Raʼd Surasi

Raʼd surasi (arabcha: سورة الرعد, nomining maʼnosi — Momaqaldiroq) — Qurʼonning 13-surasi.

Madaniy suralardan biri, 43 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 249–255-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.

Ibrohim    13–sura   Yusuf
Raʼd surasi — سورة الرعد
Qurʼon nusxalaridan biridagi Raʼd surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 43, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 13, qora rangda - Raʼd surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 96, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:13, 3. Nozil boʻlish tartibi:96, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:43, 6. Porasi (Juzi):13 deb koʻrsatilgan.
Raʼd Surasi
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Momaqaldiroq
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sahifasi 249–255
Juz 13
Sura raqami 13
Oyatlar soni 43
Sajda oyati 15-oyat
Rukuʼlar soni 6
Muqattaot harflari Alif, lom, mim, ro.
Soʻzlar soni 854
Harflar soni 3450
Nozil boʻlish tartibi 96

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Ibrohim surasi  Keyingisi 13 Oldingisi  Yusuf surasi
Nozil boʻlish tartibi
!   Keyingisi 96 Oldingisi  Muhammad surasi
Raʼd Surasi       Raʼd Surasi       Raʼd Surasi       Raʼd Surasi       Raʼd Surasi       Raʼd Surasi

Asosiy maʼnosi

Bu sura boshlab, Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasini oʻrtaga tashlab, soʻng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib oʻtilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot boʻlishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil toʻgʻrisida ikki ibratli masal keltiriladi.

Birinchisi, jilgʻalarni toʻldirib oqib kelayotgan yomgʻir suvi haqiqatga, suv ustidagi koʻpik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti maʼdanlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho maʼdan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof maʼdan haqiqatga, chiqindilar esa botilga oʻxshatiladi. Mana shunga oʻxshash ibratli misollarni oʻziga jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning „Raʼd-momaqaldiroq“ deb nomlanishining sababi shudir.

Bizning nazarimizda, bu ulugʻ sura toʻlasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa oʻxshaydi. U momaqaldiroq moʻminlarni yomgʻirga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa, kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquvga soladi.

Manbalar

Keyingisi: Ibrohim surasi Raʼd Surasi  13-sura — arabcha matni Oldingisi: Yusuf surasi


Tags:

Arab tiliMomaqaldiroqQurʼon

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Jahon savdo tashkilotiTerrorizmQon guruhlariDiniy tashkilotMehnatBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiUchburchakPayvandlashMazmun va shaklHomiladorlikAQSHda taʼlimNigʻmatilla YoʻldoshevIshlab chiqarishni tashkil etishJaloliddin RumiyDemokratiyaUglevodlarViruslarVeb-sahifaSingapurRim imperiyasiSunʼiy intellektUndosh tovushlarHarakatErich Maria RemarqueVitaminlarIkkinchi jahon urushiMatematikaTarbiyaFoydaLeksikografiyaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariNokTuproqKelishikOgahiyMushukMuzeyKanadaZaharlanishAbu Rayhon BeruniyXarajatlarDorivor oʻsimliklarElektrokardiogrammaOʻtkir HoshimovMantiq falsafasiKasallikDavlatLinzaRadioaktiv parchalanishFacebookKecha va kunduzEmotsiyaNatriyGulTalab va taklifEtikaMuhammadning ayollariKutubxonaGidroelektr stansiyaMineralBemorni parvarish qilishSuverenitetMantiqMicrosoft ExcelErkin AʼzamAbdulla OripovYurak ishemik kasalligiTrombotsitlarBozor iqtisodiyotiga oʻtishMahmudxoʻja BehbudiyIshsizlikAnal jinsiy aloqaUlugʻbek rasadxonasiAnton ChexovKompyuterSifatChingiz Aytmatov🡆 More