Szyansi — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya.
Yanszi daryosining oʻng sohilida. Maydoni 164,8 ming km². Aholisi 41,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nanchan sh. Yer yuzasi markaziy va shim. kismida allyuvial pasttekislik, qolgan qismi togʻlik, eng baland joyi 1696 m. Iqlimi subtropik mussonli iqlim. Yillik yogʻin 1400–1700 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan. Iqgisodiyotida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, batat, dukkaklilar, paxta, jut, shakarqamish ekiladi. Sitrus mevalar yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Volfram, toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Toʻqimachilik, mashinasozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, qogʻoz sanoati korxonalari bor. S. qadimdan oʻzining chinni buyumlari bilan mashhur. Bu yerda Xitoyda eng katta chinni fabrikasi joylashgan. Daryolarida kema qatnaydi.
S. hududida mil. av. 7—4-asrlarda Si, Yue, Chu podshohliklari boʻlgan. Mil. av. 3-asrda Sin imperiyasi tarkibidagi Szyutszyan viloyati edi. 13-asrda Xitoyni moʻgʻullar bosib olgach, S. provinsiyasi tarkib topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Szyansi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.