Daymyo

Daymyo — oʻrta asrlarda Yaponiyadagi yirik mulkdor knyazlar.

"D." istilohi 11-asrda paydo boʻlib, yirik mulkdorlarni anglatgan. 14—15-asrlardan 16-asr oxirigacha D.lar markaziy hokimiyatdan mustaqil boʻlishgan. Tokugava syogunlari hukmronligi davrida (1603—1867) mamlakat birlashtirilgandan soʻng , D.ga yerlarida olinadigan sholi hosili kamida 10 ming koku (1 koku = 150 kg) ga yetgan yirik mulkdorlar mansub boʻlishgan. Knyazliklar iqtisodiy va maʼmuriy siyosiy birliklar hisoblanib, ichki ishlarda D. toʻla hokimiyatga ega edi. Lekin xukumat D.lar ustidan har tomonlama nazoratni kuchaytirib, ularning yerlarini qisqartirgan. 1867—68-yillardagi tugallanmagan burjua inqilobidan soʻng , D. 1869—71-yillarda oʻz yerlaridan mahrum boʻlishgan, knyazliklar urniga prefekturalar barpo etilgan. D.larga katta pul miqdorida tovon tulangan, D.larning bir qismi yirik pomeshchiklarga (mulkdorlarga), ayrimlari — aksionerlar va sanoatchilarga aylangan. Saroy zodagonlari (kuge) bilan birga D.lar (1884-yilda) oliy zodagonlar — kadzokuni tashkil etgan, u 1890—1945-yillarda Yaponiya parlamentidagi perlar palatasida katta imtiyozlarga ega bulgan.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BiotexnologiyaKapalaklarRauf ParfiIshlab chiqarish harajatlariYorugʻlikDifteriyaAbdulla QahhorGepatit CMehrobdan chayonVenetsiya lagunasiDaun kasalligiItaliyaOIVLayli va MajnunIbrohimJismoniy madaniyatShimoliy AmerikaEvolutsiyaSaudiya ArabistoniMikroskopHarbiy unvonlarToshkent viloyatiRamazonAlisher NavoiyDavlatlarning telefon kodlariTeriAka-uka GrimmlarQozogʻistonGrammatikaFotiha surasiYosin surasiMahmudxoʻja BehbudiyOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiSarniSadriddin AyniyKislorodTurk xoqonligiStandartTafakkurTovarToshkent zilzilasiEronNodiraKaforatZilzilaMuhammadIsh haqiBehzod MusayevTemur tuzuklariDorivor oʻsimliklarAstronomiyaSaddi IskandariyShavkat UmrzoqovIroqBuyuk Ipak yoʻliMonopoliyaMemuarTranzistorAllergiyaAbbosbek FayzullayevGimnastikaEsse (asar)Avstriya Olimpiada oʻyinlaridaIspancha VikipediyaIndoneziyaSinfdan tashqari ishlarGloballashuvXotiraSuraDavlatlar roʻyxatiEkologik muvozanatHissiyotOʻsishAsosiy fondlarBoburAxborot xavfsizligiGenlarning oʻzaro taʼsiriHasharotlarYusuf Xos Hojib🡆 More