Tom va Jerry — 1940-yilda William Hanna va Joseph Barbera tomonidan yaratilgan komediya janridagi Amerika qisqa hajmli filmlardan iborat boʻlgan animatsion seriali.
Serialdagi asosiy qahramonlar mushuk Tom va sichqon Jerry hisoblanadi.
Tom va Jerry | |
---|---|
Tom and Jerry | |
Tom va Jerry (1946–1954-yil) | |
Rejissyor(lar) |
|
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Scott Bradley (113 qism) Edward Plumb (1 qism) Steven Konichek (12 qism) Eugene Poddany (20 qism) Dean Elliott (8 qism) Carl Brandt (2 qism) Hoyt Curtin (16 qism) Yvette Blais va Jeff Michael (15 qism) Tom Worrall (39 qism) Gary Lionelli (26 qism) J. Eric Schmidt Tom Erba (26 qism) Vivek Maddala David Ricard John Van Tongeren Henry Mancini (film) |
Studiya(lar) | MGM Cartoons (Hanna-Barbera shorts) Rembrandt Films (Gene Deitch shorts) MGM Animation/Visual Arts (Chuck Jones shorts) |
Distribyutor | Metro-Goldwyn-Mayer |
Chiqarilgan sanasi | Fevral 1940-Noyabr 2014 |
Davomiyligi | 6-10 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Tom and Jerry 114 qismli qisqa hajmli filmlari, Hanna va Barbera tomonidan Metro-Goldwyn-Mayer hamkorligida 1940-yildan to 1958-yilgacha ishlab chiqarilgan.
Ushbu qahramonlar haqida koʻplab televizion seriallar ishlangan boʻlib, bular The Tom and Jerry Show (1975), The Tom and Jerry Comedy Show (1980—1982), Tom and Jerry Kids (1990—1993), Tom and Jerry Tales (2006-08) va The Tom and Jerry Show (2014-bugun) hisoblanadi. Toʻliq hajmli filmlardan esa ilk bor Tom and Jerry: The Movie filmi ishlangan va 1992-yilda chiqarilgan. Tom va Jerry’ning direct-to-video filmlar esa 2002-yildan boshlab bugungacha ishlab kelinmoqda va hozirda ularning soni 13 ga yetgan.
Tom, moviy tusdagi rus mushugi hisoblanib, uy egasi uchun ishonchli va sevimli uy mushugidir. Jerry — Tom bilan birga yashaydigan uyning kichik jigarrang sichqoni. Ularning feʼl-atvorlari: Tom gʻazablangan, xushbichim mushuk. Tom Jerry kabi aqlli, lekin u ovsarroq. Jerry esa ayyor va aqlli sichqonchadir. U Tomdan koʻra koʻproq aqlga ega. Jerry tez-tez Tom bilan jangida ustunlik qiladi, ammo Tom magʻlubiyatdan qochib qutula olmaydi. Shunga qaramay, u Jerryni charchagan holda qoʻlga olish rejalarini davom ettiradi. Tom yoki Jerry filmlarda umuman gaplashmaydi desa ham boʻladi. Biroq, baʼzi sahnalarda Tom mushuklarga qoʻshiq aytishini ham kuzatamiz. Tom qoʻshiq aytganda, uning tovushi taniqli fransuz aktyori Charles Boyerga oʻxshaydi.
Eng Yaxshi Qisqa Animatsiya uchun Akademiya Mukofoti:
# | Film | Premyera sanasi |
---|---|---|
1 | Tom and Jerry: The Movie* | 30-iyul, 1993 |
2 | Tom and Jerry: The Magic Ring | 12-mart, 2002 |
3 | Tom and Jerry: Blast Off to Mars | 18-yanvar, 2005 |
4 | Tom and Jerry: The Fast and the Furry | 11-oktabr, 2005 |
5 | Tom and Jerry: Shiver Me Whiskers | 22-avgust, 2006 |
6 | Tom and Jerry: A Nutcracker Tale | 3-oktabr, 2007 |
7 | Tom and Jerry Meet Sherlock Holmes | 24-avgust, 2010 |
8 | Tom and Jerry and The Wizard of Oz | 23-avgust, 2011 |
9 | Tom and Jerry: Robin Hood and His Merry Mouse | 28-sentabr, 2012 |
10 | Tom and Jerry's Giant Adventure | 6-avgust, 2013 |
11 | Tom and Jerry: The Lost Dragon | 2-sentabr, 2014 |
12 | Tom and Jerry: Spy Quest | 23-iyun, 2015 |
13 | Tom and Jerry: Back to Oz | 21-iyun, 2016 |
14 | Tom and Jerry: Willy Wonka and the Chocolate Factory | 11-iyul, 2017 |
TBA | Tom va Jerry* | 5-mart, 2021 |
(*) = Kinoteatrlardagi premyera
Wiki Commonsda Tom va Jerry mavzusiga oid fayllar bor. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Tom va Jerry, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.