Yunnan — Xitoyning jan.gʻarbiy qismidagi provinsiya.
Maid. 436,2 ming km². Aholisi 41,4 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Kunmin shahri Provinsiya Yunnan togʻligining katta qismini egallaydi. Iqlimi subtropik mussonli, janubida tropik iqlim. Yirik daryolari: Yanszi, Mekong, Saluin. Yu. mineral xom ashyo va gidroenergiya zaxiralariga boy. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Ekin maydonining 80%ga sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy, grechixa, kartoshka kabi oziqovqat ekinlari ekiladi. Yiliga 2 marta hosil yigʻib olinadi. Shuningdek, raps, yer yongʻoq, tamaki, choy, paxta, qand lavlagi va boshqalar tropik ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol va choʻchqa boqiladi. Ipakchilik rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Qalay, temir, mis va qoʻrgʻoshinrux rudalari, koʻmir qazib olinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, oʻrmon, kimyo, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Muhim sanoat markazi — Kunmin shahri.
Qad.da hozirgi Yu. hududida tay, li, myao va boshqalar xalqlar yashagan. 3—6-asrlarda turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 13-asrda moʻgʻullar bosib olgan va Yuan imperiyasi tarkibiga kirgan. 17-asrning 2-yarmidan Xitoy provinsiyasi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Yunnan, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.