Cristiano Ronaldo Muzeyi

Cristiano Ronaldo muzeyi yoki CR7 muzeyi (portugalcha: Museu CR7; talaffuzi: Krishtinau Ronaldu muzeyi) — Portugaliyaning Madeyra orolidagi Funshal shahrida joylashgan va portugaliyalik futbolchi Cristiano Ronaldoga bagʻishlangan muzey.

U mahalliy Unian Madeyra futbol jamoasining rasmiy homiysi. Muzey tepasida mehmonxona joylashgan. Muzey oldida braziliyalik haykaltarosh Rikardo Velosa tomonidan yasalgan Cristiano Ronaldoning bronza haykali mavjud.

Cristiano Ronaldo muzeyi
Museu CR7
Museu CR7 Funchal 2016.JPG
Asos solingan sana 15-dekabr, 2013-yil (10 yil avval) (2013-12-15)
Joylashuvi Se, Funshal, Madeira, Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Direktor Ugu dos Santos Aveiro
Sayt Muzey sayti

16°54′49.86″W / 32.6440889°N 16.9138500°W / 32.6440889; -16.9138500 G O

Tarixi

Muzey 2013-yil 15-dekabrda ochilgan. Ochilish marosimida Madeyra mintaqaviy hukumati prezidenti Alberto João Jardim, futbolchilar Pepe va Emilio Butragueno, murabbiy Paulo Bento va model Irina Sheyk ishtirok etdi. Keyinchalik muzey oldida Krishtianu Ronalduning bronza haykali oʻrnatildi.

2016-yil 6-iyun kuni muzey, loyihasi Portugaliyaning Pestana Group sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorligida yaratilgan, qurilayotgan mehmonxona ostida joylashgan oʻsha hududdagi kattaroq binoga koʻchdi. Mehmonxonaning rasmiy ochilish marosimi 2016-yil 1-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Ronaldoning oʻzi, shuningdek, Portugaliya prezidenti Marcelo Rebelo de Sousa va Pestana Group prezidenti Dionisiu Pestana ishtirok etdi. Mehmonxona joylashgan maydon uning ochilishida Cristiano Ronaldo sharafiga oʻzgartirildi.

Eksponatlar

Muzeyda sportchining fotosuratlari va videolari, mum haykallari, shuningdek, Cristianoning „Andorinha“, „Nacional“, „Sporting CP“, „Manchester United“, „Real Madrid“, „Juventus“, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi kabi jamoalar tarkibida yoshlar va professional darajada olgan barcha mukofotlari namoyish etilgan.

Manbalar

Tags:

Cristiano RonaldoFunshalMuzeyPortugal tiliPortugaliya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AvestoAbdulla AvloniyIssiqlik elektr stansiyalariTojikistonQazo namoziRadioaktiv parchalanishFutzalXorazmUfq (trilogiya)Orttirilgan immun tanqisligi sindromiIshlab chiqarish harajatlariMuhammad YusufOʻzbekiston viloyatlariChingiz AytmatovAminokislotalarOrqa miyaXarajatlarYosin surasiQon guruhlariDispers sistemalarInsonparvarlikAmudaryoFoydali qazilmalarBaqara surasiAleksandr PushkinForobiyQogʻozVaqtOdamPsixikaJahongir OtajonovMustaqillikBrauzerInsoniylikKriptovalyutaYurakAndijon viloyatiGigiyenaAbulfayzxonXamsaOsiyo davlatlari roʻyxatiSodda gapStenokardiyaDasturiy taʼminotYurak-tomir sistemasi kasalliklariAzot oksidlariHinduiylikDavlatlar roʻyxatiDialektikaKonfliktBoʻlinish alomatlariOilaNurlanishSayyoraMuskullarFutbolErtakValyuta intervensiyasiBirinchi yordamSut emizuvchilarKorrupsiyaHanafiylikQirgʻizistonYaxlitlashFrilanserWolfgang Amadeus MozartOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiGandbolQarilikGulOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiHindistonTurkiston muxtoriyatiOltinBorliqYurak ishemik kasalligi🡆 More