Abbreviatura

Abbreviatura (italiancha: abbreviature — qisqartma; lotincha abbrevio — qisqartiraman) —

1) lingvistikada: soʻz birikmalarini qisqartirib hosil qilingan soʻzlar:

  • birikma tarkibidagi soʻzlar birinchi harflari alifbo tartibida oʻqiladi yoki oddiy soʻz harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Masalan, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi);
  • murakkab qisqartma soʻzlar: soʻz birikmalari tarkibidagi soʻzlar birinchi harflaridan tashqari, ular maʼlum qismlari (morfemalari) olinib yasaladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, yurfak (yuridik fakultet);

2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlanishida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shartli notalashtirishda, nota chiziqlaridan soʻng qoʻshimcha chiziqlarni kamaytirishda qoʻllaniladigan belgilar. Abbreviatura partiturada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. Abbreviatura yordamida asarning nisbatan mustaqil, tugal qismi yoki qoʻshiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tuzilmalari takrori beriladi. Abbreviatura koʻp qoʻshimcha chiziqlardan xalos qilib, nota oʻqilishini osonlashtiradi. Musiqa bezaklarini ifodalashda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tags:

Lotincha

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

VolontyorStatistikaKislorod69 (jinsiy poza)Mantiqiy amallarNamangan viloyatiDeputatElektrokardiogrammaTezlikMerkuriySimmetriyaEtnopsixologiyaUchburchakTogʻlarAsrga tatigulik kunQushlarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliDin falsafasiXorazmKitobKubik metrYengil atletikaYevropa davlatlari roʻyxatiQuyosh tizimiYurak-qon tomir kasalliklariEronYevropaIrodaVoleybolBemorni parvarish qilishUmurtqa pogʻonasiKarbon kislotalarAksiyaSuyakSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiHaroratAbu Ali ibn SinoQalqonsimon bezUlugʻbek rasadxonasiEstetikaQobusnomaLoyihalashIngliz tiliGrammatikaInsoniylikGormonlarAmmiakUrgʻuNobel mukofotiLeksikografiyaOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiPaleolitKompyuter tarmogʻiInformatikaBronxitBaliqlarMicrosoft OfficeDavlat tiliArastuMadaniyatVatanOʻpkaAdaptatsiyaMuzeyAsosiy vositalarNavoiy viloyatiKompyuter grafikasiMarkaziy OsiyoBakteriyalarHijriy yil hisobiFoydaErtakMantiq falsafasiOlmoshVikipediyaIkki eshik orasiAmudaryoSamarqandFIFA futzal Jahon chempionati 2024🡆 More