5-Minute Crafts

5-Minute Crafts — bu TheSoul Publishing kompaniyasiga tegishli, asosan, DIY uslubidagi videolar yuklaydigan YouTube kanal.

2022-yil noyabr holatiga koʻra, 5-Minute Crafts youtubedagi 13-eng koʻp obunachiga ega sahifa. Kanal Facebookda ham obunachilar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallab turibdi. Sahifa Kipr Respublikasining Limasol shahridan turib yuritiladi.

5-Minute Crafts
YouTube maʼlumoti
Kanal
Yaratuvchi TheSoul Publishing
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Janr
Obunachilar 80.1 million
Jami koʻrishlar 26.2 milliard
5-Minute Crafts 100 000 ta obunachi 2017
5-Minute Crafts 1 000 000 ta obunachi 2017
5-Minute Crafts 10 000 000 ta obunachi 2017
5-Minute Crafts 50 000 000 ta obunachi 2019
Yangilangan 7-yanvar, 2023-yil

Video formati

5-Minute Craftsning YouTubedagi videolari avval Instagram yoki Facebookda joylangan videolar jamlanmasidir.

Kanal mazmuni asosan hunarmandchilik va life hackga oid videolardan iborat boʻlib, how-to formatida va vaqti-vaqti bilan ilmiy tajribalardan iborat. Kanal videolarida kamera obyektlar joylashgan stolga qaratiladi va kadrda faqat odamning qoʻllari paydo boʻladi va bu obyektlar yordamida kontent yaratiladi.

Tarixi

TheSoul Publishing rossiyalik tadbirkorlar Pavel Radayev va Marat Muxametov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 5-Minute Craftsdan oldin AdMeni ishga tushirgan va ijtimoiy media kontentini yaratish boʻyicha tajribaga ega jamoa edi. 2017-yil mart oyida Bright Side nomi ostida YouTube kanal ochdi. 5-Minute Crafts esa 2016-yil 15-noyabrda TheSoul Publishing tomonidan YouTube platformasida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Ertasi kuni kanalning birinchi „5 essential DIY hacks that you need to know“ nomli videosi yuklandi.

2017-yilda kanal obunachilari va videolarda koʻrishlar soni tez surʼatda oʻsishni boshladi. Mic media kompaniyasi tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan maqolada 5-Minute Crafts 4 milliondan ortiq obunachi toʻplagani qayd etilgan.

2017-yilning oktyabr oyidan boshlab 5-Minute Crafts global hisoblangan arab, nemis, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, niderland, italyan, rus va koreys tillarida videolar chiqarishdi boshladi.

2018-yil aprel oyida Tubefilter YouTubeda bahorgi tozalikni oʻz ichiga olgan videolarga oid trendni yoritib, 5-Minute Crafts ishtirokiga alohida toʻxtatilib oʻtdi.

Noyabr oyiga kelib, Vox 5-Minute Crafts oʻsha paytdagi 10 milliarddan ortiq video koʻrishlar va 40 million obunachi bilan YouTubedagi eng koʻp obunachiga ega beshinchi kanal sifatidagi reytingini taʼkidlab, „juda muvaffaqiyatli kanal“ deya taʼrifladi.

Kanal muvaffaqqiyatiga 2018-yil dekabr oyida bir hafta davomida videolari 238 milliondan ortiq koʻrilgani ham asos boʻla oladi.

2020-yil may oyida 5-Minute Crafts Pinterest da oʻzining birinchi ingliz tilidagi kanalini ochdi.

2020-yil iyul oyida 5-Minute Crafts Mattel bilan birga baʼzi kompaniyalar uchun hamkorlikda videolar oldi.

2021-yil noyabr oyida kanal YouTubeda oʻzining 5 yilligini nishonlayotganida kanalda 1,7 milliard soatdan ortiq tomosha va 21 milliard koʻrishlar soniga erishgan edi.

2021-yil 18-noyabrida Variety 5-minute Crafts oilasi YouTube Shorts boʻyicha 433 millionga yaqin koʻrishlar soni bilan eng yuqori kanal ekanligini izohladi.

