Film Diktator

Diktator (inglizcha: The Dictator) — Sacha Baron Cohen muallifligidagi komediya filmi.

2011—2012-yillarda bir qator arab mamlakatlaridagi norozilik namoyishlari tugagan paytda taqdim etilgan. „Paramount Pictures“ press-relizida film quyidagicha taʼriflanadi: „Shimoliy Afrika diktatorining oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyganligi haqidagi qahramonlik ertagi xolos, demokratiya hech qachon uning mazlum mamlakatiga kelmaydi. Film Kim Chen Irning yorqin xotirasiga bagʻishlanadi“.

Diktator
inglizcha: The Dictator
Film Diktator
Film posteri
Rejissyor(lar) Larry Charles
Prodyuser(lar)
  • Sacha Baron Cohen
  • Alec Berg
  • Anthony Hines
  • David Mandel
  • Scott Rudin
  • Jeff Schaffer
  • Todd Schulman
Ssenariynavis(lar)
  • Sacha Baron Cohen
  • Alec Berg
  • David Mandel
  • Jeff Schaffer
Rollarda
Bastakor(lar) Erran Baron Cohen
Kinematografiya Lawrence Sher
Muharrir(lar)
  • Greg Hayden
  • Eric Kissack
Studiya(lar) Four By Two Films
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 16-may, 2012-yil(2012-05-16)
Davomiyligi 83 minut
Mamlakatlar
Til ingliz tilida
Byudjeti $65 million
Daromadi $179.4 million

Mazmuni

Afrikadagi Vadiya nomli mamlakatning mutloq hukmdori Admiral-general Hafiz Alouddin oʻz davlatida xohlagan ishini qiladi. Uning tashabbusi bilan Vadiyada yadroviy dastur qabul qilinib, uni Isroilga qarshi qoʻllash haqida koʻrsatma beriladi. Nadal ismli yirik olim tomonidan yadro quroli yaratiladi, biroq bu qurol Alouddinga yoqmay, Nadal ishdan haydaladi. Alouddinning yadroviy dasturidan xavotir olgan AQSH maʼmuriyatiga javob tariqasida Alouddin Nyu Yorkda Birlashgan millatlar tashkilotining majlisida chiqish qilishi va yadroviy dastur ahamiyatini tushuntirishi kerak boʻladi. Nyu Yorkka kelgan zahotiyoq, Alouddin oʻz amakisi va bosh vazir Tamirning odamlari tomonidan oʻgʻirlab ketiladi. Alouddin tasodifan tuzoqdan qochib qutuladi va koʻchalarda daydib yurib, katta televizordan xuddi oʻziga oʻxshash, ammo oligofren odam Birlashgan millatlar tashkiloti majlisida qogʻozga yozib berilgan nutqni oʻqib berayotganini koʻrib qoladi. Nutqda Vadiya xalqiga demokratik konstitutsiya orqali demokratiya berilishi, tabiiy resurslarning eksportga yoʻnaltirilishi eʼlon qilinadi. Tamirning asl maqsadi davlatda „soyadagi hukmdor“ boʻlib, barcha narsaga egalik qilishdan iborat. Koʻchada qolgan Alouddin Zoe ismli sotuvchi qiz bilan tanishib qoladi. Zoe uni oʻzining oziq-ovqat doʻkoniga ishga oladi va ularning oʻzaro munosabatlari shakllanadi. Bu shaharda Alouddin oʻzi bir vaqtlar ishdan haydab yuborgan vadiyalik olim Nadalni uchratadi. Nadal va Alouddin birlashib, demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishini toʻxtatish rejasini tuzishadi. Reja muvafaqiyatli bajariladi. Alouddin konstitutsiyani yirtib tashlaydi, oʻziga suiqasd qilmoqchi boʻlgan amakisini hibsga oldiradi, biroq Vadiya xalqiga demokratiya berishni vaʼda qiladi. Film oxirida Alouddin va Zoe nikohlanishadi.

Rollarda

Aktyor Rol
Sacha Baron Cohen Alouddin hukmdor Alouddin
Anna Faris Zoe sotuvchi qiz Zoe
Ben Kingsley Tamir bosh vazir Tamir
Jason Manzukas Nadal olim Nadal

Manbalar

Tags:

Arab bahoriFilmIngliz tiliKim Jong-ilKomediyaParamount PicturesSacha Baron Cohen

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OntologiyaBozorReklamaRadioPaygʻambarOʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiMusiqaOʻtkan kunlarGepatit ADasturiy taʼminotIndividuallikSogʻliqni saqlashKitobAbbosbek FayzullayevAvtomobilBiosferaOilaImmunitetNavoiy viloyatiKompozitsiyaBadiiy gimnastikaHayvonlarGʻarb falsafasiVikipediyaBozor iqtisodiyotiga oʻtishInson skeletiMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliQitʼaGidrosferaMuloqotQon ketishiOila tarbiyasiDinVijdon erkinligiMilliy dinlarTopishmoqLeykotsitlarDeformatsiyaToʻldiruvchiLexUzJismoniy mashqlarInfeksion kasalliklarIntellektQurʼonArastuKorxonaXristianlikInflatsiyaMehnat muhofazasiQon guruhlariMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiSilIjtimoiy falsafaFizikaElektr kuchlanishQadimgi MisrGazlangan suvAseptikaRomanXorazmMantiqiy amallarAlbert EinsteinQissaOʻzMEQandli diabetDidaktikaTurkmanistonOʻlat27-martYunon falsafasiSezgiAhmad al-FargʻoniyDezoksiribonuklein kislotaDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiQon kasalliklariOng falsafasiQon gruppalariTemuriylar🡆 More