Maorilar: Yangi Zelandiyaning tub aholisi, polineziya xalqi

Maorilar — Yangi Zelandiyaning tub aholisi.

Umumiy soni 320 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maori tilida soʻzlashadi. Hozirgi M. — xristian dinining turli oqimlariga (anglikanlar, presviterianlar, katoliklar, baptistlar va boshqalar) eʼtiqod qiladilar. M.ning ajdodlari 10—14-asrlar mobaynida Markaziy Polineziyadan Yangi Zelandiya o.lariga kelib oʻrnashib, melanezlarnyapt qad. ajdodlariga qardosh boʻlgan tub aholi bilan qoʻshilib ketganlar. Ularning asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, terimchilik, baliqchilik va ovchilik (asosan, qushlar va mayda hayvonlar ovlangan). Yagona uy hayvoni — it boʻlgan. Boshqa polineziyaliklar kabi M.da ham kemasozlik va dengiz say-yoxligi taraqqiy etgan. Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya tomonidan istilo etilgan davrda (19-asr 1-yarmi) koʻp sonli M. qabilalari ibtidoiy jamiyatning yemirilish bosqichida edi. Sardorlar, ozod va qaram jamoachilar tabaqasiga ajralib turgan; patriarxal qulchilik mavjud boʻlgan. 20-asrda M.ning ingliz — yangi zelandiyaliklar bilan murakkab aralashuv jarayoni boshlangan. M. madaniyati umum Yangi Zelandiya madaniyatining tarkibiy qismidir.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Devonu lugʻotit turkSiyosiy partiyalarGolovin–Sivtsev jadvaliYaponiyaYaponiyada taʼlimQisqartma soʻzlarHuquq layoqatiGoogleUnli tovushlarShartli reflekslarIchki sekretsiya bezlariFavvoraMantiqNATOMarsAmmiakQarilikMusiqaOyoqMiokard infarktiXalqaro tashkilotGimnastikaInflatsiyaBronxial astmaHayzTerrorizmAsosiy vositalarBotir QodirovOyProteinlarLorents kuchiQon ketishiBirinchi jahon urushiPsixikaHomiladorlikdan saqlanishMultimediaOmmaviy madaniyatQurʼonMuhammad YusufMerkuriyChekishAllohning 99 nomiTarbiyaDin falsafasiUglevodlarKanadaQitʼaYahudiylikZotiljamOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiMehnat muhofazasiHissiyotTrombotsitlarTabiatni muhofaza qilishTemuriylar shajarasiSut emizuvchilarGidroelektr stansiyaJaloliddin ManguberdiReklamaMorfologiyaYevropa davlatlari roʻyxatiIjtimoiy tarmoqSon (tilshunoslik)OʻqituvchiTransformatorDaun sindromiIkki eshik orasiShanxay hamkorlik tashkilotiMantiqiy amallarEnergiyaPaygʻambarKurashHujayraOdamKoʻkyoʻtalVodorodStenokardiya🡆 More