2022-yil yanvar holatiga koʻra, kanal 75,4 million obunachiga ega boʻlib, YouTube tomonidan boshqarilmaydigan eng koʻp obunachiga ega boʻlgan oʻn birinchi kanal hisoblanadi.

DIY yoʻnalishiga koʻproq eʼtibor qaratgan holda, 5-Minute Crafts oʻz videolarini Pinterestda tarqatish uchun moslashtira boshladi. Faoliyatini ingliz, ispan va portugal tillarida yaratishdan boshlagan 5-Minute Craftsning Pinterest bilan qilgan bu hamkorligi The Drum Awards for the Digital Industries 2021 tomonidan eʼtirof etildi va „Best use of Pinterest“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Tanqid

Kanal noodatiy va potentsial xavfli life hacklari hamda klikbeytdan faol foydalanishi sababli tanqidga uchradi. Vox 5-Minute Crafts-ni „gʻalati“ deb ta’riflab, uning videolarini „hech kim takrorlay olmaydigan yoki takrorlamasligi kerak boʻlgan DIY videolar“ deb ta’rifladi va kanalning klikbeytdan koʻp foydalanayotganini tanqid qildi.

Mashable kanal videolarini „bemaʼni“ va ehtimol trollingning bir koʻrinishi deb taʼriflab, tuxumni sirkaga botirgandan soʻng chinor siropi uni „avvalgidan kattaroq“ qilishini koʻrsatadigan videoni ajratib koʻrsatdi.

BBCning Click nashri 5-Minute Craftsni „fake kitchen hacks“ videosi uchun tanqid qildi: videoda makkajoʻxori mikrotoʻlqinli pechda pishirilganda popkorn ishlab chiqargan videodagidek emas, balki boshoq faqat isitilganini aytgan edi.

How to Cook That YouTube kanali yurutuvchisi Ann Reardon 5-Minute Craftsni klikbeyt retsept kanallar roʻyhatiga qoʻshib, „pishirish olamining soxta yangiliklari“ deb taʼriflagan va kanaldagi bir nechta videolarini tekshirgan. Xususan, u „oq qulupnay“ hosil qilish uchun qulupnayni oqartiruvchi moddaga namlangani tasvirlangan videoni tanqid qilib, bunday qulpnayni yeyishi xavfli boʻlishini aytgan. Bunday tanqidlardan soʻng kanal bu mazmundagi videolar ishlashni toʻxtatgan.

Manbalar

Tags:

5-Minute Crafts Video formati5-Minute Crafts Tarixi5-Minute Crafts Tanqid5-Minute Crafts Manbalar5-Minute CraftsFacebookKipr RespublikasiLimasolYouTube

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Inson skeletiTemuriylar imperiyasiQoʻshilgan qiymat soligʻiJismoniy mashqlarKanishka IOʻpkaKoordinatsion birikmalarOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiKoʻkyoʻtalKonfutsiylikXalqaro terrorizmFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiInternetHayvonlarFransiyaQuyoshGimnastikaVaqtZotiljamNuqtaSanoatMadrasaVose qoʻzgʻoloniOptikaTushunchaOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiMuhammad XorazmshohMualliflik huquqiSinfdan tashqari ishlarReabilitatsiyaYurak ishemik kasalligiZulfiyaYaponiyada taʼlimVoleybolShaxsMutloq monarxiyaImmunitetBiosferaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniAbdulla QahhorAntonimlarSirdaryo (viloyat)Isʼhoqxon IbratTelegramAbortLoyihalashTovarIqtisodiyotQoraqalpoqlarAQSh dollariModdalar almashinuviAnemiyaStatistikaOʻzbekiston — Indoneziya munosabatlariGrammatikaIqtisodiyot nazariyasiKoʻzOperaGormonlarBorliqTranzistorOʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasiYurak-qon tomir kasalliklariElektrokardiogrammaAvstraliyaMorfologiyaQunut duosiAniqlovchiNafas olish tizimiMirzo UlugʻbekTasavvufAbdulla QodiriyMurat GöğebakanAflotunQirgʻizistonRivojlanishKanadaTebranishlarGʻaznaviylar davlati🡆 More