Magnit Xaritalari

Magnit haritalari - Yer kurra sining Yer magnit maydon kuchlanganligini va uning tashkil etuvchilari taqsimlanishini izochiziqlar yordamida tasvirlangan haritalari.

Bulardan Dunyo Magnit haritalari va anomal magnit maydoni haritalari eng koʻp tar kalgan. Dunyo Magnit haritalari Yer yadrosi elektr oʻtkazuvchan moddasining harakati tufayli hosil boʻlgan Bosh Yer magnit maydoni (normal maydon)ning asosiy tarkibiy xususiyatlarini tasvirlaydi (qarang Yer mag-netizmi). Bosh Yer magnit maydoni oʻziga xos tuzilmasining oʻlchamlari qitʼalar oʻlchamiga yaqin boʻlgani uchun, Dunyo Magnit haritalarining masshtabi, asosan, 1:10 000 000 va undan maydaroq boʻladi. Dunyo Magnit haritalarida Yer poʻsti tuzilishining xilma-xilligi, maʼdan konlarining joylashishi va boshqa mahalliy omillar taʼsiridan kelib chiqadigan magnit milining ogʻishi tuzatib beriladi. Anomal magnit maydoni haritalari Yer magnit maydonining Bosh Yer magnit maydonidan mahalliy ogʻishini tasvirlaydi. Bunday ogʻishlar, odatda, chiziqli oʻlchamlari oʻnlab km va undan kichik maydonlarda kuzatiladi. Shuning uchun ular nisbatan yirik masshtabga (1:200 000 atrofida) ega; bu haritalar, odatda, aeromagnit suratga olish materiallari asosida tuziladi. Yer magnit maydonining koʻrsatkichlari oʻzgarib turishi sababli, Magnit haritalari eskiradi, shuning uchun ular har 5—10 yilda qayta yangilanib turiladi.

Manbalar





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Parhez bilan davolashOybekAksiyadorlar jamiyatiToʻldiruvchiQadimgi turkiy tillarOʻzbekistonda taʼlimInklyuziv taʼlimTilDevonu lugʻotit turkTemuriylar imperiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiAvestoAnafilaktik shokEnergetikaDunyoning yetti moʻjizasiEsse (asar)Fors koʻrfaziYerSamarqand viloyatiMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliYalpi ichki mahsulotAbdulhamid ChoʻlponRossiyaBozor iqtisodiyotiga oʻtishU2InsonparvarlikNasosRadiatsiyaAsinxron elektr dvigatelYurak ishemik kasalligiIsteʼdodIqlimIsroilGidrostatikaErtakOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiNerv sistemasiDajjolShokIssiqlik oʻtkazuvchanlikTemuriylar tarixi davlat muzeyiBiosferaParallelepipedIsh haqiLipidlarUlugʻbek rasadxonasiToshkentBolalar psixologiyasiHujjatTermiziy Abu IsoFonetik oʻzgarishlarIntegratsiyaSteve JobsSifatEukariotlarTasavvufYevropa IttifoqiKorrupsiyaQurʼonMusiqaGrammatikaAfgʻonistonInfeksiyaYevropa va Osiyo oʻrtasidagi chegaraBehzod MusayevYouTubeKimyoSarbast (sheʼriy tizim)Qandli diabetAksiyaOʻsmalarIqtisodiyot tushunchasiIbrohimKasbOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiNatriyTIMSS🡆 More