Shifokor Qismati

Shifokor qismati (Koreyscha:닥터스;Dakteoseu) — Kim Rae-von va Park Shin-hye ishtirokidagi 2016-yil ishlangan Janubiy Koreya tibbiy dramasi.

U har dushanba va seshanba kunlari soat 22:00 da (KST) SBS telekanalida 2016-yil 20-iyundan 23-avgustgacha 20 qism efirga uzatilgan. Drama tezda mashhur boʻldi va tomoshabinlar reytingida oʻrtacha 18,40 % ni tashkil etdi. Parkning isteʼdodli shifokorga aylangan ogʻir tabiatli oʻspirin obrazi, harakatli sahnalari va ziddiyatli munosabatlari bilan film tomoshabinlar orasida juda mashhur boʻldi.

Shifokor qismati
Janri Tibbiy drama,Tibbiyotga oid,Drama film,Drama,Romantik film
Rejissyor Oh Choong-hwan
Ssenariynavis(lar) Ha Myung-hee
Rollarda
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til Koreys
Qismlar soni 20
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Han Jung-hwan
  • Kim Hee-yeol
Prodyuser(lar) Kim Jung-mi
Qism davomiyligi 60 minut
Studiya(lar) Pan Entertainment
Efirga uzatilishi
Telekanal SBS TV
Tasvir formati 1080i (HDTV)
Translyatsiya davri Boshlanish sanasi:2016.06.20 — Tugash sanasi:2016.08.23

Tahlili

Yu He-jung (Pak Shin-hye) oʻrta maktabda xarakteri qoʻpol boʻlgan jangari qiz edi. Bolaligidagi yaqinlaridan qolgan salbiy xotiralar sabab, Hye-jung yuragini boshqa odamlardan berkitadi. Biroq, uning hayoti taqdirini „umidsiz“ jinoyatchidan mehribon shifokorga aylantirishda muhim rol oʻynaydigan ustozi Xon Ji-hong (Kim Rae-von) bilan uchrashgandan soʻng oʻzgaradi. Ular oʻzlarining yaqin munosabatlari toʻgʻrisidagi toʻqima mish-mishlar sabab ajralishadi.13 yil oʻtib, Yu He-jung muvaffaqiyatli shifokor boʻlganidan keyin ularning taqdiri yana bogʻlanadi. Bu orada Yu He-jung koʻplab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi va malakali shifokor boʻlishga erishadi.

Rollarda

Asosiy

Xon Ji-hong

  • Kim Rae-von — Xon Ji-hong rolida
    • Gil Jung-vu — Xon Ji-hong bolaligi rolida
    • Lomon — oʻsmir Xon Ji-hong rolida
    Asrab olinishidan oldin tugʻilgan ismi Li Ji-hong boʻlgan Xon Ji-hong mehnatkash inson boʻlib, yoshligida ota-onasini avtohalokatda yoʻqotgan. U umri davomida bir shifokor tomonidan asrab olinadi va nufuzli tibbiyot maktabini tugatadi, shifokor sifatida ish boshladi. Biroq, u jarroh boʻlib ishlayotganida yuz bergan tibbiy baxtsiz hodisa sabab orqaga qaytishga majbur boʻladi va u biologiya oʻqituvchisi sifatida faoliyatini qayta boshladi. U oʻsmirlik davrida ogʻir hayot kechirgani uchun oʻsmirlarga, ayniqsa oʻquvchilariga gʻamxoʻrlik qiladi. Bu tufayli oʻz hayotida yangi bandni ochishga va maktabda qattiq ishlashga qaror qilganda, oʻquvchisi isyonkor Yu He-jung hayotiga qiziqib qoladi. Undan ajralganidan keyin uni sevib qolganini tushunadi. 13 yil oʻtgach, u va Yu He-jung kasbdosh sifatida uchrashib qolishadi. Yu He-jung ham Xong Ji- hong ishlaydigan shifoxonaga neyroxirurg boʻlib ishga kiradi.

