Saarland

Saar Olmoniya yerlaridan biridir.

Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saarland

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815-yildan S. Prussiya (1871-yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919-yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935-yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956-yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957-yil 1 yanvardan yana Germaniya tarkibida.

Havolalar

Manbalar




Tags:

OlmoniyaOlmoniya yerlariSaarbrücken

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Devonu lugʻotit turkSherali JoʻrayevOʻzbekistondagi muzeylarAbdulla OripovMediasavodxonlikFransiyaYaxlitlashQidiruv tizimiQunut duosiGʻoʻzaTopishmoqQurʼonKonusOIVPublitsistikaJadidchilikTemuriylar tarixi davlat muzeyiXorazm Maʼmun akademiyasiNobel mukofotiIslom tarixiMultimediaSaida ZunnunovaAholi daromadlariAlbert EinsteinNavoiy viloyatiQayta tiklanadigan energiyaXalq ijodiAxborotAbdulla QahhorPedagogikaSteve JobsHomilaIroda (psixologiya)MaʼnaviyatSterilizatsiya (mikrobiologiya)Yurak-tomir sistemasi kasalliklariIkki eshik orasiIvan PavlovYaponiyaJahon bankiOntogenezMatnQon kasalliklariElektr tokiPIRLSMusiqaMehnat tarbiyasiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiChigʻatoy ulusiMarjinalizmShaxmatKondensatorEnergiyaAlpomishAsosiy vositalarJismoniy mashqlarOʻpkaOlimpiada oʻyinlariShokIzotermik jarayonYunon-Baqtriya podsholigiTovush (tilshunoslik)ShifokorMantiqiy amallarChingiz AytmatovBugʻdoyMetallarYouTubeKushon podsholigiTub sonlar roʻyxatiTrombotsitlarXufton namoziEmbriologiyaXaritaMicrosoft OfficeNATOQadriyatOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Diqqat🡆 More