Shofiʼiy

Shofiʼiy, toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofiʼiy (767, Falastin, Gʻazo shahri — 820, Qohira) — imom, shofiʼiylik mazhabining asoschisi, faqih.

Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan. Koʻp yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiydan va Madinada Molik ibn Anasdan taʼlim olgan. Imomi Aʼzamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bagʻdodda yaqin muloqotda boʻlib, unga shogird tushgan va shu yerda oʻz mazhabini tuzgan.

SH. bir qancha muddat goh Iroqda, goh Xijozda istiqomat qilgan. 815 yil Qohirada muqim turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome masjidida fiqhdan dars bergan. shahrining "Ar-Risola", 7 jildli "Al-Umm" asarlari islom olamida mashhur va shofiʼiylik ulamolari uchun zarur manba boʻlib xizmat qiladi. U oʻz asarlarida islom huquqini anʼanaviy normalar bilan bogʻlashga intilgan, fiqh asoslariga toʻla taʼrif bergan, ijmoʼdan foydalanishga alohida eʼtibor qaratgan. Sh., shuningdek, hadislar toʻplamini tuzgan, hadislarni taqqoslab oʻrganish toʻgʻrisida "Ixtilof al-hadis" asarini ham yozgan. Sh. qarashlari fiqh masalalari tugal ishlab chiqilishida oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi, bunda uning shogirdlari va izdoshlari Ahmad ibn Hanbal, Dovud az-Zohiriy, Abu Jaʼfar at-Tabariy va boshqalarning xizmati katta boʻldi.





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Saljuqiylar imperiyasiMehnat gigiyenasiZamzamQohira xalqaro aeroportiYer osti suvlariTermodinamikaning birinchi qonuniQon bosimiDorivor oʻsimliklarAxborot jamiyatiCristiano RonaldoOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiMaqolOrganik kimyoSoʻz birikmasiYunon falsafasiTadbirkorlikAntonimlarBjangiQashqadaryo viloyatiDidaktikaQizilchaQandli diabetRavishDaromadUltratovush tekshirish usuliBemorni parvarish qilishNutqJizzax viloyatiYalpi talabQoraqalpogʻistonArab tiliTemuriylar tarixi davlat muzeyiGepatit B viruslariPsixikaDemokratiyaDiniy ekstremizmAllergiyaUNESCORobototexnikaMuhammadOʻquv dasturiSiydik ajratishYurak-qon tomir kasalliklariSterilizatsiya (mikrobiologiya)Jigar sirroziFonologiyaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiAl-XorazmiySeks-ramzAflotunHarakatHujayraXamsaHolIqtisodiyotOʻzbekiston Mustaqilligi kuniGaymoritEtikaSugʻurtaTemirZaharlanishMirzo UlugʻbekBachadonYogʻArab alifbosiAminokislotalarSWOT tahliliMehnat muhofazasiAnal jinsiy aloqaParlamentOltinHomiladorlikHuqnaToʻplam (matematika)PsixoterapiyaAzotKushon podsholigiSportVijdon erkinligi🡆 More