Georges Bizet

Georges Bizet (talaffuzi: Jorj Bize; 1838.25.10, Parij — 1875.3.6, Bujival) — fransuz kompozitori.

Parij konservatoriyasini tamomlagan (1857). Operetta, kantata, xor, kamervokal va fortepiano musiqasi, simfoniya va orkestr syuitasi, komik va lirik operalar va boshqa janrlarda ijod qilgan. B. fransuz mumtoz musiqasi anʼanalari bilan boshqa xalqlar folklorining jonli ohanglarini chambarchas bogʻlab, oʻziga xos uslub yaratgan. Sharq mavzusiga bagʻishlangan "Marvarid izlovchilar" (1863), "Pert goʻzali" (1866), arab xalq kuylaridan ijodiy foydalanib yozilgan "Jamila" (1872) operasi, "Arlezian qizi" spektakliga yozgan musiqalari mashhur. Optimistik fojia harakteriga ega boʻlgan "Karmen" operasi (1974, P. Merime novellasi asosida) B. ijodining hamda fransuz realistik operasining choʻqqisidir. B. kuylaridan foydalanib, rus kompozitori R. Shchedrin mashhur "Karmensyuita" baletini (1967, A. Alonso librettosi) yaratgan. B.ning "Karmen" va "Marvarid izlovchilar" operalari Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatrida sahnalashtirilgan.

Georges Bizet
Tavalludi 25-oktyabr 1838
Vafoti 3-iyun 1875
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Adolphe Armand Bizet
Onasi Aimée Léopoldine Joséphine Delsarte Anaya

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OntogenezMantiqGʻuslIchki sekretsiyaHikoyaKompozitsiyaMeʼdaGimnastikaSuvni tozalashOrol dengiziMuhammadBahorJismoniy mashqlarVoleybolYozuvHayvonlarAbu Ali ibn SinoOsiyoKlinik qon tahliliParhez bilan davolashHayzInflatsiyaMultimediaIslom tarixiInformatikaOʻzbek lotin alifbosiMikroskopNafas olish tizimiBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaSimmetriyaQoʻshilgan qiymat soligʻiTermodinamikaning ikkinchi qonuniGazlangan suvBakteriyalarKonstitutsiyaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBurjBraziliyaOsiyo davlatlari roʻyxatiDinning funksiyalariIkki eshik orasiIqtisodiyotLotin amerikasiUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikTemir yoʻl transportiDasturiy taʼminotOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariArab xalifaligiFacebookBirinchi jahon urushiLugʻatQoʻshma gapTakbirHujayraOyTurkiyaSonlar roʻyxatiBiznes rejaMicrosoft WordAvtomobilGenetikaKuyishKapalaklarSoʻmXamsaTilshunoslikSubstansiyaQon yaratilishiSuvMedia madaniyatiNamozKubik metrTafakkurHindistonObrazOʻzbekiston Mustaqilligi kuniVabo🡆 More