Quyosh Qoraymas: Oybek ijodiga mansub roman

Quyosh qoraymas — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek ijodiga mansub 1943-1957-yillarda yozilgan roman.

Adib „Quyosh qoraymas“ romanida Bektemir ismli askar va uning ikki doʻsti misolida SSSRning tayyorgarliksiz urushga kirgani va rahbarlarning qoʻpol xatolari tufayli turli xalqlardan boʻlgan millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib bergan.

Quyosh qoraymas
Quyosh Qoraymas: Yaratilish tarixi, Qahramonlar, Manbalar
2021-yilgi nashr muqovasi
Muallif(lar) Oybek
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot
Sahifalar soni
  • 208 bet (1977)
  • 653 bet (2021)
ISBN ISBN 978-9943-20-653-3

Romanning ilk variantidan parchalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida va „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilib borilgan. Asar 1971-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etildi. 1977-yilda esa Oʻqituvchi nashriyoti tomonidan roman 120 000 nusxada bosib chiqarildi. Soʻnggi marotaba 2020-2021-yillarda Yangi Asr Avlodi nashriyotida nashr etildi.

Yaratilish tarixi

Oybek 1942-yil dekabridan 1943-yilning mart oyiga qadar Gʻarbiy frontda, Moskva, Voronej, Kursk, Belgorod uchun boʻlgan janglarda oʻzbek jangchilari orasida boʻlib, ularning jasorati, qahramonliklari haqida material toʻpladi.

Adib xotiralarida shunday yozgandi: "Ogʻir urush yillarida men „Quyosh qoraymas“ degan yangi roman ustida ish boshladim. Ulugʻ Vatan urushi frontlaridagi oʻzbek jangchilarini koʻrsatishga harakat qildim. Men artistlar brigadasi bilan frontga borgan boʻlsam ham, u yerda brigadadan ajralib qoldim. Chunki faqat sharoitni, kishilarni chuqur oʻrganibgina jangchi va komandirlarning qahramonligi haqida asar yozish mumkinligini angladim va frontda uch oy qolib ketdim".

Oybek frontdan qaytganidan keyin bu roman ustida ish boshladi. Romanning dastlabki variantidan parchalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, „Armugʻon“, „Zafar“ deb nomlangan almanaxlarda, „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilib borilgan.

Roman ustida ishlash materiallar yetarli boʻlmagani uchun vaqtinchalik toʻxtatiladi. Oradan anchagina fursat oʻtib, puxta tayyorgarlikdan keyin adib oʻz asarini qayta yozishga kirishdi va 1957-yil dekabrida romanni yozib tamomladi.

Qahramonlar

  • Bektemir Oʻrinboyev
  • Asqar polvon
  • Kamol
  • Dubov
  • Nikolin
  • Azimov
  • Hoshimjon Saidov
  • Popov
  • Mirxoliq
  • Salima
  • Ali tajang
  • Nadya

Manbalar

Havolalar

Tags:

Quyosh Qoraymas Yaratilish tarixiQuyosh Qoraymas QahramonlarQuyosh Qoraymas ManbalarQuyosh Qoraymas HavolalarQuyosh QoraymasAkademikOybekOʻzbekiston xalq yozuvchisi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MadaniyatQozogʻistonAntoine de Saint-ExupéryOhm qonuniMicrosoft OfficeSubʼyektMakkaOIVTugʻruqNutqQon ketishiYalligʻlanishIslom KarimovNatriyMakroiqtisodiyotOt (hayvon)Qadimgi YunonistonOrfoepiyaCristiano RonaldoKulon qonuniJahon otin UvaysiyAxborot tizimiYalpi ichki mahsulotTemuriylar imperiyasiGulxaniyAntropologiyaGenetikaEtikaQon aylanishiOʻtkan kunlarPulsAndrew WilesQuyoshShokSilDezoksiribonuklein kislotaEnergiyaOʻsmalarRuxMutatsiyaBolalar psixologiyasiGidrosferaYevropa davlatlari va qaram hududlari ro'yxatiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiTashahhudIslom mazhabchiligiKoʻrakoyoqlilarNuklein kislotalarOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar (2022)Unli tovushlarIboraLugʻatToshkentSifatOʻtkir HoshimovOrol dengiziMeʼdaKvantArvillersDiqqatOʻzbekistonSourArracourtHadisViruslarSuyakOmmaviy madaniyatEgaSohibqiron (sheʼriy drama)IslomTotal CommanderGlukozaVikipediyaIspancha VikipediyaTabiatni muhofaza qilishBronxial astmaYevropaShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiOvqat hazm qilish🡆 More