Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining pochta va pochta markalari tarixi — 1920-yildan 1924-yilgacha bo‘lgan davr, yaʼni Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) o‘z pochta aloqasiga ega bo‘lib, oʻz ehtiyoji uchun maxsus pochta markalari chiqargan davrni o‘z ichiga oladi.

Pochtaning rivojlanishi

BXSR 1920-yil 2-sentyabrda Qizil Armiya yordami bilan amir hokimiyatini agʻdargan xalq qoʻzgʻolonidan soʻng Buxoro amirligi hududida 1920-yil 8-oktyabrda tashkil topgan.

Bir qator viloyatlarda (tumanlarda) doimiy pochta aloqasi muassasalari mavjud emasligi sababli respublika hukumati ot-pochta xizmatini tashkil qilgan.

Sovetlarning 1924-yil 19-sentyabrda boʻlib oʻtgan Beshinchi Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. 1924-yil 27-oktyabrda Oʻrta Osiyo Sovet respublikalarining milliy-maʼmuriy chegaralanishi natijasida BXSR tugatilib, hududiy jihatdan yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston SSR, (1929-yildan — Tojikiston SSR) va Turkmaniston SSR tarkibiga kiritilgan.

Pochta markalarining chiqarilishi

1923-yildan 1925-yil fevraligacha Buxoro shahar pochtasining pochta markasi sifatida toʻrt nashr chiqarilgan mahalliy davlat (fiskal) markalari ishlatilgan.

1924-yil avgust-sentyabr oylarida BXSR viloyatlari oʻrtasida ot pochtasi orqali aloqa qilish uchun uch nominaldagi pochta markalari chiqarilgan — 1 rubl (oq qogʻoz, Kalon minorasi tasviri bilan), 3 rubl (kulrang qogʻoz, Miri Arab madrasasining tasviri tushirilgan) va 5 rubl (kulrang qogʻoz, bezakli). Markalar Buxoroda litografik bosma usulida bosilib, teshikli (chiziqli teshilish hajmi 11½), yelimli yoki yelimsiz chop etilgan. Belgilangan qoidalarga koʻra, BXSR pochta markalaridan faqat respublika hududida foydalanish mumkin boʻlgan.

10, 15, 25, 50 va 75 rubllik nominaldagi BXSR pochta markalari, ular haqida maʼlumot F. G. Chuchina tomonidan tahrirlangan katalogda keltirilgan. Bu katalogda faqat nashr qilish rejalashtirilgan markalar joy olgan, lekin ular tirajga kirmagan.

Yana qarang

  • Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
  • Oʻzbekiston pochta aloqasi va pochta markalari tarixi
  • Xorazm Xalq Sovet Respublikasining pochta va pochta markalari tarixi

Manbalar

Havolalar

Tags:

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi Pochtaning rivojlanishiBuxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi Pochta markalarining chiqarilishiBuxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi Yana qarangBuxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi ManbalarBuxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi HavolalarBuxoro Xalq Sovet Respublikasining Pochtasi Va Pochta Markalari Tarixi19201924Buxoro Xalq Sovet RespublikasiPochta markasiPosta

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Maʼlumotlar bazasiTurkiyaTib qonunlariIboraOrol dengiziTarbiyaItShavkat MirziyoyevReklamaQon guruhlariQoʻqonBritaniya imperiyasiYevropaIslom KarimovQissaAngliyaSodda gapIdrokUmmon SultonligiSezgiJinsiy aloqaOila tarbiyasiOʻlmas Umarbekov28-martTasavvufFIFA Jahon Chempionati 2022Qoʻshilgan qiymat soligʻiAnafilaktik shokIsroilUndosh tovushlarAvestoQoʻshma soʻzlarArslonBorliqAdobe Spark VideoXristianlikParlamentFinancial TimesMagnetik rezonans tomografiyaMetodUrgʻuYevgeniy OneginBuxoro viloyatiBoborahim MashrabTushunchaGlobal muammolarOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiSonlar roʻyxatiQadriyatMuomala madaniyatiToshkent viloyatiHolKreditDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiMuqaddas kitoblarSumalakAniqlovchiXorazm viloyatiLeksikologiyaKitobMoliya tizimiBachadonMotivatsiyaHanafiylikIchki sekretsiyaFiqhAbu Ali ibn SinoJeon JungkookMerkantilizmQitʼaItaliyaOlimpiada oʻyinlariHomiladorlikHalqumSuvchechakMagnit induksiyaKimyoviy elementlar davriy sistemasiXavfsizlik texnikasi🡆 More