Omsk yoki Ombi — Rossiya Federatsiyasi Omsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi.
Om daryosi Irtishga quyiladigan yerda. Yirik port va temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1159,2 ming kishi (1998). Omsk aholisining soni va maydoni jihatdan Sibirda 2-oʻrinda turadi (Novosibirskdan keyin). 7 shahar tumani bor. Mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektr priborlari va boshqalar), neftni qayta ishlash va neft kimyosi (shina, texnik rezina, plastmassa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), yengil, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoat korxonalari bor. 4 teatr, tari-xiy va adabiyot, tasviriy sanʼat mu-zeylari mavjud. 1716-yilda Sibirni egallash uchun tayanch punkti sifatida qurilgan. 1782-yilgacha Om ostrogi, 1782—97 yillarda va 1804-yildan shahar. Sibir kazak qoʻshinlari (1808—1917), Gʻarbiy Sibir (1824—82) va Choʻl general-gubernatorliklari (1882—1917) markazi.
Omsk ruscha: Омск | |
---|---|
54°58′0″N 73°23′0″E / 54.96667°N 73.38333°E G O 73°23′0″E / 54.96667°N 73.38333°E G O | |
Mamlakat | Rossiya |
Mintaqa | Omsk viloyati |
Shahariy okrug | Omsk |
Hukumat | |
• Hokim | Sergey Shelest |
Asos solingan | 1716 |
Ilk eslatilishi | 1716 |
Avvalgi nomlari | Ombi |
Maydon | 577.9 km2 (223.1 mi²) |
Markazi balandligi | 60 m |
Aholisi (2021) | 1 125 695 |
Zichligi | 1985,7 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar |
Telefon kodi | +7 3812 |
Pochta indeks(lar)i | 644xxx |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Omsk, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.