Dehli Tarixi

No issues specified.

Dehlining tarixi 8-asrda Tomar Rajputlar qirolligidan boshlanadi. Dehli – Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 11,7 mln. kishi (2007). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. D.da iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 31°, yanvar niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.

Dehli— mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shimolidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga temir yoʻl, avtomobil va havo yoʻllari ketgan. D.da 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. D. qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur. 1857 yilgi Hindiston qoʻzgʻoloni kompaniya boshqaruvini tugatishga harakat qildi va Bahodirshoh II ni Hindiston imperatori deb eʼlon qildi. Biroq, inglizlar tez orada Dehlini va ularning boshqa hududlarini qaytarib olishdi va qisqa muddatli qoʻzgʻolonni toʻxtatdilar. Bu Hindistonda toʻgʻridan-toʻgʻri Britaniya hukmronligining boshlanishini ham belgiladi. 1911 yilda Britaniya Hindistonining poytaxti Kalkuttadan Yangi Dehliga koʻchirildi, Dehlining oxirgi ichki shahri Edvin Lutyens tomonidan ishlab chiqilgan.

Dehlining eski qismi – Shohjahonobodda, meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari bilan, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 yillarda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. D.ning eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303 yilda qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-asr), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-asr oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 yilda qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 yildan boshlab) mavjud. Hindiston inglizlardan mustaqillikka erishgach, Yangi Dehli paydo etilgan va Hindiston Respublikasining poytaxtiga aylandi.

Dehli Tarixi
Shohjahonobodning tarixiy xaritasi (hozirgi Eski Dehli nomi bilan tanilgan), 1863 yil

Dehlining yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda „Hindiston Darvozasi“, markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta universitet, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

Chauhan Rajputs

Dehli Tarixi
Muzey va Dehlining ikkinchi shahri Qila Rai Pithora devorlarining qoldiqlari.

Eslatmalar

  • Agrasen ki Baoli
  • Dehli darvozalari
  • Mehrauli arxeologik bogʻi

Eslatmalar

Tashqi havolalar

Tags:

Dehli Tarixi Chauhan RajputsDehli Tarixi EslatmalarDehli Tarixi EslatmalarDehli Tarixi Tashqi havolalarDehli Tarixi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

DarsMoʻgʻullar davlatiMirzo UlugʻbekBadiiy asarSiydik ajratishJismoniy mashqlarOʻpka emfizemasiYurakKoʻchirma gapFoydali qazilmalarOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiKlinik qon tahliliOʻzbek tiliTerrorizmShialikKapalaklarQashqirlar makoniGerontopsixologiyaHujayraInnovatsiyaObrazFargʻona viloyatiMoliyaSulfat kislotaDispers sistemalarGenetikaMikrobiologiyaMassajQon bosimini tushiruvchi moddalarGipofizFransiyada ta'limOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiTermodinamikaning ikkinchi qonuniShaxmatRomanRobototexnikaMusulmon huquqiTransportJinsiy aloqaQuturishOila tarbiyasiBoborahim MashrabBahorFizioterapiyaMehrobdan chayonBadmintonShveysariyaYosin surasiQozogʻistonTrombotsitlarKanadaBalogʻatga yetishTovush (tilshunoslik)Ahmad YassaviyTadbirkorlikPsixikaInformatikaOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiXalq ijodiInflatsiyaQon aylanishiAxborot jamiyatiSomoniylar davlatiHarbiy unvonlarKoordinatsion birikmalarOʻqituvchiGlukozaOʻzbekistonda NavroʻzUNESCOZamburugʻlarKlaster metodiIqtisodiyot (fan)Soʻzning leksik maʼnosiAsr namoziMaktabgacha taʼlim69Miokard infarktiAvtomobil🡆 More