Baxtiyor Odilovich Saidov (tugʻ.
1981-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, elchisi va davlat arbobi. 2021-yildan 2022-yl soʻngiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.
Baxtiyor Odilovich Saidov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 30-dekabr 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Vladimir Norov |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri | |
Mansab davri 2021-yildan – 2022-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherzod Shermatov |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 22-aprel 1981-yil Samarqand viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Mukofotlari |
2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil yanvar oyida „Oʻzbekengilsanoat“ AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi boʻlib ishlagan. 2018-yil 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi bõlib ham ishlagan.
2021-yil 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Saidov nomzodini Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladi.
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.
Baxtiyor Saidov Xalq taʼlimi vaziri ekan, xalq taʼlimi xodimlarining 280 ming nafari, yaʼni 56 foiz qismining salohiyati talab darajasida emasligi haqida bayonot bilan chiqqan.
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yilda unga Tszyansi universiteti (Xitoy) faxriy professori unvoni berilgan.
2020-yilda ShHT Mudofaa vazirlari kengashi qarori bilan „Harbiy sohada doʻstlik va hamkorlik“ni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun kengash belgisi bilan taqdirlangan.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Baxtiyor Saidov, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.