Berdyansk

Berdyansk (1939–58 yillarda Osipenko) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1835-yildan).

Azov dengizi boʻyidagi port. Berdyansk stansiyasi. Aholisi 135 ming kishi (1999). "Azovkabel", "Yujgidromash", "Azovselmash" zavodlari bor. Shisha tola, neft moylari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, mashinasozlik, tokchilik va vinochilik texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari mavjud. Yozi quruq, issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°), qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4°), yiliga 380 mm yogʻin tushadi. Shahardan 5 km narida dengiz boʻyida balchiq bilan davolash va iklimiy kurort joylashgan. Kattalar va bolalar sanatoriysi, dam olish uylari ishlab turibdi. Berdyanskga 1827-yilda asos solingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sirdaryo (viloyat)MoliyaTalab va taklifFonetikaTragediyaQon bosimiToʻlepbergen QayipbergenovOʻzbekiston Mustaqilligi kuniOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiSamarqandJigar sirroziYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiOmonimlarQirgʻizistonOʻzbekiston yoʻl belgilariXulosa chiqarishOscar WildeAxborot texnologiyalariLudwig van BeethovenKuntugʻmishStressDavlatTeriBozor iqtisodiyotiga oʻtishMediasavodxonlikSpirtlarYogʻXorazmShaxsiy gigiyenaOziq-ovqat sanoatiOʻzbekiston tarixiTojikistonVenera (sayyora)Ovqat hazm qilishSodda gapJaloliddin ManguberdiRadioaktiv parchalanishInfeksion kasalliklarXorazm viloyatiShokMarketingBotir ZokirovJadidchilikDevonu lugʻotit turkOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiMahalliy davlat hokimiyati organlariSharq falsafasiAminokislotalarNerv sistemasiMarsQadimgi RimMuhammad XorazmshohAuditTerminOlmoshKlinik qon tahliliParonimlarOʻzgaruvchan tokQunut duosiImom al-BuxoriyAllergiyaOybekUsmoniylar davlatiUlugʻbek rasadxonasiBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaMagnit induksiyaOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariTexnologiyaHomiladorlikdan saqlanishBosimYuklamaKislorodKanadaFacebookMarkaziy OsiyoMadaniyatRaqobatJismoniy tarbiyaRossiyadagi ta'lim🡆 More