Elegiya

Elegiya — 1) lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr.

E.ning asoschisi yunon shoiri Kallin (miloddan avvalgi 7-asrning 1-yarmi) hisoblanadi. Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon, Feognid, Fokilid va boshqalar E. yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan E.larda hayotdan qoniqmaslik, hasrat motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz E.larida emotsionallik, psixologizm, nazokat ortdi. Rus E.si 18-asrda paydo boʻddi va V. A.Jukovskiy, K.N. Batyushkov ijodida rivojlandi. A.S. Pushkin bu janr uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30ylar oʻzbek lirikasida E.ning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Hamzaning Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida E.ga xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, H.Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek E.sining eng yaxshi namunalarini yaratdilar; 2)musiqada — oʻychan, hazin, baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida 17-asrdan maʼlum (G.Pyorsell va boshqalar). Yuksak namunalarini J. Massne (ovoz, violonchel va fortepiano), M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P. Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S. Raxmaninov ("Elegik trio" va boshqalar), N. Metner (sonataE.si, fortepiano uchun), 20-asrda I.Stravinskiy, B.Bartok va boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M. Burhonov (violonchel va fortepiano uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel uchun) E.lari tanilgan.





Tags:

Aleksandr PushkinAleksey KozlovskiyBartok BelaChaykovskiy Pyotr IlichGlinka Mixail IvanovichJukovskiy Vasiliy AndreyevichMutal BurhonovRaxmaninov Sergey VasilyevichRomantizmStravinskiy Igor FyodorovichYunoniston

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TermodinamikaTogʻlarYupiterJanubiy Afrika RespublikasiUnli tovushlarOʻtkan kunlarKariyesMateriyaMaʼnaviyatBemorni parvarish qilish69 (jinsiy poza)Qoʻqon xonligiQuvvatMadaniyatMaʼlumotlar bazasiYaponiyada taʼlimMantiqRivojlanishDavlat byudjeti daromadlariSoliqNamangan viloyatiBayerische Motoren Werke AGElektromagnit induksiyaIchki sekretsiya bezlariTabiiy gazlarEmlashKonsepsiyaOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiItaliyaTemir yoʻl transportiMarjinalizmAbdulhamid ChoʻlponKompyuterEpistemologiyaDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiOʻzbekiston bayrogʻiYozuvMicrosoft WordKushon podsholigiFuqarolik jamiyatiMassaQon bosimini tushiruvchi moddalarInternet tarixiDavlatlar roʻyxatiMineral oʻgʻitlarSirdaryo (viloyat)Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiSaylov tizimiQonQadimgi RimDoʻstlikShaxmatDorivor oʻsimliklarHijriy yil hisobiYuridik shaxsIchan qalʼaSiyosiy huquq va erkinliklarErkin VohidovSkeletNATOXitoyMuhammadIlhaqAntiseptikaMazhabOngMetodologiyaYorugʻlikning qutblanishiAlpinizmChingiz AytmatovBronxitInson huquqlariVeb-sahifaOvqat hazm qilish tizimiMuhammad ShayboniyBuxoro viloyatiMuhammad XorazmshohKino sanʼati🡆 More