Galley Kometasi

Galley kometasi — dumli yulduz.

Ingliz olimi E. Galley 1705-yilda kashf qilgan va uning Quyosh sistemasi aʼzosi ekanligini isbotlagan. Kometaning Quyosh atrofida aylanish davri taxminan 76 yilga teng. 1910 va 1986-yillarda Quyoshga yaqinlashganida avvaldan tuzilgan bir qancha xalqaro dasturlarga muvofiq kuzatuv ishlari olib borildi. 1910-yilda Quyoshga yaqinlashishida uning dumi 140° boʻlib, Yer shari uning dumi orasidan oʻtgan boʻlishi kerak, orbitasining ekssentrisiteti 0,967, perigeliyda Quyoshdan uzoqligi 0,6 astronomik birlikka teng. Quyoshga har gal yaqinlashganida ilgarigiga qaraganda xiraroq koʻrinadi. 1986-yilga yaqin kelishida ham 1910-yildagiga qaraganda 2— 3 marta xiraroq edi. Shunga qaramay, oddiy teleskopik kuzatishlardan tashqari G.k.ga sobiq Ittifoq ("Vega-1", 1986.6.3, "Vega-2", 1986.9.3), AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya ("Jotto", 1986.14.3)dan maxsus kosmik apparatlar uchirilib, G.k. yaqinida har tomonlama tekshirishlar olib borildi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Vose qoʻzgʻoloniOyat al-KursiVikipediyaNobel mukofotiAbdulla AvloniyOʻzbekistonAmper qonuniRus tiliGermaniya ta'lim tizimiSamarqandning Rossiyaga qoʻshib olinishiBiosferaAniqlovchiKimyoviy elementlar davriy sistemasiGeografiyaDramaAseptikaHuquqUrgʻuFaoliyatBogʻlovchiHolMateriyaQobusnomaChala tugʻilgan bolaMuhammad YusufJinsiy hayotIshlab chiqarish harajatlariStressAminokislotalarDezinfeksiyaJarohatSomoniylar davlatiToʻplam (matematika)PunktuatsiyaBotir QodirovKompyuter grafikasiInfeksion kasalliklarMustaqillikInflatsiyaMuhammad ShayboniyMantiqiy amallarNutq madaniyatiOʻtkan kunlarEgaAtomFotiha surasiDunyo moʻjizalariYaxlitlashAQSh dollariBuyuk fashistik kengashAzotQobiliyatJigarOrganik kimyoKistaGoogleToʻgʻri toʻrtburchakJizzax viloyatiSportFutbol tarixiPublitsistikaQon guruhlariLazerSharq falsafasiFacebookMineral oʻgʻitlarBasketbolRobototexnikaSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiOgahiyTemur tuzuklariSanitariyaHujjatIkkinchi jahon urushiDispers sistemalarDavlatlar pul birliklari roʻyxatiFurqat🡆 More