Kalidou Koulibaly

Kalidou Koulibaly (talaffuzi: Kalidu Kulibali; 1991-yil 20-iyun kuni Fransiyaning Sent-Die-des-Vosges shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Chelsea“ futbol klubi himoyachisi va Senegal terma jamoasi sardori.

2018—2022-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Kalidou Koulibaly
Kalidou Koulibaly
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kalidou Koulibaly
Tavallud sanasi 20-iyun 1991-yil (1991-06-20) (32 yosh)
Tavallud joyi Saint-Dié-des-Vosges, Fransiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi himoychi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2003 Saint-Dié
2003—2006 Metz
2006—2009 Saint-Dié
2009—2010 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Metz II 31 (2)
2010—2012 Metz 41 (1)
2012—2014 Genk 64 (3)
2014—2022 Napoli 236 (13)
2022— Chelsea 9 (1)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Fransiya U20 11 (0)
2015— Senegal 67 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Faoliyatining boshida Kalidou Koulibaly oʻzining „Saint-Dié“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Fransiya havaskorlar chempionatida 2 mavsumni ushbu klubning asosiy jamoasida oʻtkazgan. Shundan keyin 2009-yil 1-iyulda „Metz“ professional futbol klubining yoshlar akademiyasi jamoasiga qoʻshilgan.

2012-yil 29-iyun kuni Kalidou Koulibaly Belgiyaning „Genk“ jamoasiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan. 2012-yilning 23-avgustida Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida UEFA Yevropa ligasi doirasidagi „Luzern“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan. 26-avgust kuni „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 23-dekabr kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida ilk golini urgan. 2013-yilda Kalidou klubga Belgiya kubogini yutishda yordam bergan.

2022-yilning 16-iyulida u Angliyaning „Chelsea“ futbol klubiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilgan. 6-avgust kuni „Everton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Angliya premyer ligasida debyut qilgan. 14-avgust kuni „Tottenham“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly „Chelsea“ safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati

2011-yilda Kalidou Koulibaly Fransiya yoshlar terma jamoasining Kolumbiyadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun arizasiga kiritilgan. Turnirda u Kolumbiya, Janubiy Koreya, Mali, Nigeriya, Portugaliya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Kalidou Koulibaly oʻzining vatani Senegal terma jamoasida oʻynash taklifini olgan va uni qabul qilgan. 8-sentyabr kuni Janubiy Afrikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan.

2017-yilda Kalidou Koulibaly Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Zimbabve, Tunis va Kamerun terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilning may oyida Kalidou Koulibaly Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga chaqirilgan. Turnirda senegalliklar saralash bosqichining barcha uchta o‘yinini Polsha terma jamoasi, Yaponiya terma jamoasi va Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan, ammo yakunda Senegal turnirdan chetlashtirilgan.

2019-yilda Kalidou Koulibaly ikkinchi marta Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Tanzaniya, Jazoir, Keniya, Tunis, Benin va Uganda terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2022-yil 11-noyabrda u Senegal terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibga kiritilgan. 2022-yilning 29-noyabr kuni guruh bosqichining uchinchi o‘yinida Ekvador terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk golini kiritgan.

Statistikasi

Jamoa Mavsum Liga kubogi Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol
F. C. MetzKalidou Koulibaly  Fransiya 2010—2011 19 1 2 0 21 1
2011—2012 22 0 3 0 25 0
Jami 41 1 5 0 0 0 46 1
K. R. C. GenkKalidou Koulibaly  Belgiya 2012—2013 31 1 6 0 9 0 46 1
2013—2014 33 2 4 0 9 0 46 2
Jami 64 3 10 0 18 0 92 3
S. S. C. NapoliKalidou Koulibaly  Italiya 2014—2015 27 1 3 0 9 0 39 1
2015—2016 33 0 2 0 7 0 42 0
2016—2017 28 2 2 0 8 0 38 2
2017—2018 35 5 2 0 8 0 45 5
2018—2019 35 2 2 0 11 0 48 2
2019—2020 25 0 2 0 7 0 34 0
2020—2021 26 0 4 1 7 0 37 1
2021—2022 23 2 0 0 7 0 30 2
Jami 232 12 17 1 64 0 313 13
Chelsea F. C.Kalidou Koulibaly  Angliya 2022—2023 9 1 1 0 4 0 14 1
Jami 9 1 1 0 4 0 14 1
Umumiy faoliyatida 346 17 33 1 86 0 465 18

Manbalar

Tags:

Kalidou Koulibaly Klublardagi faoliyatiKalidou Koulibaly Xalqaro faoliyatiKalidou Koulibaly StatistikasiKalidou Koulibaly ManbalarKalidou KoulibalyFransiyaFutbol

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Futbol maydoniXorazmshohlar davlatiBogʻlovchiToʻqimaIshlab chiqarish samaradorligiOʻrxun-Enasoy obidalariOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiNamozDinYosin surasiOperatsion tizimlar tarixiTexnologiyaMikrobiologiyaMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMisOshqozon-ichak kasalligiXiva xonligiLotin alifbosiReklamaImomi AʼzamUslubTutash idishlarQon guruhlariBezgakOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiMetrFutbolAralash ta’limKonfutsiylikChumolilarXristianlikBosh miyaUNESCOOvqatlanish gigiyenasiSifatChingizxonTelegramAbdulla OripovAstronomiyaGastritReflekslarEtikaDunyoning yetti moʻjizasiAxborot xavfsizligiShimoliy AmerikaOg'irlik o'lchov birliklariTarixiy obidalarVikipediyaQalqonsimon bezIssiqlik almashinishTerminologiyaBaqara surasiAntibiotiklarShokIqtisodiyotTaqlid soʻzlarAmir TemurBirinchi yordamMarkaziy OsiyoShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiTogʻ jinslariOʻrta OsiyoYupiterHissiyotDarslikU2NavroʻzSoʻzakMusiqaQutadgʻu biligAleksandr PushkinFotorezistorBetonOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiElektrokardiogrammaKommunikatsiyaGulxaniyVitaminlarOʻzbekiston siyosiy partiyalari🡆 More