Yu He-jung

    Yu He-jung malakali neyroxirurg. U oʻrta maktabda oʻzining ogʻir xarakteri bilan tanilgan bezori edi. Ogʻir bolalikni boshidan kechirgani sabab, u kimgadir ishonishi qiyin edi. U ishongan va sevgan yagona inson — bu buvisi. Uni doim qoʻllab quvvatlaydi. Biroq, uning hayotidagi maqsadini topishga yordam bergan oʻqituvchisi Xong Ji-hong bilan uchrashgandan keyin boshqalar haqidagi fikrlari oʻzgardi. Buvisining hohishi va uning tasodifiy vafoti sabab qiz shifokor boʻlishga qaror qiladi.
    Jung Yon-do
  • Yun Kyun-sang — Jung Yon-do rolida
    Jung Yun-do neyroxirurg, shuningdek, badavlat oilaning farzandi. U jamiyatdagi qoʻpolliklarni hushlamaydigan, tartibli shifokor. Biroq, u oʻz ishini qanday qilib qatʼiylik bilan bajarishni biladi. U oʻzidan juda farq qiladigan, har ishda uddaburon Yu He- jungni yoqtirib qoladi.
    Jin Seo-vu neyroxirurg. Yu He-jung bilan maktab davrida doʻst boʻlib, keyinchalik dushmanga aylanadi. Unga Xong Ji-hong yoqardi, lekin Xong Ji-hong va Yu He-jung oʻrtasidagi munosabatlar jiddiylashib borayotganini koʻrib, u ulardan jahli chiqadi va ajratib yuborish rejasini tuzadi. Bu oʻz navbatida ularning yoʻllarini ajralishiga sabab boʻldi. Oradan yillar oʻtib, Jin Seo-vu Xongni unutib, u Jung Yon-doni yaxshi koʻra boshlaydi, lekin Yun-doning He- jungga boʻlgan qiziqishi tufayli yana oʻzini He-jungdan pastroq his qiladi. Oxir-oqibat, u He-jung bilan yarashdi, u undan aqlliroq ekanligini tan oladi va ularning doʻstligini tikladi. Jin Seo-vu film soʻngida oʻzining doʻsti boʻlgan Yang-gukni sevib qoldi va ular birga boʻlishadi.

Qoʻshimcha rollarda

Xong Ji-xon atrofidagi odamlar

  • Li Xo-je — Xong Du-sik rolida — Ji-honning asrab olgan otasi va Gookil kasalxonasi boshligʻi
  • Yoo Da-in — Jo In-ju rolida — umumiy jarrohlik boʻyicha mutaxassis

Yu He- jung atrofidagi odamlar

  • Kim Young-e — Kang Mal-soon rolida — Xe-jungning buvisi
  • Jung He- kyun — Yu Min-ho rolida — Xye-jung va Yoo Naning otasi
  • Park Ji-a — Li Ga-jin rolida — He Jungning oʻgay onasi va Yu Naning onasi
  • Xan Bo-bae— Yu-na rolida — He-jungning kenja singlisi
  • Ji Su- kim — Su Cheol rolida (1, 2, 3, 5, 7-8-qismlarda) — He-jungning doʻsti
  • Mun Ji- in — Cheon Sun Xi rolida — He-jungning eng yaxshi doʻsti va yoshligida Seo-vuning doʻsti.

Jin Seo- vu atrofidagi odamlar

  • Jin Sung- jong — Seo-vu rolida — buvasi and Gookil kasalxonasining prezidenti
  • Um Hyo-sup— Jin Myung-hoon — Seo-vuning otasi va Gookil kasalxonasi direktori
  • Yoon Hae-young — Yoon Ji-young — Seo-vuning onasi

Gookil kasalxonasi odamlari

  • Jang Hyun-sung — Kim Tae-xo rolida — Gookil kasalxonasi direktorining oʻrinbosari va neyroxirurgiya boshligʻi
  • Kang Kyung — Jun rolida — Neyroxirurgiyaning 4-kurs shifokori
  • Bak Sung-hyun — Pi Yon- guk rolida — Neyroxirurgiyaning 3-kurs shifokori va Seo-vuning doʻsti
  • Jo Xyon-sik — An Jung-dae rolida — Neyroxirurgiyaning 2-kurs shifokori
  • Kim Min-seok — Choy Kang-su rolida — Neyroxirurgiyaning 1-kurs shifokori
  • Baek— Xo-min rolida— Umumiy jarrohlik boʻlimi boshligʻi va kasalxonaning jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼsul hodimi
  • Li Seon-ho — Jung Pa-ran rolida — umumiy jarrohlik oʻqituvchisi, Ji-Xongning doʻsti va Yun-doning amakisi
  • Choy Sung — jae-Hvanbo Tae-yang rolida — Umumiy jarrohlik boʻlimining 1-kurs shifokori
  • Pyo Ye-jin — Hyun Su-jin rolida — 5-kurs hamshira
  • Ji Yi-su — Yu Byul rolida — 2-kurs hamshira

Ishlab chiqarish

Shifokor qismati“ filmi 2010-yilda oʻtkazilgan „Broadcasting Content Promotion Foundation“ (BCPF) kompaniyasining 3-senariy tanlovi gʻoliblaridan biri boʻlgan Xa Myon-hi senariysi asosida yaratilgan. Keyinchalik Tug Hye- jung (Koreyalik), serial 2015-yilda KBS 2TV ning dushanbadan seshanbagacha boʻlgan asosiy vaqt oraligʻida „Healer“ filmi tugaganidan soʻng efirga uzatilishi koʻzda tutilgan. HB Entertainment dramada prodyuserlik qilishi kerak edi, PD esa rejissyor bilan muzokaralar olib bordi.

