AGP (ingliz tilidan olingan boʻlib, Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafik port degan maʼnoni bildiradi) — Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yil ishlab chiqilgan boʻlib, videokarta uchun moʻljallangan 32-bitli tizimli shina.
Intel Pentium MMX chipset MVP3, Super Socket 7 li MVP5 protsessorlarga moʻljallangan chipsetlar bilan bir vaqtda paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy vazifasi oʻrnatiladigan video xotira sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va videokarta narxini kamaytirish. Intel gʻoyasiga koʻra AGP-kart uchun katta hajmdagi video xotira kerak emas edi, chunki texnologiya umumiy xotiraga yuqori tezlikdagi kirishni koʻzda tutar edi.
Undan avval boʻlgan PCI shinadan farqi:
AGP modifikatsiyasi
Birinchi turi (AGP1.0 spetsifikasi) AGP 1x kamdan- kam ishlatiladi, chunki DME rejimida xotira bilan ishlashda kerakli tezlikni taʼminlab beradi, shundan soʻng darxol loyixalashda 1 ta taktda 2 ta maʼlumotlar blokini yuborish imkoniyati qoʻshildi, bu AGP 2x edi. 1998 yilda ikkinchi turi (AGP2.0 spetsifikasi) AGP 4x chiqdi, u bitta taktda 4 ta blokni qayta yuborishi mumkin edi va 1 gb/s atrofida oʻtkazuvchanlik imkoniyatiga ega edi. Kuchlanish darajasi odatiy 3.3 V oʻrniga 1.5 V gacha kamaytirildi. AGP 8x shinasi (AGP3.0 spetsifikasi) bitta taktda endi 8 ta blokni uxatadigan boʻldi, shu tariqa shinaning oʻtkazuchanlik qobiliyati 2 Gb/s ga etdi. Shuningdek standartga 2 ta videokartani (analog tarzda ATI Cross Fire, Nvidia SLI) qoʻllash imkoniyati kiritilgan edi, biroq ishlab chiqaruvchilar tomonidan bu imkoniyat ishlatilmadi. Zamonaviy videokartalar 40 Vt dan yuqori boʻlgan katta quvvatni talab qilar edi, AGP shina esa buni beraolmas edi. Shu tariqa qoʻshimcha mabba raz’yomlar mavjud boʻlgan AGP Pro spetsifikatsiya paydo boʻldi.
Xotiraga kirish imkoniyati
Soʻrovlar navbati
Maʼlumotlarni asosiy xotiradan videoxotira kartaga uzatish ikki etapda amalga oshiriladi, dastlab 64 bitli adres yuboriladi, u erdan maʼlumotlarni oʻqib olish kerak, soʻng maʼlumotlarni oʻzi uzatiladi. AGP shinasi uzatish ikki variantni koʻzda tutadi:
Rivojlanish
Xozirgi vaqtda AGP slotli ona platalari amalda chiqarilmayapti, AGP standart barcha gʻoyalari tezroq boʻlgan PCI Express tomonidan bozordan siqib chiqarildi. AGP standartning videokartalari kam miqdorda chiqarilmoqda va analogli PCI- E kartdan qimmatroq turadi („oʻtkazma — mikrosxema“ PCI — E AGP qoʻllanilishi uchun).
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Accelerated Graphics Port, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.