Manfred Eigen

Eygen Manfred (1927.9.5, Boxum) -nemis fizik-kimyogari.

Gyottingen universitetini tugatgach (1951), shu untda (1951— 53), 1953-yildan Gyottingendagi Maks Plank fizikkimyo institutida ishlagan (1964-yildan direktor). Asosiy ilmiy ishlari oʻta tez kechadigan kimyoviy reaksiyalarni oʻzi ishlab chiqqan kimyoviy relaksatsion spektroskopiya usulida tadqiq qilishga oid. Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida kechadigan tezkor reaksiyalarni oʻrganish maqsadida elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasini oshirishga imkon beradigan kuchli elektr maydonini taʼsir ettirish usulini taklif etgan. Fermentativ kataliz, maʼlumotlarni uzatish mexanizmi va boshqalar molekulyar biol. masalalarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1967; R.J.Norrish va J. Porter bilan hamkorlikda).

Manbalar




Tags:

Gyottingen universiteti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

NodiraKislorodDispers sistemalarHissiyotGoogleKuchOksidlar (birikma)Iqtisodiy islohotlarTarjimaParazitologiyaPsixosomatik tibbiyotSinfdan tashqari ishlarIssiqlik almashinishDarajaTasavvufEkologik omillarGap boʻlaklariQon bosimini tushiruvchi moddalarBirlashgan Millatlar TashkilotiOvqatlanish gigiyenasiSharq falsafasiAppenditsitPoʻlatJinsiy aʼzolarEmailKohongGiyohvandlikAntibiotiklarPokistonFotosintezRamazonKislota va asoslarQitʼaAsfiksiyaXitoyKoʻrish nerviStressTillarning morfologik tasnifiAqliy tarbiyaSamarqandTerrorizmOrol dengiziOʻzgaruvchan tokNarxElektr razryadiBaqara surasiShialikChingizxon28-martTIMSSFoydali qazilmalarYalligʻlanishHamid OlimjonBorliqMantiqXavfsizlik texnikasiFaoliyatNuklein kislotalarYevropaAnnotatsiyaLuiza RasulovaTakbirNevrozlarOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006-2008)OʻlatKoʻnikmaOliy nerv faoliyatiHujayraBrauzerTemir yoʻl transportiGeometriyaIxlos surasiRentabellikBetonYurak-oʻpka reanimatsiyasiMuqimiyFrazeologizmIsitma🡆 More