Mosul

Mosul, al-Mavsil — Iroqning shimoliy qismidagi shahar.

Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

Mosul 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10—12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918-yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920-yildan Iroq tarkibida.

Mosulda al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi bilan) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-asr) bor.

Manbalar




Tags:

Iroq

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TugʻruqRomanDaun sindromiSubstansiyaBuyrak usti bezlariOkeanGruziyaOmmaviy axborot vositalariSiydik chiqarish kanaliSezgiMaqolVirusli gepatitQuyosh tizimiMenejerMicrosoft ExcelUyushiq boʻlaklarNeftLeksikologiyaPedagogikaUNESCODiniy tashkilotGloballashuvTurkiston general-gubernatorligiOltinSaljuqiylar imperiyasiUchburchakAbdulla QahhorNumizmatikaIqtisodiyot (fan)Xulosa chiqarishYurakEpistemologiyaDavlatlar roʻyxatiKonstantin UshinskiyTemuriylar tarixi davlat muzeyiPokistonAbortTabiatni muhofaza qilishKimyoviy elementlar davriy sistemasiAvestoOyKasbYusuf Xos HojibKoʻchirma gapShizofreniyaYosh psixologiyasiMarokashAndijon viloyatiMetallarOʻzbekistonda taʼlimInternet tarixiMuqaddas kitoblarOʻzbekiston tarixiKoʻkyoʻtalAnal jinsiy aloqaJanubiy AmerikaXorazmTibbiyot deontologiyasiMuloqotKognitiv psixologiyaDasturiy taʼminotIjtimoiy ishInformatikaFalsafaUndosh tovushlarMarketingOvqat hazm qilishXotiraOmmaviy madaniyatKapalaklarTaʼlimSpirtlarBoburnomaQon bosimini tushiruvchi moddalarGulliverning sayohatlariUglerodLoyihaSut emizuvchilarMoliya bozori🡆 More