderov
11 Futbol Klubi Navbahor  UZB HJ Asadbek Sobirjonov
12 Futbol Klubi Navbahor  UZB DR Aleksandr Lobanov
13 Futbol Klubi Navbahor  SRB HM Filip Ivanović
14 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Jamshid Boltaboyev
17 Futbol Klubi Navbahor  UZB HJ Ruslanbek Jiyanov
19 Futbol Klubi Navbahor  UZB HM Sherzodbek Abdulboriyev
Amplua Futbolchi
20 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Muzaffar Moʻminov
21 Futbol Klubi Navbahor  GEO HJ Giorgi Nikabadze
22 Futbol Klubi Navbahor  GEO HJ Toma Tabatadze
23 Futbol Klubi Navbahor  SRB YH Jovan Đokić
24 Futbol Klubi Navbahor  UZB HM Doston Abdulhayev
25 Futbol Klubi Navbahor  UZB HJ Navroʻzbek Iminjonov
33 Futbol Klubi Navbahor  UZB HJ Shodiyor Shodiboyev
34 Futbol Klubi Navbahor  UZB HM Farrux Sayfiyev
41 Futbol Klubi Navbahor  UZB DR Ozodbek Maʼrupov
55 Futbol Klubi Navbahor  UZB HJ Asadbek Joʻraboyev
77 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Abror Ismoilov
88 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Nurmuhammad Toshpoʻlatov
98 Futbol Klubi Navbahor  UZB YH Davronbek Olimjonov

U21

U19

Klub hodimlari

Murabbiylar shtabi

Futbol Klubi Navbahor 
Samvel Babayan klubning hozirgi bosh murabbiyi.
Lavozimi Xodimlar
Bosh murabbiy Futbol Klubi Navbahor  Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy Futbol Klubi Navbahor  Grigoriy Kolosovskiy
Texnik yordamchi murabbiy Futbol Klubi Navbahor  Denis Toymensov
Fitnes murabbiyi Futbol Klubi Navbahor  Marko Drekalovic
Darvozabonlar murabbiyi Futbol Klubi Navbahor  Shavkat Abduxojayev
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi Futbol Klubi Navbahor 
Sport terapevti Futbol Klubi Navbahor 
Texnik tahlilchi Futbol Klubi Navbahor 
Lavozimi Xodimlar
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyi Dmitriy An
Navbahor- Women bosh murabbiyi Karima Yoʻldasheva
Navbahor futzal bosh murabbiyi Xurshid Tojiboyev
  • Oxirgi yangilangan: 5-mart 2024-yil
  • Manba:

Xodimlar

Lavozimi Xodimlar
Prezident Futbol Klubi Navbahor  Rasul Nizomboyev
Vitse prezident Futbol Klubi Navbahor  Otabek Samatov
Bosh direktor Futbol Klubi Navbahor  Akmal Sohibov
  • Oxirgi yangilangan: 6-mart 2024-yil
  • Manba:

Bosh murabbiylari tarxi

Mashxur futbolchilar

SSSR/Oʻzbekiston

    Sobiq SSSR davlatlari
    Yevropa
    Janubiy Amerika


    Afrika


    Osiyo


Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Tags:

Futbol Klubi Navbahor TarixFutbol Klubi Navbahor StadionFutbol Klubi Navbahor YutuqlarFutbol Klubi Navbahor RaqobatFutbol Klubi Navbahor Jamoa tarkibiFutbol Klubi Navbahor Klub hodimlariFutbol Klubi Navbahor Bosh murabbiylari tarxiFutbol Klubi Navbahor Mashxur futbolchilarFutbol Klubi Navbahor Yana qarangFutbol Klubi Navbahor ManbalarFutbol Klubi Navbahor HavolalarFutbol Klubi Navbahor1978-yilSamvel Babayan

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Chingiz AytmatovOʻtkir HoshimovBronxial astmaIjtimoiy psixologiyaGermaniya ta'lim tizimiRomanMetodTwitterBrutsellyozYozQushlarToʻplam (matematika)SanʼatRim imperiyasiFarhod va ShirinMinorai KalonIkkinchi jahon urushiMarketingEpistemologiyaPsixoterapiyaPulsGigiyenaKorrupsiyaJamiyatSut emizuvchilarBadmintonZardushtiylikAbbosbek FayzullayevQoraxoniylar davlatiNavroʻzXristianlikKasrKushon podsholigiKitobShom namoziQizilchaRahmat FayziyYurak-qon tomir kasalliklariToʻldiruvchiKaʼbaIntellektYusuf (paygʻambar)SubstansiyaTovush (tilshunoslik)MenejerRobototexnikaIjtimoiy tarmoqYuridik shaxsRadioaktiv parchalanishOʻlmas UmarbekovOʻzbekistonda paxta ishiMoliya bozoriEmailEstetikaTurkiy tillarLionel MessiOmmaviy axborot vositalariDavlatlarning telefon kodlariSkeletOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiAmerika Qoʻshma ShtatlariGlukozaBurjShavkat MirziyoyevUslubUrbanizatsiyaFuqarolik jamiyatiSotsiologiyaBudjetKompyuter virusiAdabiy tilFalsafaMakroiqtisodiyotSon (tilshunoslik)AluminiySulfat kislotaTadbirkorlikQoraqalpogʻistonYan Amos Komenskiy🡆 More