Birinchi senariy oʻqilishi 2016-yil 28-aprelda Janubiy Koreyaning Gyeonggi viloyati, Goyang shahridagi SBS „Ilsan Production Studios“ da boʻlib oʻtdi.

Serial 2003-yilda mashhur „Samoviy ishq“ filmida Xan Jung- suh va Cha Song- juning yoshlik davrlarini oʻynagan Park Shin Xe va Bak Sung- hyonni birlashtirdi. Shuningdek, u 2014-yilda mashhur „Pinokkio“ dramasida birga ishlagan Park Shin Xe va Yun Kyun-sangni yana birga sahnaga qaytardi.

AQSHda drama Los-Anjeles DMAda, dushanbadan seshanbagacha soat 21:00 da inglizcha subtitrlar bilan LA 18 KSCI-TV (18-kanal) Osiyo-Amerikaga yoʻnaltirilgan telekanalida 2016-yil 18-iyuldan 20-sentyabrgacha bepul efirga uzatildi.

Original sauntrekt

Sauntrektlar roʻyxati

Sarlavha Qoʻshiqchi Davomiylik
1. "No way" Park Yong-in & Kwon Sun-il 3:44
2. "Sunflower" Younha & Kassy 3:30
3. "That Love" Jung-yup 3:42
4. "You’re Pretty" Jungho 3:11
5. "Sun Shower" Se O (Jelly Kukie) 4:40
6. "School" Turli qoʻshiqchi 2:34
7. "From Me to You" Turli qoʻshiqchi 2:55
8. "Beautiful Lies" Turli qoʻshiqchi 2:09
9. "Chromatic Surgery" Turli qoʻshiqchi 4:08
10. "Doctor’s Memory" Turli qoʻshiqchi 1:52
11. "Healing Heart" Turli qoʻshiqchi 2:20
12. "Into the Time" Turli qoʻshiqchi 2:20
13. "Table Death" Turli qoʻshiqchi 2:06
14. "Pitter-Patter" Turli qoʻshiqchi 1:36
15. "Awake Surgery" Turli qoʻshiqchi 2:48
16. "Doctors in Love" Turli qoʻshiqchi 1:45

Reytinglar

Quyidagi jadvalda koʻk raqamlar eng past baholarni, qizil raqamlar esa eng yuqori baholarni ifodalaydi.

Efir sanasi Oʻrtacha auditoriya ulushi
TNmS AGB Nielsen
Butun mamlakat boʻyicha Seul Butun mamlakat boʻyicha Seul
1 20-iyun 2016-yil 11.4 %(4) 15.1 %(4) 12.9 %(4) 14.7 %(4)
2 21-iyun 2016-yil 12.4 %(4) 16.9 %(3) 14.2 %(4) 16.2 %(4)
3 27-iyun 2016-yil 12.8 %(4) 16.5 %(3) 14.4 %(3) 16.9 %(3)
4 28-iyun 2016-yil 14.6 %(3) 17.8 %(3) 15.6 %(3) 18.0 %(2)
5 4-iyun 2016-yil 16.1 %(3) 20.7 %(1) 18.4 %(3) 20.2 %(3)
6 5-iyul 2016-yil 16.8 %(3) 20.8 %(1) 19.7 %(3) 21.6 %(2)
7 11-iyul 2016-yil 18.4 %(3) 22.3 %(1) 18.8 %(3) 21.3 %(2)
8 12-iyul 2016-yil 17.8 %(3) 20.3 %(2) 19.2 %(2) 21.1 %(2)
9 18-iyul 2016-yil 16.8 %(3) 20.0 %(2) 19.4 %(3) 21.5 %(2)
10 19-iyul 2016-yil 17.2 %(4) 19.9 %(2) 19.3 %(2) 22.6 %(2)
11 25-iyul 2016-yil 17.2 %(3) 20.2 %(1) 19.2 %(3) 21.9 %(2)
12 26-iyul 2016-yil 18.2 %(3) 20.9 %(1) 18.7 %(3) 21.7 %(2)
13 1-avgust 2016-yil 17.6 %(4) 20.6 %(1) 18.5 %(3) 20.8 %(1)
14 2-avgust 2016-yil 17.2 %(3) 21.2 %(1) 19.6 %(2) 21.8 %(1)
15 8-avgust 2016-yil 20.0 %(3) 23.3 %(1) 21.3 %(2) 23.1 %(1)
16 9-avgust 2016-yil 18.4 %(2) 21.4 %(1) 20.6 %(2) 22.4 %(1)
17 15-avgust 2016-yil 20.6 %(2) 23.8 %(1) 20.8 %(2) 22.8 %(1)
18 22-avgust 2016-yil 16.2 %(4) 19.7 %(2) 17.8 %(4) 19.6 %(4)
19 16.1 %(5) 19.5 %(3) 19.5 %(3) 22.0 %(2)
20 23-avgust 2016-yil 17.9 %(3) 21.2 %(1) 20.2 %(2) 22.0 %(1)
Oʻrtacha 16.69% 20.11% 18.41% 20.61%

