Nurafshon (2017-yilgacha Toʻytepa) — Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi.
2017-yil 24-avgustda Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi deb eʼlon qilingan va nomi Nurafshon deb oʻzgartirgan. Toshkentdan 37 km uzoqlikda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chigʻiriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004).
Nurafshon | |
---|---|
shahar | |
41°03′0″N 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E G O 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Oʻrta Chirchiq tumani |
Aholisi (2004) | 25 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99870 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Qadimda Nurafshon Mingtepa, Nukat nomlari bilan maʼlum boʻlgan. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar uning rivojlangan davri (10—12-asrlar)ga toʻgʻri keladi.
Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruksiyalari, paxta tozalash zavodlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta oʻquvtajriba korxonasi va boshqa bor. Qoʻshma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi „Husayn Mirzo“, „Kabul—Nurafshon LTD“ ip yigiruvtoʻquv, Oʻzbekiston — Turkiya „Bursel“ (erkaklar koʻylaklari tikiladi) qoʻshma korxonalar mashhur. Nurafshonda 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor.
Nurafshon avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. T. yaqinidan Toshkent — Angren temir yoʻl oʻtadi. Shaharning jan.gʻarbida Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“) joylashgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Nurafshon, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.