Limburg Pirogi

Limburg pirogi (Limburg flayi; niderlandcha: Limburgse vlaai, limb.

Vlaaj, Vlaoj) — anʼanaviy Niderlandiya oshxonasiga xos boʻlgan mevali pirog turlaridan biri. Ilk bor yozma manbalarda XIV asrda eslab oʻtilgan.

Bezash yoki toʻldiruvchi sifatida qaymoq yoki krem qoʻllanilsa, bu pirog Limburg pirogi deb atalmaydi. U „Rijstevlaai (Wayback Machine saytida 2016-06-24 sanasida arxivlangan)“ deb nomlanadi.

Niderlandiyada limburg piroglari juda mashhur. Butun mamlakat boʻylab 116 dan ortiq shoxobchasiga ega boʻlgan MultiVlaai milliy kompaniyasining (shunday piroglarni sanoat usulida ishlab chiqarishga ixtisoslashgan) muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi buning isbotidir.

Tarixi

Limburg yassi pirogini Niderlandiyaning qadimiy taomlaridan biri deb hisoblash mumkin. Pirog (vlaai) va uni tayyorlashga ixtisoslashgan pishiruvchilar (vladbecker) haqidagi ilk eslatmalar 1338-yil solnomasida bitilgan. Dastlab, bu piroglar yiliga ikki marta cherkov bayramlari chogʻida tortiq qilish uchun pishirilgan.

Vlaai soʻzi rus tilida „flay“ deb talaffuz etiladi. Golland (niderland) tiliga xos fonetika qoidalarga muvofiq, V undoshi yarim jarangli tovush boʻlib, u jarangsiz F dan jarangdorligi bilan ajralib turadi W tovushidan esa koʻproq talaffuz chogʻidagi ishqalanishi va keskinligi bilan farq qiladi, natijada istisno qilinmagan holda „ve“ tarzida talaffuz etiladi.

Tarkibi

Xamir uchun

Xamirni tayyorlash uchun asosiy qoʻshimchalar: un, quruq xamirturush, sariyogʻ, tuz, shakar, tuxum sarigʻi, sut. Xamir qattiqroq boʻlishi hamda pirogni uzoqroq saqlash maqsadida manniy krupa qoʻshiladigan retseptlar ham mavjud .

Toʻldirish uchun

Xamir ichini toʻldirish uchun barcha turdagi mevalar (gilos, oʻrik, qoragʻat, olma) ishlatiladi. Murabbolardan ham foydalansa boʻladi. Shuningdek, pishloq, rovoch ildizi, qoʻziqorin solinadigan piroglar ham bor.

Tayyorlanishi

Tayyorlash jarayoni har qanday xamirturushli xamirdan pirog pishirish bilan bir xil. Oʻziga xos jihati — xamir kesmalarini panjara shaklida pirogga solingan toʻldirma ustiga yotqizib, chetlarini ichkariga oʻrab qoʻyishdir. Shuningdek, toʻldirmaning ustini xamir bilan butunlay yopsa ham boʻladi.

180 °C issiqlikda taxminan 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Galereya

Yana qarang

  • Gollandiya oshxonasi
  • Flan
  • Crostat

Havolalar

Manbalar

Tags:

Limburg Pirogi TarixiLimburg Pirogi TarkibiLimburg Pirogi TayyorlanishiLimburg Pirogi GalereyaLimburg Pirogi Yana qarangLimburg Pirogi HavolalarLimburg Pirogi ManbalarLimburg PirogiNiderland tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Atrof-muhitni muhofaza qilishAntibiotiklarUyushiq boʻlaklarUNESCOOʻzbekiston viloyatlariShifokorAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiDavlat byudjetiIslom mazhabchiligiShimoliy AmerikaOʻzbekiston yoʻl belgilariMirzo UlugʻbekMatematikaMicrosoft ExcelGolovin–Sivtsev jadvaliJahongir OtajonovHamza Hakimzoda NiyoziyBemorni parvarish qilishKonfessiyaNavoiy viloyatiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiQandli diabetAtmosferaDoʻstlikTib qonunlariOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiOʻsmalarEkologiyaJaloliddin RumiyKuyishOscar WildeSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiFaoliyatJahon bankiTinch okeaniQon ketishiReal Madrid CFBipolyar tranzistorIqbol MirzoMaʼnaviyatDorivor oʻsimliklarOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Boborahim MashrabAsrga tatigulik kunWilliam ShakespeareAbu Rayhon BeruniyAuditLolaDavlatlar roʻyxatiTerrorizmChingiz AytmatovFonetik oʻzgarishlarOʻqituvchiAhmad YassaviyFermentlarMineralKanadaElektr qarshilikKoʻzSanoatDezinfeksiyaPulMehnat tarbiyasiIqtisodiyotFosforImom al-BuxoriyQuyoshSkeletAmmiakMarjinalizmAbdulhamid ChoʻlponTasviriy sanʼatEronNevrologiyaQon aylanishiXulosa chiqarishMangʻitlar sulolasiGipertoniya kasalligi🡆 More