PARETO (Pareto) Vilfredo (1848.15.7, Parij - 1923.20.8, Semi-ni, Jeneva yaqinida) — italyan iqtisodchisi va sotsiologi, iqtisodiy nazariyadagi mat.
maktabi vakili, marjinalizmning "Lozanna maktabi" anʼanalarining davomchisi. 1893— 1906-yillarda Lozanna untida iqtisodis professor P. siyosiy iqtisod kishilarnim ehtiyojlari bilan ularni qondirishnsh cheklangan vositalari oʻrtasidagi m vozanatni belgilaydigan mexanizm! i oʻrganishi kerak, buning uchun matematik va statistik tahlil usullart.i qoʻllash zarur, deb qaraydi. Daromadlarning taqsimlanishi, farovonlikning iqtisodiy nazariyasi toʻgʻrisidagi "Pareto qonuni"ni taʼriflab bergan. Marksizmga va inqilobiy harakatlarga dushmanlik koʻzi bilan qaragan. Naflikning anʼanaviy miqdoriy oʻlchash usullaridan voz kechib, "ijtimoiy maksimal naflilik" ("Pareto optimumi") tushunchasini kiritdi. U funksional yondoshuv asosida ayir-boshlashning birdan-bir sababi naflilik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butunligicha izohlashga oʻtdi, talab va taklifga iqtisodiyotni muvozanatlovchi unsurlar sifatida qaradi.
Asosiy asarlari 2 jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1896—99), "Siyosiy iqtisod darsligi" (1906), "Umumiy sotsiologiya boʻyicha traktat" (1916) va boshqa
2. https://www.toolshero.com/toolsheroes/vilfredo-pareto/ hayoti haqida kengroq ingliz tilida
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Pareto Vilfredo, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.