Mukofotlar va nominatsiyalar

Yil Mukofot Turkum Qabul qiluvchi Natija Mnb.
2016-yil "5- APAN Star" mukofotlari Bosh mukofot (Daesang) Kim Rae-von Nominatsiya
Park Shin-hye Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, mini-serialdagi aktyor Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, mini-serialdagi aktrisa Park Shin-hye Nominatsiya
Eng yaxshi yangi aktyor Yun Kyun-sang Gʻolib
Eng yaxshi juftlik mukofoti Kim Rae-von va Park Shin-hye Nominatsiya
9-Koreya Drama mukofoti Bosh mukofot (Daesang) Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi drama Shifokorlar Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, aktyor Jang Xyun-sung Gʻolib
Eng yaxshi mukofot, aktrisa Park Shin-hye Nominatsiya
1- Osiyo Artist mukofotlari Eng yaxshi rassom mukofoti, aktyor Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi rassom mukofoti, aktrisa Park Shin-hye Gʻolib
SBS Drama mukofotlari Bosh mukofot (Daesang) Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, janr va fantastik drama aktyori Kim Rae-von Gʻolib
Eng yaxshi mukofot, janr va fantastik drama aktrisasi Park Shin-hye Gʻolib
„Aʼlo darajadagi“ mukofoti, drama janridagi aktyor Yun Kyun-sang Nominatsiya
Maxsus mukofot, drama janridagi aktyor Jang Hyun-sung Nominatsiya
Maxsus mukofot, drama janridagi aktrisa Li Sung Kyun Nominatsiya
Moon Ji-in Nominatsiya
Eng yaxshi 10 yulduz mukofoti Park Shin Xe Gʻolib
Yangi yulduz mukofoti Kim Min Seok Gʻolib
Moon Ji-in Gʻolib
Eng yaxshi juftlik mukofoti Kim Rae-von va Park Shin-hye Nominatsiya
Idol Akademiyasi mukofoti — Eng yaxshi oʻpish Nominatsiya
2017-yil 53- Baeksang sanʼat mukofotlari Eng yaxshi aktrisa Park Shin-hye
Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
Seul xalqaro drama mukofotlari Ajoyib koreys dramasi Gʻolib

Manbalar

Tags:

Shifokor Qismati TahliliShifokor Qismati RollardaShifokor Qismati Ishlab chiqarishShifokor Qismati Original sauntrektShifokor Qismati ReytinglarShifokor Qismati Mukofotlar va nominatsiyalarShifokor Qismati ManbalarShifokor QismatiPark Shin-hyeSeoul Broadcasting System

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Dispers sistemalarKelishikOscarQon yaratilishiMasturbatsiyaChigʻatoy ulusiShanxay hamkorlik tashkilotiTeatrOrol dengiziOltinMunis XorazmiyMesopotamiyaSterilizatsiya (mikrobiologiya)AmudaryoMuzeyOzodbek NazarbekovEiffel minorasiMuqimiyPsixologiya tarixiAseptikaTabiatTurk xoqonligiHijriy yil hisobiOʻzbekistondagi muzeylarIslom KarimovQandli diabetMirzo UlugʻbekSuyuqlikBronxial astmaJizzax viloyatiSoʻz yasalishiAndijon viloyatiAvtomobil yoʻli69 (jinsiy poza)Davlatlar roʻyxatiMakroiqtisodiyotDavlatlar pul birliklari roʻyxatiSilHarakatAbdulla OripovBozorIchki sekretsiya bezlariOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiTranzistorPolisaxaridlarJanubiy Afrika RespublikasiMorfologiyaYurak-tomir sistemasi kasalliklariLugʻatDunyo moʻjizalariLazerUsmoniylar davlatiMurakkab efirlarHanafiylikTransformatorGepatit AGnoseologiyaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiKonfutsiylikMehnat tarbiyasiBachadonMutloq monarxiyaAvestoMoliya tizimiDemokratiyaKino sanʼatiRentgen nurlariToshkent viloyatiKimyoviy muvozanatTalab va taklifVergulManipulyatsiyaJismoniy tarbiyaGenetikaVatanLeykotsitlarImmun sistemasiYurak ishemik kasalligiQoraxoniylar davlati🡆 More