Daryo Norin

Norin (qirgʻizcha: Нарын) — Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryo.

Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Qirgʻizistonning Issiqkoʻl, Norin, Jalolobod viloyatlari hamda Oʻzbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib oʻtadi.

Norin daryosi
qirgʻizcha: Нарын
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Tavsif
Uzunligi 807
Suv sarfi 429 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Norin tumani, Qirgʻiziston
Joylashuvi
Daryo Norin
Davlat Qirgʻiziston, Oʻzbekiston
Norin (daryo)

Daryo va uning irmoqlari

Daryo Norin shahridan 44 km sharqda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin shahridan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng, eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, Norin daryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻme-ren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qorasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargʻona vodiysiga chiqadi.

Norin daryosi Fargʻona vodiysiga chiqqach, uning suvi qisman sugʻorishga yoʻnaltiriladi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida Norin Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirdaryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora torayib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻrgʻon shahridan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oqa boshlaydi.

Norin daryosi manbalari

Norin qor-muzlik hamda buloq suvlaridan, oʻrta va quyi oqimida qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Norin havzasida umumiy maydoni 1 357,8 km kv boʻlgan 2074 ta muzlik mavjud. Muzliklarning katta qismi (70% atrofida) Oqshiyroq, Teskey Ala-Too, Jetim, Borkoʻldoy va boshqa togʻlarda joylashgan. Daryo havzasidagi eng yirik muzliklarga Petrov (maydoni 73,9 km2), Shimoliy Qorasoy (49,0 km2) va boshqalar kiradi.

Daryoning yuqori oqimida kichik qismi qishda muzlaydi. Qishda Norinning aksariyat qirg'oqlari qor va muzlari bilan qoplangan.

Gidrografiyasi

Daryoning uzunligi 807 km, havzasining maydoni 59,9 ming km².

Norinning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Norin shahri yaqinida) 87,5 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 8,24 m³/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936-yil 20-mayda 772 m³/sek, minimal oʻrtacha oylik suv sarfi 10,2 m³/sek. (1938-yil yanvar) kuzatilgan.

Xoʻjalik faoliyati

Daryoning suvi sugʻorishda ishlatiladi. Katta Fargʻona, Katta Andijon, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi.

Norinda gidroenergetika ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab suv omborlar mavjud. Ulardan eng yirigi Qirgʻizistondagi Toʻqtagʻul suv ombori boʻlib, unda 19,9 kilometr kub suv toʻplanadi. Toʻqtagʻulning quyi oqimida Kurpsoy, Toshkoʻmir, Shamaldisoy va Uchqoʻrgʻon GESlari bor. Toʻqtagʻulning yuqori oqimida, Qirgʻiziston hududida Qambarota-2 va Otboshi toʻgʻonlari joylashgan, Qambarota-1 toʻgʻoni esa rejalashtirish bosqichida.

Norin daryosi boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻrgʻon shaharlari joylashgan.

Qambarota GESlari masalasi

Norin daryosining yuqori oqimida Qambarota deb ataladigan 3 ta GES qurish rejasi 1980-yilda loyihalashtirilgan. Qambarota-1 va Qambarota-2 GESlari qurilishi 1986-yilda boshlangan, Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan qurilish sekinlashgan va 1993-yilda butunlay toʻxtatilgan.

2003-yilda Qambarota-2 GESi qurilishi qayta tiklandi, 2007-yildan boshlab ishlar sezilarli darajada faollashdi. 2010-yil 27-noyabrda GESning birinchi gidroagregati ishga tushirilgan. Bu davrda stansiya qurilishi uchun 278 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Oʻzbekistonning munosabati (I.Karimov davrida)

Oʻzbekistonning Islom Karimov rahbarligidagi birinchi maʼmuriyati Qirgʻizistondagi Qambarota GESlari hamda Tojikistondagi Rogʻun GESi qurilishiga jiddiy eʼtiroz bildirgan.

2012-yilda Oʻzbekistonning oʻsha vaqtdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida chiqish qilib, Oʻzbekiston Sirdaryo va Amudaryoning yuqori oqimlarida qurilishi rejalangan barcha GES loyihalari yuzasidan BMT homiyligi ostida xalqaro ekspertiza oʻtkazilishi va ularning quyi oqimda joylashgan davlatlar bilan bamaslahat qilinishi tarafdori ekanligini maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekistonning munosabati (Sh.Mirziyoyev davrida)

2022-yil iyun oyida Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilishini maʼlum qilgan edi. 1,8 GVt quvvatga ega GES yiliga 5,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

2023-yilning 6-yanvar kuni Bishkek shahrida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Energetika vazirlari QambarOta-1 GESini qurish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi.

2023-yilning 26-27 yanvar kunlari Bishkekda uchrashgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Qambarota-1 GESini birgalikda qurish boʻyicha kelishuv imzoladi.

Qambarota GES boʻyicha loyiha ofisining ochilishi sentabr oyida, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish ishlari esa 2024-yil iyul oyida boshlanishi kutilmoqda. Loyihaning aniq miqdori ana shu texnik-iqtisodiy asoslash natijalari asosida aniqlanadi.

Galereya

Manbalar



Tags:

Daryo Norin Daryo va uning irmoqlariDaryo Norin Norin daryosi manbalariDaryo Norin GidrografiyasiDaryo Norin Xoʻjalik faoliyatiDaryo Norin Qambarota GESlari masalasiDaryo Norin GalereyaDaryo Norin ManbalarDaryo NorinIssiqkoʻl (viloyat)Jalolobod (viloyat)Namangan viloyatiNorin (viloyat)Qirgʻiz tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Mediasavodxonlik27-martBahorRobototexnikaJadidchilikJanubiy AmerikaKognitiv psixologiyaXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiRentgen nurlariAvtomobilEronGerontopsixologiyaNumizmatikaIqtisodiy oʻsishMehnatQohira xalqaro aeroportiShom namoziYerPsixoterapiyaUygʻonish davriBozor iqtisodiyotiga oʻtishDaun sindromiBirlashgan QirollikKushon podsholigiBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiGazlangan suvFoydaQuturishOʻzbekistonda NavroʻzBolalar adabiyotiBemorni parvarish qilishAl-Asmo al-HusnoDunyoqarashDavlat byudjetiBudjetMarketingLisaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiSilInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunIshlab chiqarish harajatlariQalqonsimon bezBrauzerTeri kasalliklariMicrosoft ExcelDasturlashAbdulla OripovEiffel minorasiMuqaddas kitoblarSoʻz birikmasiFalsafiy antropologiyaRentabellikBozorMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliOrqa miyaPokistonKartoshkaAllergiyaJinsiy aloqaAntibiotiklarIrodaGaymoritHikoyaIqtisodiyotJanubiy Koreyaning ommabop ismlari roʻyxatiSuvchechakAvstraliyaFransiyada ta'limSanoq sistemasiMagnetik rezonans tomografiyaOdamOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiKurashQon bosimiTojikistonIkki eshik orasiZulfiyaRivojlanish🡆 More