Ilya Chavchavadze

Ilya Grigoryevich Chavchavadze — gruzin yozuvchisi va jamoat arbobi.

Peterburg universitetida (1857—61) tahsil koʻrgan. 1861-yil vataniga qaytib, gruzin adabiyotidagi inqilobiydemokratik yoʻnalishga boshchilik qilgan. 1864-yildan eʼtiboran adabiy faoliyatdan tashqari, davlat va jamoatchilik muassasalarida ham xizmat qilib, 1861-yil islohoti tufayli dvoryanlar va dehqonlar oʻrtasidagi munosabatni muvofikdashtirish ishlari bilan shugʻullangan. Uzok, yillar gruzinlar oʻrtasida savodxonlikni tarqatish jamiyatiga rais, "Iveriya" gaz.ga muxarrir (1877— 1902) va gruzin dramaturglari jamiyati hayʼatiga rahbar (1879-yildan) boʻlib ishlagan. 1906-yilda esa Davlat kengashiga aʼzo etib saylangan. Ch. Tbilisidan Saguramoga ketayotganida chor oxrankasi josuslari tomonidan uldirilgan.

Ilya Chavchavadze

Chavchavadze ijodi 19-asrning 50-yillarida boshlangan. "Roʻyo" (1859), "Bir necha manzara yoki Qaroqchi hayotidan bir lavha" (1860) dostonlari va "Faqir kishining hikoyasi" (1859—62), "U ham odammi?" (1859—63), "Otarning bevasi" (1880) qissalarida Ch. fuzin jamiyatidaga sinfiytabaqaviy ziddiyatlarni, mehnatkash xalq haq-huquqlarining poymol qilinganini aks ettirgan.

Tabiat tasviriga bagʻishlangan "Kvareli togʻlariga" (1857) singari ayrim sheʼrlarni istisno qilganda Ch.ning poetik asarlarida ham vatanparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan. Shoirning xalq ijodi asarlari syujeti asosida yozilgan "Darvesh" (1883) dostonida inson jamiyatda yashashi va shu jamiyatni takomillashtirish yoʻlida mehnat qilishi lozim, degan fikr olgʻa surilgan. Gruzin adabiy tilini xalqqa yaqinlashtirish va gruzin adabiyotida realistik tasvir teranlashuvida Ch.ning xizmatlari katta. Asarlari koʻplab tillarga tarjima qilingan. Shoir Matsminda togʻi (Tbilisi)dagi gruzin adabiyoti va madaniyati arboblari panteoniga dafn etilgan.

Manbalar

  • Stixotvoreniya i poemi, Leningrad, 1979.




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

HayvonlarOntogenezJaloliddin ManguberdiImom al-BuxoriyGloballashuvKonsepsiyaBuyuk ozodlik xartiyasiXufton namoziBoborahim MashrabAntropogen omillarMinorai KalonUlugʻbek madrasasi (Samarqand)Wolfgang Amadeus MozartAlbert EinsteinSaturnXristianlikNarkozElektronXivaNodiraGʻaznaviylar davlatiDiniy ekstremizmTremorGerontologiyaEmailOt (soʻz turkumi)Inson va fuqaroning huquq va erkinliklariYorugʻlikOʻzbek milliy akademik drama teatriOlmoshEnergiyaOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiOsiyo davlatlari roʻyxatiDasturiy taʼminotUyushiq boʻlaklarOʻsimliklarXiva xonligiUlugʻbek rasadxonasiOyFransiyaQonun (huquq)Ufq (trilogiya)MadaniyatMuloqotSanʼatKonusTovushFutbolBalandlikka sakrashMuzeyMuhammad Sodiq Muhammad YusufFermentlarKurashQadimgi MisrQogʻozBirlashgan QirollikXudoyberdi ToʻxtaboyevShaharSherali JoʻrayevYorugʻlik interferensiyasiHarakatOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiQonunPayvandlashFarmoyishMushukTogʻlarAzot oksidlariBiologiyaDavlat tiliSuyakQoʻshilgan qiymat soligʻiAxborot xavfsizligiQurʼonModdiy nuqtaYugurishMultimediaEpistemologiyaCristiano Ronaldo🡆 More