Hasharotxoʻrlar

Hasharotxoʻrlar (Insectivora) — sut emizuvchilar turkumi.

Eng qad. va tuban tuzilgan yoʻldoshlilar. Boʻr davrida paydo boʻlgan. H. barcha yoʻldoshlilarning ajdodlari boʻlishi ham mumkin. Koʻpchilik H. besh barmoqda, tovonda yuradi. Tishlari yaxshi ixtisoslashmagan, bosh miyasining hidlov boʻlaklari kuchli rivojlangan. 6 oilasi: tipratikanlar, tenreklar, tilla krotlar, yoriqtishlilar, yerqazarlar, sakrovchilar mavjud. Ayrim zoologlar vixuxolsimonlar, vidrasimon yerqazarlar, tupayyasimonlarni ham ana shu turkumga kiritishadi. Avstraliya, Janubiy Amerikaning koʻp qismi, Antarktida va Grenlan-diyadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda tipratikanlar va yerqazarlar oilalariga mansub 6 turi: qora ignali tipratikan, quloqdor tipratikan, mitti oqtish, ola putarak, kichik oqtish, oq qorin oqtish tarqalgan. Koʻpchilik H. shomda faollashadi. H. oʻrmon xoʻjaligiga ziyon keltiradigan umurtqasiz hayvonlarni qirib foyda keltiradi. Ayrim turlari ovlanadi. 8 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.




Tags:

Oila (biologiya)OqtishlilarOʻrmon xoʻjaligiQizil kitobSut emizuvchilarTipratikanlarTupayyalarTurkumUmurtqasizlarVixuxollarYoriqtishlilar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ObligatsiyaChigʻatoy ulusiJack LondonMazhabQuyoshDoʻstlikTerrorizmKompyuter grafikasiMalayziyaMahalliy davlat hokimiyati organlariParonimlarInnovatsiyaQadimgi YunonistonSamarqandning Rossiyaga qoʻshib olinishiVaboPulXorazm Maʼmun akademiyasiKimyoviy muvozanatOrttirilgan immun tanqisligi sindromiDorivor oʻsimliklarTemirbeton konstruksiyalarTeriBor postulatlariKalla suyagiDavlatlar roʻyxatiRus tiliChilla davriOmbudsmanKanishka IKoreya RespublikasiProtsessorTurk xoqonligiEmotsiyaMarketingAnvar ObidjonNutqTurkmanistonUglevodlarAnafilaktik shokOʻzbek tiliInternet tarixiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiDifferensial tenglamaXorazmBosh SahifaMadaniyatMatnMediasavodxonlikBemorni parvarish qilishGerontopsixologiyaQoʻshma gapAQSHda taʼlimTennisPublitsistikaFalsafiy antropologiyaSuyak sinishiQisqartma soʻzlarSaylovHamid OlimjonOʻzbekiston — Indoneziya munosabatlariBayerische Motoren Werke AGKino sanʼatiDarsLoyihaFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiIshlab chiqarish harajatlariFurqatYonsei universitetiOrol dengiziJismoniy mashqlarRadioaktiv parchalanishKoʻp nuqtaMinetMisrXaritaDaun sindromiSaid AhmadQutb yogʻdusi🡆 More